Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari deyiladi


https://t.me/kimyo_masala


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.06.2020
Hajmi1.53 Mb.
#121747
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-SINF savol javob


https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

11 



 

Qaysi elementlar metallmaslar 

deyiladi? 

Geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon. 

 

Qaysi birikmani olinishi bilan  



inert gazlarning ba'zi kislorodli va ftorli 

birikmalarini sintez qilib olish 

imkoniyati vujudga keldi? 

1962- yilda XeF

4

 ksenon tetraftorid  



olinishi bilan. 

 

Barcha metallmaslar (vodorod va 



geliydan tashqari) p-elementlar oilasiga 

mansub. Ammo … . Gapni davom 

ettiring? 

Ammo barcha p-elementlar ham metallmas 

bo'lavermaydi. 

 

Metallmaslarning elektrmanfiyligi  



qanday oralig'da bo'ladi? 

2,00-4,00 oralig'ida. 

 

Davrlarda chapdan o'ngga o'tgan sari 



elementlar ionlarining musbat 

zaryadlari kattalashadi. Shunga 

muvofiq ravishda uchuvchan vodorodli 

birikmalarning kislotali xossalari 

suvdagi eritmalarida qanday o’zgarib 

boradi? 


Kuchayadi. 

 

Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan 



sari elementning vodorodli 

birikmalarining suvdagi eritmalaridagi 

kislotaliligi ortib boradi. Sababi 

nimada? 


Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari 

elementning manfiy zaryadli ionlari vodorod 

ionlarini o'ziga bo'shroq tortib turadi. Shunga 

muvofiq, vodorod ionlarining molekuladan uzilishi 

osonlashadi, demak, vodorodli birikmalarning 

suvdagi eritmalaridagi kislotaliligi ortib boradi. 

 

Metallmaslar vodorodli birikmalarining 



oksidlovchi xossalari guruhlarda 

yuqoridan pastga o'tgan sari qanday 

o’zgaradi? 

Kuchayadi. 

Metallmaslarning davriy sistemada joylashishi 

Guruhlar  

Davrlar 

III A 


IVA 

VA 


VIA 

VIIA 


VIIIA 

1  


 

 

 



 

(H) 


He 

B  



C  



Ne 


 

Si 



S  


Cl 

Ar 


 

 



As 

Se 


Br 

Kr 


 

 



 

Te 


Xe 


 

 



 

 

At 



Rn 

Yuqori oksidlari  

formulasi 

R

2



O

3

 



RO

2

 



R

2

O



5

 

RO



3

 

R



2

O

7



 

RO

4



  

 

Uchuvchan vodorodli  



birikmalari formulasi 

 

RH



4

 

RH



3

 

RH



2

 

RH 



 

 

  



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

12 



VI-bob. Galogenlar. 

 

Galogen so’zi haqida gapiring? 



Fanga "galogen" tushunchasini 1811- yilda nemis 

kimyogari I. Shveyger kiritgan bo'lib, "tuz" va "hosil 

qiluvchi" degan ma'nolarni bildiradi. 

 

“Galogen” atamasi qaysi 



elementlar uchun umumiy nom 

bo’lib qolgan? 

"Galogenlar" atamasi ftor, xlor, brom, yod va astat uchun 

umumiy nom bo'lib qolgan. 

 

Galogenlarning davriy sistemada 



joylashishi haqida gapirib 

bering? 


VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan. 

 

Galogenlarning tashqi energetik 



pog’onasida nechta elektron bor? 

Galogenlarning tashqi energetik pog'onasida 7 ta elektron 

bor. 

 

Ftor va boshqa galogenlarning 



oksidlanish darajalari haqida 

nimalarni bilasiz? 

Ftor eng kuchli elektrmanfiy element bo'lganligi uchun u 

barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasini namoyon 

qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 

dan +7 gacha bo'lgan oksidlanish darajalarini ham 

namoyon etadi. 

 

Galogenlarning tabiatda uchrashi 



haqida gapiring? 

Galogenlar tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar 

bo'lganligi sababli tabiatda erkin holda uchramaydi. 

Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. 

 

Galogenlarni tabiiy 



birikmalaridan erkin holda 

ajratib olish uchun nima qilish 

kerak? 

Galogenlarni tabiiy birikmalaridan erkin holda ajratib 



olish uchun galogenid ionlarini oksidlash kerak bo’ladi. 

 

Ftorid ionidan ftor olish uchun 



qaysi jarayondan foydalaniladi? 

Faqat elektroliz jarayonidan. 

 

Xloridlardan xlorni qanday qilib 



olish mumkin? 

Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi 

eritmalarni elektroliz qilib yoki  

kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirib olish mumkin. 

 

Bromidlar va yodidlardan 



galogenlarni qanday qilib ajratib 

olish mumkin? 

Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan 

eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta'sir 

ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning 

eritmalariga xlor ta'sir ettirib ham bromni olish mumkin. 

Chunki  

xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir. 

Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi 

yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettiriladi, shuningdek, uni 

xlor, brom ta'sir ettirib ham olish mumkin. 

 

Galogenlarning atom massasi 



ortib borgan sari fizik xossalari 

qanday o’zgaradi? 

Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari oddiy 

sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib, qaynash 

harorati va zichlik ortib boradi. 

 

Galogenlarning suvdagi 



eruvchanligi qanday? 

Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha kam. 

 

1 hajm suvda odatdagi sharoitda 



2,5 hajm. 

https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

13 



qancha hajm xlor eriydi? 

 

Odatdagi sharoitda 100 gr suvda 



necha gr yod eriydi? 

100 gr suvda 0,02 gr yod eriydi. 

 

Galogenlar qanday erituvchilarda 



yaxshi eriydi va bunday 

erituvchilarga misollar keltiring? 

Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (organik 

erituvchilar -  benzin, kerosin, atseton, turli xildagi 

spirtlar, benzol va h.k.). 

 

Yod boshqa galogenlarda 



uchramaydigan qanday xossaga 

ega? 


Yod sublimatlanish xossasiga ega. 

 

Yod qizdirilsa qanday jarayon 



ro’y beradi? 

Gunafsha rangli gaz holatiga o’tadi. 

 

Sublimatlanishga ta’rif bering? 



Qattiq moddalarning suyuq holatga o'tmasdan gaz holatga, 

gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o'tish 

hodisasi sublimatlanish deyiladi. 

 

Ftordan yodga tomon (F



2

, Cl


2

Br



2

, J


2

 qatori) galogenlarning 

atom radiusi qanday o’zgaradi?. 

Ortib boradi. 

 

Ftordan yodga o’tgan sari oddiy 



moddalarning oksidlovchilik, 

kimyoviy faolligi va 

qaytaruvchilik xossalari qanday 

o’zgaradi? 

-- oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;  

-- kimyoviy faolligi kamayib boradi;  

-- qaytaruvchilik xossasi ortib boradi. 

 

Ftorda yodga o’tgan sari 



ionlarning kimyoviy faolligi 

qanday o’zgarish kuzatiladi? 

Kimyoviy faolligi ortib boradi. 

 

Galogenlar ichida eng faol 



element qaysi? 

Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. 

 

Ftor ta’sirida suvda qanday 



o’zgarish kuzatiladi? 

Suv alangalanib yonadi. 

 

Xlorning kimyoviy elementlar 



davriy sistemasidagi joylashuvi 

haqida gapiring? 

Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi o'rni:  

3- davr, VII guruhning bosh guruhchasi, tartib raqami 17. 

 

Xlorning tabiatda uchrashi 



haqida gapirib bering? 

Tabiatda xlor faqat birikmalar holida uchraydi. 

 

Xlorning birikmalariga misollar 



keltiring? 

- Galit (tosh tuzi)   -------- NaCl  

- Silvinit ------------------- KCl · NaCl  

- Silvin --------------------- KCl  

- Bishofit ------------------- MgCl

2

 · 6H



2

O  


- Karnallit ------------------ KCl · MgCl

2

 · 6H



2

O  


- Kainit --------------------- KCl · MgSO

4

 · 3H



2

 



Sanoatda xlor olish uchun qaysi 

usuldan foydalaniladi? 

Sanoatda xlor olish uchun elektroliz usulidan 

foydalaniladi. 

 

Laboratoriya sharoitida xlor olish 



uchun HCl ga qaysi modda ta’sir 

ettiriladi? 

MnO

2

, KMnO



4



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

14 



 

Xlorning fizik xossalari haqida 

nimalarni bilasiz? 

Xlor sarg'ish-yashil rangli, o'tkir xidli, bo'g'uvchi,  

zaharli gaz. Xlorni hidlash mumkin emas.  

 

Ko’proq miqdorda xlor bilan 



nafas olgan kishida qanday 

o’zgarish kuzatiladi? 

Ko'proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o'lishi ham 

mumkin. 


 

Xlor havodan necha marta og’ir?   2,5 marta og’ir. 

 

20°C da 1 hajm suvda qancha 



hajm xlor eriydi? 

2,5 hajm. 

 

20°C da 1 hajm suvda 2,5 hajm 



xlor erishi natijasida nima hosil 

bo'ladi? 

Xlorli suv. 

 

Vodorod, metallar, bromidlar va 



yodidlar bilan o'zaro 

ta'sirlashganda xlor o’zining 

qanday xossasini namoyon 

qiladi? 


Oksidlovchilik xossasini. 

 

Nima sababli xlor temir bilan 



reaksiyaga kirishganda uni  

+3 oksidlanish darajasiga qadar 

oksidlaydi? 

Kuchli oksidlovchi bo'lganligi sababli. 

 

Xlor suv va ishqorlar bilan 



reaksiyaga kirishganda 

oksidlovchi bo’ladimi yoki 

qaytaruvchi? 

Xlor molekulasidagi 1 ta atom oksidlovchi, ikkinchi atom 

esa qaytaruvchi bo'ladi. 

 

Xlor qaynoq o'yuvchi kaliy bilan 



reaksiyaga kirishganda qaysi 

tuzlarni hosil qiladi? 

Xlor qaynoq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda 

kaliy xlorid va Bertole tuzini hosil qiladi. 

 

Sovuq o'yuvchi kaliy bilan xlor 



reaksiyaga kirishganda qaysi 

tuzlar hosil bo’ladi? 

Sovuq o'yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishganda KClO 

va KCl tuzlarini hosil bo’ladi/ 

 

Vodorod xlorid sanoatda qaysi 



reaksiya asosida olinadi? 

Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor 

gazlari o'zaro reaksiyaga kiritiladi:  

H

2



+Cl

2

=2HCl 



 

Laboratoriyada vodorod xlorid 

qanday qilib olinadi? 

Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq  

toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir 

ettiriladi:

 

NaCl + H


2

SO

4



 → NaHSO

4

 + HCl↑ 



 

Vodorod xloridning fizik 

xossalari haqida gapiring? 

Vodorod xlorid rangsiz, o'tkir xidli, bo'g'uvchi gaz bo'lib, 

havodan biroz og'ir. 

 

Suvda juda yaxshi eriydi, ya'ni 1 



hajm suvda qancha hajm HCl 

eriydi? 


500 hajm. 

 

Xlorid kislotadan farqli holda 



quruq  

vodorod xlorid nimalar bilan 

reaksiyaga kirishmaydi? 

Metallar va metall oksidlari bilan. 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

15 



 

Vodorod xlorid asosan nima 

ishlab chiqarish uchun 

sarflanadi? 

Xlorid kislota. 

 

Vodorod xloridning suvdagi 



eritmasi nima deyiladi?. 

Xlorid kislota. 

 

Konsentrlangan xlorid 



kislotaning fizik xossalari haqida 

gapirib bering? 

Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o'tkir xidli 

(vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) 

suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. 

 

Konsentrlangan xlorid 



kislotaning zichligi taxminan 

nechchiga teng va necha foizli 

bo'ladi? 

Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 

g/sm

3

 ga teng bo'lib, 37% li bo'ladi. 



 

Konsentrlangan xlorid 

kislotaning eritmasi yana qanday 

nom bilan ataladi? 

Tutovchi kislota. 

 

Xlorid kislotaning indikatorlarga 



ta’siri qanday? 

Indikator rangini o'zgartiradi:  

- binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi;  

- ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini 

rangsizlantiradi;  

- metilzarg'aldog'ining to'q-sariq rangini qizil rangga 

kiritadi. 

 

Xlorid kislotaning metallar bilan 



reaksiyasi haqida gapiring? 

Metallarning faollik qatorida vodoroddan oldin turgan 

metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil 

qiladi. 


 

HCl asosli va amfoter oksidlar 

bilan o'zaro ta'sirlashib nimalar 

hosil qiladi? 

Asosli va amfoter oksidlar bilan o'zaro ta'sirlashadi va tuz 

bilan suv hosil qiladi. 

 

Xlorid kislota asoslar bilan 



o'zaro ta'sirlashganda qanday 

moddalar hosil bo’ladi? 

Tuz va suv. 

 

Xlorid kislota qanday tuzlar 



bilan  reaksiyaga kirishib, yangi 

kislota va tuz  

hosil qiladi? 

O'zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan. 

 

Xlorid kislota kumush nitrat 



bilan reaksiyaga kirishganda 

hosil bo’ladigan cho’kma haqida 

ma’lumot bering? 

Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho'kma 

(AgCl) hosil qiladi. Bu cho'kma suvda ham, kislotada ham 

erimaydi. 

 

Xlorid ionining eritmada 



mavjudligini aniqlash uchun 

qaysi reaktiv hisoblanadi? 

AgNO

3



 

Xlorid kislotaning oksidlovchilar 

bilan reaksiyasi haqida gapiring? 

Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni 

oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi. 

 

Xlorid kislota tuzlarining 



umumiy nomi? 

Xloridlar. 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

16 



 

NaCl ning asosiy massasi 

qayerlarda bo'ladi? 

Dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo'ladi. 

 

Qattiq kristall holda nima 



shaklida uchraydi? 

Tosh tuzi shaklida. 

 

O'zbekiston hududida tosh tuzi 



qaysi  

konlardan qazib olinadi? 

Xo'jaikon,Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a 

konlaridan. 

 

Osh tuzining qaynash va 



suyuqlanish harorati, zichligi va 

eruvchanligi haqida gapiring? 

Osh tuzining qaynash harorati 1413°C, suyuqlanish 

harorati 800,4°C, zichligi 2,16 g/sm

3

 ga teng. Eruvchanligi 



0°C da 35,6 g. 

 

Inson  taxminan 1 kunda va 1 



yilda qancha osh tuzi iste'mol 

qiladi? 


Inson 1 kunda taxminan 10 g, 1 yilda esa 3,6 kg osh tuzi 

iste'mol qiladi. 

 

O'zbekistondagi barcha aholi 1 



yilda taxminan necha t atrofida 

osh tuzi iste'mol qiladi? 

O'zbekistondagi barcha aholi 1 yilda taxminan 90000 t 

atrofida osh tuzi iste'mol qilar ekan. 

 

Butun dunyodagi aholi 1 yilda 



qancha  osh tuzi iste'mol qiladi? 

Butun dunyodagi aholi  25 mln. t osh tuzi iste'mol qiladi. 

 

KCl tabiatda qaysi minerallar 



tarkibida uchraydi? 

Karnallit - KCl · MgCl

2

 · 6H


2

O, silvinit –KCl · NaCl, 

silvin - KCl, kainit --- KCl · MgSO

4

 · 3H



2

 



KCl ning tabiiy minerallari qaysi 

konlardan qazib olinadi? 

Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo 

viloyatining Tubokat va Surxondaryo viloyatining 

Xo'jaikon konlarida qazib olinadi. 

 

Xloridlarning suvdagi 



eruvchanligi qanday? 

Xloridlarning deyarli barchasi suvda yaxshi eriydi. AgCl, 

PbCl

2

, CuCl, HgCl



2

 lar esa erimaydi. 

 

Xlorid kislota va xloridlarni 



aniqlash uchun qaysi reaktivdan 

foydalaniladi? 

AgNO3 eritmasidan. 

 

AgCl qanday cho’kma? 



AgCl oq pag'a cho'kma.. 

 

HClO haqida gapiring? 



Gipoxlorit kislota -  HClO beqaror modda bo'lib, u 

suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo'ladi. Kuchli 

oksidlovchidir. 

 

HClO asta-sekinlik bilan 



parchalanib, qanday moddalar 

hosil qiladi? 

U asta-sekinlik bilan parchalanib, atom holdagi  

kislorodni ajratib chiqaradi:  

HClO=HCl+O 

 

HClO kislotaning kislotalik 



kuchi  qanday? 

Juda kuchsiz kislota. 

 

Xlorli ohakning yana bir nomi?  



Oqartiruvchi ohak. 

 

Xlorli ohak tuzlarning qaysi 



turiga kiradi? 

Aralash tuz. 

 

Xlorli ohak qaysi kislotalarning 



kalsiyli tuzi hisoblanadi? 

HClO va HCl. 

 

HClO


2

 haqida gapiring? 

HClO

2

 - xlorit kislota nihoyatda beqaror, faqat 



suyultirilgan eritmalardagina mavjud. Kuchli 

oksidlovchidir. Tuzlari beqaror, zarb ta'sirida portlaydi. 



https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

17 



 

HClO


3

 erkin holda mavjud bo’la 

oladimi? 

Yo’q, 


 

eritmadagina mavjud bo’ladi. 

 

Xlorat kislota qachon portlab, 



parchalanadi? 

Eritmadagi kislota konsentratsiyasi 40% dan ortib ketsa. 

 

Kaliy xlorat ko’pincha qanday 



nom bilan ataladi? 

Bertole tuzi. 

 

Bertole tuzi KClO



3

 barqaror 

modda bo'lib, oksidlovchi 

sifatida qanday maqsadlarda 

ishlatiladi? 

Gugurt ishlab chiqarishda, portlovchi moddalarni 

tayyorlashda ishlatiladi. 

 

KClO



3

 dan laboratoriyada nima 

maqsadda foydalaniladi? 

Kislorod olish uchun. 

 

Qaysi kislota xlorning kislorodli 



birikmalari ichida eng kuchlisi 

hisoblanadi? 

HClO

4



 

HClO, HClO

2

, HClO


3

, HClO


4

  

Ushbu tartibda kislotalik kuchi, 



barqarorligi, oksidlovchi xossasi 

qanday o’zgaradi?. 

HClO, HClO

2

, HClO



3

, HClO


4

  

Ushbu tartibda kislotalik kuchi va barqarorligi ortadi. 



Oksidlovchi xossasi esa kamayadi. 

 

Ftor - qaysi minerallar 



ko’rinishida tabiatda uchraydi? 

Flyuorit (plavik shpat) CaF

2

, kriolit Na



3

[AlF


6

], ftorapatit 

3Ca

3

(PO



4

)

2



 · CaF

2

 yoki Ca



5

(PO


4

)

3



F . 

 

Brom – nimalar tarkibida 



uchraydi? 

Xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda 

minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida 

uchraydi. 

 

Yodning tabiatda uchrashi 



haqida gapiring? 

Yod - dengiz o'tlari (laminariya) va dengiz bulutlarida, 

organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga 

yondosh tarzda yodatlar (NaJO

3

, KJO


3

) holida keng 

tabiatda uchraydi. 

 

Galogenlarning barchasi qanday 



hidga ega? 

O’tkir hidga. 

 

Nima sababdan galogenlarda 



tartib raqami ortishi bilan 

molekulalar qutblanuvchanligi 

ortib boradi? 

Tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi 

sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. 

 

Nima uchun Ftordan yodga 



tomon agregat holat 

gazsuyuqqattiq bo’lib 

o’zgarib boradi? 

Tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi 

sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. 

Natijada molekulalararo dispersion ta'sirlashuv kuchayib 

bromning suyuq, yodning qattiq holda bo'lishiga olib 

keladi. 


 

Ftor, brom va yodning 

erituvchilarda  erishi haqida 

ma’lumot bering? 

Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo'lib, uni amalda 

erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda 

juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi 

eriydi. 


 

Ftor xona haroratida qaysi 

metallar bilan yonib reaksiyaga 

Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo'rg'oshin, temir 

bilan yonib reaksiyaga kirishadi. 


https://t.me/kimyo_masala

                  #SHOH 

 

 

18 



kirishadi? 

 

Ftor qachon barcha metallar 



bilan reaksiyaga kirishadi? 

Qizdirilganda. 

 

Vodorod, yod, brom, oltingugurt, 



fosfor, mishyak, surma, uglerod, 

kremniy, bor bilan sovuqda qay 

tarzda reaksiyaga kirishadi? 

Portlab yoki yonib. 

 

Ftor qachon xlor, kripton  



va ksenon bilan birikadi? 

Qizdirilganda. 

 

Ftorning ksenon bilan 



reaksiyasida issiqlik ajraladimi 

yoki yutiladimi? 

Ajraladi. 

 

Ftor, kislorod, azot va olmos 



bilan to'g'ridan-to'g'ri reaksiyaga 

kirishadimi? 

Kirishmaydi. 

 

 Ftor atmosferasida shisha va 



suvda qanday o’zgarish 

kuzatiladi? 

Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi. 

 

Brom va yodning vodorod bilan 



reaksiyasi haqida gapiring? 

Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli 

qizdirilganda ta'sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ 

parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo'ladi. Bu 

reaksiya oxirigacha to'liq bormaydi. 

 

Galogenlarning kimyoviy 



faolligi ftordan astatga tomon 

sustlashib, oksidlovchi xossasi 

bosqichma-bosqich kamayib 

boradi. Bu nimani izohlash 

imkonini beradi? 

Bu yengil galogenlarning oddiy modda sifatida og'ir 

galogenid ionlarni oksidlashi, yengil galogen oksidlarini 

og'ir galogenid ionlar qaytarishini izohlash imkonini 

beradi. 

 

Nima uchun ftor, brom, yod 



tabiatda  

manfiy zaryadli ionlar holida 

bo'ladi?. 

Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida 

uchraganligi uchun ular manfiy zaryadli ionlar holida 

bo'ladi. 

 

Ftor qanday maqsadlarda 



ishlatiladi? 

Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, 

kimyoviy reagentlarga chidamli plastmassalar (teflon), 

sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi. 

 

Bromning yetishmasligi 



insonlarda qanday kasalliklarini 

keltirib chiqaradi? 

Turli asab kasalliklarini. 

 

Asab kasalliklarida, uyqusizlikda 



bemorlarga qanday dori-

darmonlar tavsiya qilinadi? 

Bromli dori-darmonlar. 

 

5% li yodning spirtdagi eritmasi 



qanday maqsadlarda ishlatiladi? 

Antiseptik va qon to'xtatuvchi vosita sifatida, bir qator 

farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi. 


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling