Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Jamiyatning firma nomi va uning joylashgan manzili


Download 0.84 Mb.
bet5/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

6-modda. Jamiyatning firma nomi va uning joylashgan manzili

Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga binoan boshqa tillardagi to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqlidir.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va “mas’uliyati cheklangan jamiyat” so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda “mas’uliyati cheklangan jamiyat” degan so‘zlarni yoki MChJ abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.

Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning to‘liq firma nomi jamiyatning to‘liq nomini va “qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning qisqartirilgan firma nomi jamiyatning to‘liq yoki qisqartirilgan nomini hamda “qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat” degan so‘zlarni yoki QMJ abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.

Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan o‘zlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonunlarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, o‘z ichiga olishi mumkin emas.

Chet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini ko‘rsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.

Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan yer yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi mumkin.

Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim va yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni o‘zining pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida xabardor qilishi shart.




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling