Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari va uning ahamiyati
Download 29.85 Kb.
|
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati reja. Oksidla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qaytaruvchilar.
- Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari
Asosiy oksidlovchilar. O‘ziga elektron qabul qilib, davriy sistema qatoridagi inert gazning elektron strukturasiga ega bo‘lgan yoki manfiy zaryadlangan ionlar hosil kiluvchi neytral atomlar oksidlovchi bo‘ladi. Masalan , galogenlarning neytral atomlari F2, Cl2, Br2, I2 oksidlovchi funkciyasini bajarib manfiy zaryadlangan F-, Cl-, Br-, I- ionlarga aylanadi. Galogenlardan ftor va xlor kuchli oksidlovchi hisoblanadi.
Asosiy oksidlovchilarga yana kislorod , oltingugurt va boshqalar misol bo‘la oladi. Ba’zi metall ionlari uzlarining eng yuqori valentliklarida oksidlovchi bo‘lishi mumkin. Asosiy qaytaruvchilar. Erkin holda barcha metallar, asosan ishqoriy (Li, Na, K, Rb, Cs) va ishqoriy-er (Ca, Sr,Ba) metallari, kislorodsiz kislota koldiqlarining ionlari (Br-, I¯, S2¯) hamda gidridlar (KH, CaH2) qaytaruvchi bo‘ladi. Shuni nazarda to‘tish kerakki, oksidlovchi bilan qaytaruvchi ur-tasida keskin chegara yo‘q, bitta modda bir sharoitda oksidlovchi, ikkinchi sharoitda qaytaruvchi bo‘lishi mumkin. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda elektron - balans va ion-elektron (yarim reaksiyalar) metodlaridan foydalaniladi. Elektron-balans metodi yordamida oksidlanish-qaytarilish reak-ciyalarining tenglamalarini tuzishda oksidlovchi va qaytaruvchilarni qabul kilgan va yo‘qotgan elektronlar sonini aniqlash kerak. Kay-taruvchining umumiy yo‘qotgan elektronlar soni, oksidlovchining umu-miy qabul kilgan elektronlar soniga teng bo‘lishi kerak. Masalan, alyuminiyning kislorod bilan oksidlanish reaksiyasi misol bo‘ladi: Al+O2= Al2O3 Reaksiya tuzilishidan ko‘rinadiki reaksiyadan oldin alyuminiyning oksidlanish darajasi nolga, reaksiyadan keyin esa +3 ga teng.Kislorodning oksidlanish darajasi esa noldan –2 gacha uzgardi. Oksidlanish darajasining bu o‘zgarishini elektron tenglamalar bilan ifodalaymiz; Al- 3e-= Al3+ 4qaytaruvchi O2+4e-=2O2- 3 oksidlovchi Yo‘qotilgan va qabul qilib olingan elektronlar soni teng bo‘lishi uchun umumiy ko‘paytuvchini aniqlaymiz va elektronlar sonini tenglab, tarkibida oksidlanish darajasini uzgargan elementi bo‘lgan molekulalarni oldiga qo‘yamiz. 4Al+3O2=2Al2O3 Ikkinchi misol fosforning nitrat kislota bilan oksidlanishi: P + HNO = H3PO4 + NO uchun elektron tenglama yozsak: P0-5e=P5+ │3│qaytaruvchi H5++3e=H2+│5│oksidlovchi Reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchilar oldiga topilgan sonlarni yozamiz: 3P+5HNO3=3H3PO4+5NO Reaksiyaning ung va chap tomonidagi atomlar sonini xisoblash tenglamaning chap tomonidan vodorod va kislorod atomlari o‘zaro teng emasligini ko‘rsatadi. Bu holda tenglamaning chap tomoniga suv molekulalari yoziladi va reaksiyaning tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO Ba’zi bir xollarda metall oksidlanganda tuz hosil bo‘ladi, bunday holda reaksiyaga kislota molekulasidan ortiqcha miqdorda oli-nadi. Masalan : Cu+HNO3→Cu(NO3)2+NO+H2O Elektron tenglamasi: Cu0-2e =Cu2+│3│qaytaruvchi N5++3e =N2+ │2│oksidlovchi Reaksiya tenglamasiga topilgan sonlarni kuyamiz:
3Cu+2HNO3→3Cu(NO3)2+2NO+H2O Tenglamaning ung qismida 8 ta, chap qismida 2 ta, ya’ni uch molekula tuz hosil bo‘lishida ishtirok etayotgan 6 ta azot atomi yetishmaydi, bundan yana nechta suv molekulasi yozish kerakligini aniqlanadi va reaksiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
3Cu+8HNO3=3Cu(NO3)2+2NO+4H2O Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling