Okoz: 14. 00. 00. 00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14. 01. 00. 00 Sog‘liqni saqlash / 14. 01. 08. 00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14. 01. 08. 03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Download 73.31 Kb.
|
PF-5969 19.03.2020
[OKOZ: 1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida: [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi. Kafolat jamg‘armasi. Taraqqiyot jamg‘armasi] 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi) tashkil etilsin. Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: [OKOZ: 1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi] a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan: davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash; xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash; koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish; yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash; [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kafolatlari; 2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish] b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash: Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish; respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish; [OKOZ: 1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar] v) aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan quyidagilar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish: kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish, shu jumladan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga jamoat ishlarini kengaytirish; “Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘rgatishni tashkillashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash; g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash: O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni so‘ndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz budjet ssudalari ajratish yo‘li bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish; tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish; koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta’siriga eng ko‘p uchraydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan hollarda tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralarini taqdim etish; uch yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz budjet ssudalarini ajratish orqali soliq to‘lash muddatlari bo‘yicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar o‘rnini to‘ldirish. 2. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (shu jumladan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida 2020-yilda budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘rsin; ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini ta’minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar] 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini aniqlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, jumladan kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish uchun imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor bo‘lgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga mablag‘larni qayta yo‘naltirgan holda Investitsiya dasturini qayta ko‘rib chiqish; Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni oshirish; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko‘rib chiqish; qo‘shimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq takliflarni kiritgan holda qat’iy budjet intizomi. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamg‘armasi] 4. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilansin. Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etsin. Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e’tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib o‘tilsin. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.10.00 Soliq imtiyozlarini qo‘llashning umumiy shartlari] 5. Belgilansinki: a) 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda: yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi; [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.04.00 Aksiz solig‘i / 07.10.04.03 Aksiz solig‘ini to‘lash tartibi, muddatlari va imtiyozlari] alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi; umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi; [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar / 07.16.07.00 Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar] b) 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi; [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.07.00 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar] v) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi; [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.02.00 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.04 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar] g) 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytiriladi; [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.01.00 Mol-mulk solig‘i / 07.11.01.03 Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar; 2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.03 Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar] d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 15-oktabrga qadar uzaytiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldan jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020-yil 1-apreldan amalga kiritishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.10.00 Soliq imtiyozlarini qo‘llashning umumiy shartlari] 7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etsin. Bunda, ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) soliq to‘lovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi. 8. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda: tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi; soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti] 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo‘li bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda “Soliq xizmati” DUK orqali soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish; soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko‘rsatishni kengaytirish choralarini ko‘rsin. [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati] 10. 2021-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. [OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport] 11. Tadbirkorlik subyektlariga: hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, kafolatlangan to‘lovni ta’minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga; 2020-yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligini so‘ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xomashyo tovarlarini import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilsin. [OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi] 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda: yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o‘tkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini ta’minlash bo‘yicha tezkor shtab tashkil etsin; 2020-yil 1-apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan ruxsat beruvchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi joriy etsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda global ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar ta’sir qilayotgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan takliflar kiritsin. [OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport] 14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga 2020-yil 1-oktabrga qadar eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilishni ta’minlasin. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish] 15. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni nazarda tutuvchi 2020-yilga qo‘shimcha infratuzilma loyihalari ro‘yxatini shakllantirsin: kichik sanoat zonalari infratuzilma obyektlari uchun — 400 mlrd so‘m miqdorida; shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun — 1 trln so‘m; suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari uchun — 500 mlrd so‘m; irrigatsiya va melioratsiya obyektlari uchun — 400 mlrd so‘m; sog‘liqni saqlash obyektlari uchun — 500 mlrd so‘m; umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun — 800 mlrd so‘m; iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan ipoteka kreditlash hajmlarini oshirishni ta’minlovchi boshqa obyektlar uchun. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 16. Belgilansinki: [OKOZ: 1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.01 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi] koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi; [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.02 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish] koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: [OKOZ: 1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.07 Voyaga etmagan bolalari bo‘lgan oilalarga beriladigan nafaqalar] 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020-yil 1-apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini ko‘rsin; Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilsin; Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishini ta’minlasin; Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 18. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilsin: [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.01 Yillik mehnat ta’tillari] maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi; LexUZ sharhi Qarang: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (28.03.2020-y., ro‘yxat raqami 3227). [OKOZ: 1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar] karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (28.03.2020-y., ro‘yxat raqami 3228). 19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga rozilik berilsin: [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)] a) bank va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini quyidagilar orqali ko‘rish: pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etish; bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz ta’minlanishi, shuningdek, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish; [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar] b) tijorat banklari tomonidan: turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi subyektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020-yil 1-oktabrga qadar uzaytirish; xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratish; 2020-yil 1-iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan o‘tkazish, shuningdek, muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud bo‘lgan banklarda aktivlar sifatini baholab borish natijalarini taqdim etish. [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish] 20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik subyektlariga kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hajmlarini oshirishga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kapitallashuvini 500 mlrd so‘mgacha oshirsin. [OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar] 21. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ: bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJning 111 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan kreditini qoplash grafigini 2020-yil uchun qarzdorliklar to‘lovini to‘xtatgan holda qayta ko‘rib chiqsin; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelganligi munosabati bilan kreditlar va ular bilan bog‘liq to‘lovlarni qaytarish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha “Uzbekistan airways” AJning xorijiy kreditorlari bilan muzokaralar olib borsin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma e’lon qilsin hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar bersin. [OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi] 23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo resurslari hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish uchun ularning birjaga qo‘yish hajmini oshirish choralarini ko‘rsin; o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati va zarur hajmlarini aniqlasin; ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta’minlasin hamda ularning narxlarni sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda, bozorni to‘ldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni ta’minlasin. 25. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov): joriy yil 22-martdan boshlab ikki oy davomida kunlik selektor yig‘ilishlarini o‘tkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika, ijtimoiy soha obyektlari, savdo tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosini batafsil muhokama qilib borsin hamda ularning natijalariga ko‘ra yuzaga keladigan masala va muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilsin; ushbu Farmonning ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har hafta axborot berib borsin hamda, zarur hollarda, inqirozga qarshi kurashishning qo‘shimcha choralari bo‘yicha takliflar kiritsin. 26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari: koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish choralarining amalga oshirilishi, sanitariya-epidemiologik va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash ustidan shaxsiy nazorat o‘rnatsin; tadbirkorlik subyektlari va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, joylarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralar aniqlanishini ta’minlasin. 27. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oshib borayotgan yuklamani hisobga olgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini ko‘rsin hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini qabul qilish uchun “tezkor aloqa liniyalari”ning uzluksiz ishlashini ta’minlasin. 28. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish hamda uning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida aholi o‘rtasida tizimli ravishda axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etsin. 29. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2020-yil 19-mart, PF-5969-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son Farmoniga ILOVA Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi TARKIBI
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5969/0341-son) Download 73.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling