Октябрь 2020 17-қисм


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/43
Sana29.09.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1689922
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
8Fizika matematika 2 qism

Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент
Turli fanlar bu tushunchalarning turli jihatlarini o‘rganadi. Fizika modda va maydonning 
tuzilishini, ularning fizik xossalarini, ularda sodir bo‘ladigan jarayon va hodisalarni o‘rganadi; 
kimyo moddani kimyoviy bog’lanish sifatida ko‘rib chiqadi, kimyoviy elementlarning xossalarini, 
kimyoviy reaktsiyalarning qonunlarini o‘rganadi; biologiya atom va molekulalarning tirik hujayra 
darajasidagi murakkab birikmalarini, oqsil birikmalarini, ya’ni tirik hujayralar hosil qiluvchi 
birikmalarni va ularning xususiyatlarini o‘rganadi. SHunga mos ravishda “modda” tushunchasi 
maktab fizika, kimyo va biologiya kurslarida ham o‘z aksini topgan. Agar fizika, kimyo va 
biologiya kurslarini o‘rganish jarayonida “modda” va “maydon” tushunchalarini shakllanlirish 
ketma-ketligi to‘g’ri tanlansa, turli predmetlarda ularni tushuntirishning bir xilligi ta’minlansa, 
bu tushunchalar o‘quvchilar ongida to‘g’ri shakllanib boradi. 
Fizika fanini o‘qitishda mehnat ta’limi jarayonida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan, 
mehnatni o‘qitishda esa, fizikada olgan bilimlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘p. Masalan 
metall qirquvchi qaychi, turli ombirlarning ishlash tamoyili “richag”larda, yog’ochga yoki 
metallga ishlov berish uchun buyumni siqib mahkamlaydigan iskanjalar “vint”da, quduqdan suv 
chiqarishda foydalaniladigan asbobi “chig’iriq”da, bolg’a va boltalarning soplarini mahkamlashda 
“pona”da, ustaxonaga kelgan yuklarni tushirish va ortishda “qiyatekislik”dagi momentlar 
qoidasiga binoan bo‘lishi tushuntiriladi. 
Metallarga egov yoki metallar bilan ishlov berilganda qizib ketishi ichki energiya o‘zgarishiga 
misol tariqasida keltiriladi. Gazlamalarni dazmol vositasida tekislash, issiqlik ta’sirida materiallar 
xossasi o‘zgarishini ko‘rsatadi. Yog’och, metall yoki gazlamadan buyumlar tayyorlanganda ularda 
o‘lchov lentasi, shtangentsirkul vositasida o‘lchov ishlari olib boriladi. Bu asboblar fizikada 
uzunlikni yoki masofani o‘lchashda ishlatiladi. Qaychilar, arra, bolta va boshqa qirquvchi 
asboblarning pichoqlarini o‘tkirlash bosimni orttirish uchun bajarilishini tushuntirish bilan ham 
fanlararo kompetentsiyalar shakllanadi. 
Foydalangan adabiyotlar
1. Ochilov M. «Yangi pedagogik texnologiyalar» /Qo‘llanma. -Qarshi: Nasaf, 2000.
2. Xodiyev B.Yu., Golish L.V., Rixsimboyev O.K. Keys-studi - iqtisodiy oliy o‘quv yurtidagi 
zamonaviy ta’lim texnologiyasi: Ilmiy-uslubiy qo‘llanma “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari” 
turkumi. - T.: TDIU, 2009.
3. Tolipov U., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: 2006.4. 
Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –T.,200 5. 5.Djoraev M. Fizika 
o‘qitish metodikasi (umumiy masalalar). – Toshkent.: 2013.


32

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling