Muhim oksidlovchilar: - Muhim oksidlovchilar:
- 1. Oddiy moddalar: F2, Cl2, Br2, J2, O2, S.
- Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni hosil qiladi: F–, Cl–, Br–, J–, O2–, S2–.
- 2. Kislorodli kislotalar: H2SO4, HNO3 va ularning tuzlari: KMnO4 (kaliy permanganat), K2Cr2O7 (kaliy bixromat); xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO3, HClO4) va ularning tuzlari (gipoxloritlar, xloratlar va perxloratlar); ba’zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO3 (xrom (VI)-oksid), Mn2O7 (marganes (VII)-oksid), O3 (ozon), H2O2 (vodorod peroksid), metallarning peroksidlari (Na2O2, CaO2) va boshqalar.
- 3. Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari, masalan: Fe3+,Au3+, Cu2+, Sn4+.
-
Muhim qaytaruvchilar: - Muhim qaytaruvchilar:
- 1. Metallar, ayniqsa ishqoriy metallar (Li, Na, K va boshqalar ) va ishqoriy-er metallari (Ca, Sr, Ba).
- 2. Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO.
- 3. Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari: gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H– (NaH, KH, CaH2 va b.).
- Ba’zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan, HNO2, H2SO3 ).
- Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini
- tenglamalarini tuzish. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzishning ikkita usuli qo’llaniladi: elektron balans va ion elektron (yarim reaksiyalar) usuli.
- Elektron balans usuli. Bu usuldan foydalanganda tenglama tuzish avvalo reaksiyada ishtirok etadigan oksidlanish darajalari o’zgaradigan elementlarning oksidlanish darajalarini hisoblashdan boshlanadi. Misning konsentrlangan nitrat kislota bilan o’zaro ta’siri quyidagi sxema bilan ifodalanadi:
- 0 +5 +2 +4
- Cu + HNO3 Cu ( NO3) 2 + NO2 + H2O.
- Oksidlanish darajalarini bilgan holda elektron berish va biriktirib olish (oksidlanish va qaytarilish) jarayonlari elektron tenglamalar holida yoziladi:
- Cu - 2e– = Cu +2 oksidlanish
- N+5 + e– = N+4 qaytarilish
Foydalanilgan adabiyotlar. - Foydalanilgan adabiyotlar.
- H.R.Rahimov “Anorganik kimyo” T.”O’qituvchi”1984 y.
- N.S.Ahmedov “Obshaya neorganichiskaya ximiya”M.1988 y.
- A.K.Glinka “Umumiy kimyo”1974 y.
- Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996. 35-42 betlar.
- Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 b.
- Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |