Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari va uning ahamiyati
Download 29.85 Kb.
|
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati reja. Oksidla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.
- –oksidlanish jarayoni
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari va uning ahamiyati REJA. 1.Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. 2.Oksidalinish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari. 3.Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari. 4.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari. 5.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari turlari Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Anorganik kimyodagi barcha reaksiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin: 1.Reaksiyaga kirishuvchi elementlarning oksidlanish darajasi uzgar-may koladigan reaksiyalar, 2. Oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar. Birinchi tur reaksiyalarga almashinish, parchalanish va birikish reaksiyalari misol bo‘la bo’ladi. Masalan: НСl+КОН=КСl+Н2О CaCO3→CaO+CO2 Bu misollarda xech qaysi elementning oksidlanish darajasi o‘zgarmaydi. Ikkinchi tur reaksiyalarga sikib chikarish va boshqa reaksiyalar misol bo‘la oladi. Bunday reaksiyalar oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari deyiladi . Ularda elektronlar bir atom yoki ionlardan ikkin-chi atom yoki ionlarga utadi. Uziga elektron biriktirib olgan atom, ion, molekulalar oksidlovchi deb, elektron yo‘qotadigan atom, ion, molekulalar qaytaruvchi deyiladi. Elektron biriktirib olish jarayoni–qaytarilish jarayoni deb, elektron berish jarayoni –oksidlanish jarayoni deyiladi. Demak oksidlovchi qaytariladi, va qaytaruvchi oksidlanadi. Oksidlanish–qaytarilish bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Masalan: |-2e-↓ |-2 e- ↓ 1) Mg+Cl2= Mg2+Cl-2; 2) H02+Cu2 + O =H+2O+Cu Bu reaksiyada magniy xlorga elektron berib qaytaruvchi, xlor bu elektronlarni qabul qilib oksidlovchi, ikkinchi reaksiyada esa vodorod qaytaruvchi, mis ioni oksidlovchidir. Element atomi oksidlanganda uning oksidlanish darajasi ortadi, qaytarilganda esa oksidlanish darajasi pasayadi. Masalan: Sn2+-2e= Sn4+ jarayonida qalayning oksidlanish darajasi +2 dan +4 gacha ortdi, Cr6++3e=Cr3+ jarayonida xromning oksidlanish darajasi +6 dan +3 gacha kamayadi. Element atomi o‘zining eng yuqori oksidlanish darajasida (masalan: S6+, Р5+, Cl7+, Cu2+, Mn7+ ionlarda) boshqa elektron yo‘qota olmaydi va faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi. Va aksincha, element atomi o‘zining eng kichik oksidlanish darajasida uziga elektron qabul qila olmaydi va faqat qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi. Agar element atomi o‘zining o‘rtacha oksidlanish darajasiga ega bo‘lsa, u eritmaning muhitiga qarab yo oksidlovchi yoki qaytaruvchi xos-sasini namoyon qiladi. Qaytaruvchidan oksidlovchiga elektronlar o‘tganda odatda reakciyada ishtirok etayotgan elementlarning valentligi o‘zgaradi. Lekin oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarida element valentligi o‘zgarmay qolishi mumkin. Masalan: H02+Cl02=2HCl
Quyidagi misollar valentlik bilan oksidlanish darajasini farqini yakkol ko‘rsatadi. Azot molekulasida ikkita azot(N≡N) atomi o‘zaro uch juft elektron orqali birikkan. Uning oksidlanish darajasi nolga teng. Chunki kimyoviy bog‘ hosil kilgan umumiy elektron jufti xar ikki azot atomidan bir xil masofada joylashgan. Gidrazin - N2H4 molekulasida, xar bir azot atomining valentligi uchga teng, oksidlanish darajasi esa minus ikkiga teng chunki xar bir azot vodorod bog‘da umumiy elektron jufti azot atomi tomon siljiydi. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy, nol va kasrli bo‘lishi mumkin. Umumiy elektron juftini uziga tortgan elektr manfiyrok element manfiy (-) va ikkinchi element musbat (+) oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Bu qiymatlar odatda element simvolining tepasiga yoki yuqoriga (ung burchagiga ) raqam oldidan plyus yoki minus ishorasi ko‘rsatib yozib kuyiladi. Masalan, Cr6+O2-3, N02 bo‘larda kislorodning oksidlanish darajasi –2, xromning oksidlanish darajasi +6 va vodorodniki 0 ga teng. Kimyoviy birikmada yoki eritmada xaqiqiy bo‘lgan ionlarni ko‘rsatish uchun plyus va minus ishorasi rakamdan keyin yoziladi. Masalan :Fe3+, Mn 2+, S024, Mn0-4, Cl-, Na+ va boshqalar. Kimyoviy birikmalarda atomning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagi qonundan foydalinadi. Oddiy moddalarda atomning oksidlanish darajasi nolga teng(N2, 02, Fe, S). Metallar hamma vaqt musbat oksidlanish darajasiga ega Vodorod gidridlardan tashkari hamma birikmalarda +1, gidridlarda esa – oksidlanish daraja namoyon etadi. Kislorod birikmalarda (OF2 dan tashqari) -2 oksidlanish daraja namoyon etadi. Peroksid (-O-O-gruppali)larda esa kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga teng. Metalmaslarning oksidlanish darajasi ham musbat, ham manfiy bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotlarga asoslanib murakkab birikmalardagi atomlarning oksidlanish darajasini xisoblab topish mumkin, bunda molekuladagi atomlar oksidlanish darajalarining algebraik yig‘indisi doimo nolga, murakkab ionda esa ionning zaryadiga teng bo‘lishini e’tiborga olish kerak. Download 29.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling