Oksidlar nomlanishi eo 1 e- o`zgarmas valentli bo`lsa: Element nomi + oksid
Download 300.66 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Element nomi + (valentlik) + oksid
- 3) Amfoter oksidlar
4-dars.Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Oksidlar Oksidlar 1) Biri kislorod bo’lgan, ikki elementdan iborat murakkab moddalar. 2) Umumiy formulasi: EO E – element. 3) Oksidlarda kislorod har doim II valentli bo`ladi. Oksidlar nomlanishi EO 1) E- o`zgarmas valentli bo`lsa: Element nomi + oksid M: K2O – kaliy oksid 2) E- o`zgaruvchan valentli bo`lsa: Element nomi + (valentlik) + oksid M: Cu2O – mis(I)-oksid CuO – mis(II)-oksid 3) Grekcha nomlash. 1-mono 2-di, 3-tri, 4- tetra, 5-penta, 6-geksa. M:CO – uglerod monoksid; SiO2 – kremniy dioksid; P4O6 – tetrafosfor geksaoksid. 4)Tarixiy yoki turmushda nomlash. M:CaO – so’ndirilmagan ohak; SiO2 – qum,kvars NO2 – tulki dumi; N2O – kuldiruvchi gaz Tuzilish formulasi Tuzilish formulasini yozganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1) element element bevosita o`zaro bog`lanmaydi, ular kislorod orqali bir biriga bog`lanadi. E-E, O-O mumkin emas!!!! E-O mumkin. 2) kislorod atomlari elementga teng taqsimlanadi. Oksid turlari Tuz hosil qiladigan oksidlar: 1) Asosli oksidlar – Faqat asos xossasiga ega bo`lgan oksidlar. 2) Kislotali oksidlar – Faqat kislotali xossaga ega bo`lgan oksidlar 3) Amfoter oksidlar – Kislotali va asosli xossaga ega bo`lgan oksidlar 4) Qo’sh oksidlar – ikkita oksidlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Fe3O4 (FeO-Fe2O3) Pb2O3 (PbO-PbO2) Cr3O4 (CrO-Cr2O3) Mn3O4 (MnO-Mn2O3) 5) Peroksidlar – Ishqoriy metall va ishqoriy yer metallari oksidlari tarkibidan bitta O ning ko`p bo`lishi: Tuzilishi: Na – O – O – Na II valentli metall bo`lsa Ba-O O Peroksidlarda hozir e`tibor berishingiz kerak bo`lgan jihati. Hamma reaksiyalarda deyarli ishqoriy va ishqoriy yer metallari oksidlariga o`xshab reaksiyaga kirishadi. Faqat reaksiyada yana O2 ham ajralib chiqadi. Misol : Na2O + H2O = NaOH Na2O2 + H2O = NaOH + O2 Download 300.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling