Oksidlovchi va qaytaruvchilar
Barcha elementlar atomlarining oksidlanish hususiyati ularning elementlar davriy sistemasida turgan o’rniga bog’liq. Barcha metal atomlari ti pik qaytaruvchilardir. Ularning qaytaruvchi xossalari gruppalarda yuqoridan pastga qarab kuchayadi. Eng kuchli qaytaruvchi fransiy hisoblanadi.
S0 +H2 = H2S2-
S0 + 2e = S2- S0 oksidlovchi
S + O2 = SO2 S qaytaruvchi
S0 – 4e = S4+
Ftor faqat oksidlovchi xossaga ega. Kislorod ftardan boshqa elementlarga nisbatan faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi. Elementlarning yuqori oksidlanish darajasi gruppa raqamlariga teng bo’ladi va bundan yuqori oksidlanish darajalar juftlanmagan valent elektronlarini berish natijasida hosil bo’ladi. Bunday elementlar elektron bera olmaydi va faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi.
Masalan, S6+, N5+, CI7+, Cr6+, Al+3, C4+, P5+, As5+ boshqa ionlarning birikmalari faqat oksidlovchi xossasiga ega. Quyi oksidlanish darajasiga ega bo’lgan elementlar Cl1-, S2-, N3-, P3-, As3- va hokazo ionlarning birikmalari faqat qaytaruvchi xassaga ega, chunki bu elementlarning valent elektron qavati elektron bilan to’lgan bo’lib, elektron berish qobilyatiga ega. Oraliq oksidlanish darajasiga ega bo’lgan elementlar masalan, P3+, N3+, C2+, Fe2+, O2-, N2+, N1+ va hokazolarham elektron beradi, ham elektron qabul qiladi. Molekulasida oraliq oksidlanish darajasiga ega bo’lgan element bor moddalar kuchli oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishganda qaytaruvchilik xossasi, kuchli qaytaruchilar bilan reaksiyaga kirishganda esa oksidlovchilik xossasini namoyon qiladi.
“Anorganik kimyodan labaratoriya mashg’ulotlari” Toshkent-2003 yil (79-80 sahifa) Reja:
1.Oksidlanish – qaytarilish jarayonlari.
2.Oksidlanish darajasi.
3.Valentlik.
4.Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi turlari.
5.Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi tenglamalarini tuzish.
6.Oksidlovchi va qaytaruvchilari. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Anorganik kimyo nazariy asoslari” Toshkent 2000-yil. N.A.Parpiyev, X.R.Raximov, A.G.Muftaxov.
2.”Anorganik kimyodan labaratoriya mashg’ulotlari” Toshkent 2003-yil. I.A.Tashev, I.I.Ismoilov, R.R.Ro’ziyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |