Октябрь 2020 17-қисм
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
8Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Октябрь 2020 17-қисм Тошкент GEOMETRIYANI MANTIQIY TUZILISHI G‘afurova Dilnoza Luqmonovna, Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman
- Kalit so‘zlar
Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент Sonni uning ulushi bo‘yicha topishga doir masalalarda, avval, bеvosita namoyish etish mumkin bo‘lgan masalalarni olish kеrak. Foydalanilgan adabiyotlar 1. S. Alixonov. Matematika o‘qitish metodikasi. 2. L.SH.Lеvеnbеrg va boshq. Matеmatika o‘qitish mеtodikasi. 3. www.ziyouz.com 38 Октябрь 2020 17-қисм Тошкент GEOMETRIYANI MANTIQIY TUZILISHI G‘afurova Dilnoza Luqmonovna, Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Tel: +99891241-82-02 Annotatsiya: Ushbu maqolada geometriya fanining qanday kelib chiqishi, tarixdan qanday foydalanishi, fan o‘qitish metodikasi tarixi haqida ilmiy fikr va faktlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: shakl,to‘g’ri chiziq,xossa,buyum,o‘lchamlar,aksioma,teorema,abstrak Geometriyaning mantiqiy tuzilishi ikki darsga bo‘lib o‘tkazish tavsiya etiladi. Birinchi darsda geometriyaning kelib chiqishi, gometrik tushunchalarning abstrak xarakteri haqida va geometriyaning mantiqiy tuzilishi haqida so‘zlab berish kerak. Ikkinchi darsda planimetriyaning aksiomalar sistemasini ko‘rib chiqish kerak. Ikkinchi darsda qo‘shimcha mashq sifatida: 1) to‘g’ri chiziq nuqtalarninng cheksiz to‘plami; 2)AB kesma AB to‘g’ri chiziqning qism to‘plami ekanligini isbot qilish tavsiya etiladi. 1. Geometriyaning paydo bo‘lishi: Odam o‘zining amaliy faoliyatida turli-tuman xossaga ega bo‘lgan buyumlar bilan ish ko‘radi. Ular turli shakl va o‘lchamda, og’ir va yengil, qattiq va yumshoq, yog’ochdan, temirdan yoki boshqa materiallaridan qilingan bo‘lishi mumkin va hokazo. Buyumlarning xossalarini turli fanlar—fizika,kimyo,biologiya va boshqa fanlar o‘rganadi. Har qanday buyumning shakli va o‘lchamlari bo‘ladi. Har qanday buyumni tayyorlashda odam undan foydalanishi qulay bo‘lishi uchun unga turli shakl va o‘lchamlar beradi. Temir yo‘l ko‘prigi, raketa tokarlik stanogi va boshqalarning shakli va o‘lchamlari tasodifiy tanlangan emas, balki o‘zining vazifasiga moslab yasalgan. Tajribada ko‘pincha buyumlar orasidagi masofani o‘lchashga, ularni ma’lum tartibda joylashtirishga to‘g’ri keladi. Zavod sexida yoki qurilishda ish o‘rinlarini to‘g’ri joylashtirish ish unumini oshirishga yordam beradi. Mexanizm detallarini maqsadga muvofiq qilib joylashtirilishi uni ixchamlashtiradi va foydalanishda qulaylik tug’diradi. Shuning uchun odamlarning buyumlar shaklini, o‘lchamlarini va o‘zaro joylashishini o‘rganishga qadimdan katta ahamiyat berib kelishlari bejiz emas. Ana shuning o‘zi geometriyaning yaratilishiga olib keladi. Geometriya juda qadim zamonlarda, bizning eramizdan bir necha ming yillar ilgari vujudga kelgan. Uning kelib chiqishiga odamning mehnat qurollari tayyorlashga, masofalarni o‘lchashga, yer uchastkalarini aniqlashga va xokazolarga bo‘lgan extiyojlari sabab bo‘lgan. Hunarmandchilik, dengizda suzish va savdogarchilikning rivojlantirilishi buyumlarning shakli, o‘lchamlari va o‘zaro joylashishi bilan bog’liq bo‘lgan ko‘pgina masalalarni yechishni talab qildi. Eramizdan oldingi III asrda grek olimi Evklid tarqoq holdagi geometrik ma’lumotlarni bir joyga to‘pladi, ularni umumlashtirdi va “Asoslar” deb atalgan kitobida bayon etdi. Geometriya—yunoncha so‘z bo‘lib, “Geo”-yer, “Metrio”-o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Bu fanning bunday atalishi yer o‘lchash talablari bilan bo‘g’langanini bildiradi. Kishilik jamiyatining yanada rivojlanishi geometriyaning vazifasi “yer o‘lchash” chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketishiga olib keldi. Geometrik tushunchalar tarixiy jihatdan butunlay boshqacha yo‘l bilan kelib chiqqan.Odamlar hamma vaqt o‘lchamlari va turli-tuman xossalarga ega bo‘lgan buyumlar bilan ish ko‘rganlar. Turli amaliy masalalarni hal qilayotganda ularga buyumlarning boshqa xossalalariga qaramasdan faqat ularning shakli va o‘lchamlarigagina e’tibor berishga to‘g’ri kelgan. Masalan, omborga idishlarni joylashtirish uchun ularning rangi va boshqa xossalarini bilish muhim bo‘lmasdan, balki ularning shakli va o‘lchamlarini bilishgina muhim bo‘lgan. Buyumlarning shakli va o‘lchamlaridan tashqari boshqa xossalariga e’tibor bermasdan, geometrik jismlar tushunchasiga kelingan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. V.A Gusev, G.G.Maslova 8-sinf geometriya o‘qituvchilar uchun qo‘llanma “O‘qituvchi”,1976. 2. Rajabov F.Nurmetov A. Analitik geometriya va chiziqli algebra . “O‘qituvchi”, 1990. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling