Октябрь 2020 17-қисм
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
8Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tel: 99-967-29-77 Annotatsiya.
Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент FIZIKA FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHNI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV DARSLARNING AHAMIYATI. T. Jumaniyozova Xorazm viloyati XTXQTMOXM katta o‘qituvchisi. O. Yusupova- Xorazm viloyati Shovot tumani 42-maktab fizika fani o‘qituvchisi. Tel: 99-967-29-77 Annotatsiya. O‘quvchilarning fizika fanini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni oshirishda fanlararo bog’lanishning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tayanch tushunchalar: integratsiya, pedagogik texnologiya, zamonaviy dars, matematika, an’anaviy dars, innovatsion yondashuv, ko‘rgazmalilik. Hozirgi vaqtda butun dunyo miqiyosida fizika ta’limini takomillashtirish bo‘yicha intensiv ishlar amalga oshirilmoqda: fizika o‘qitishning maqsadlari, o‘quv materiali mazmunini tanlash tamoyillari aniqlashtirilayapti, darsliklar va boshqa o‘quv vositalarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, o‘qitishning samarali shakllari va metodlari ishlab chiqilmoqda. Bu jarayon hozirgi vaqtdagi fanning, fan va texnika o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning rivojlanishi, jamiyatning barcha sohalariga yangi axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga asoslangan ilmiy-texnik revolyutsiyaning natijalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bilan bog’liq ravishda maktabda fizika o‘qitishning maqsadlari ham o‘zgarmoqda. Tegishli axborotlarni egallashning kuchayishi esa o‘quv materiallari strukturasini takomillashtirishni talab etmoqda. Bu esa o‘quvchilarning fizikaning umumiy printsiplari va qonunlarini o‘zlashtirish darajalariga va ularni nazariy fikrlash metodlari asosida egallashlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Fizika va matematika fanlaridan o‘zaro aloqaning muhim shakllaridan biri fizik mazmundagi matematik masalalarni yechishdir. Bir paytda ham fizikaga,ham matematikaga taalluqli bo‘lgan masalalarni yechish(harakatga, zichlikga doir) foydalidir. Fizika fani matematikaning arifmetika yoki algebraik ifodalari bilangina bog’lanib qolmasdan, balki geometriya bilan ham uzviy bog’liqdir. Jismlarning shakli to‘rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak, ko‘pburchak, shar, kub, to‘g’ri burchakli parallelepiped va h.k. ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin. Bunda albatta, ularning o‘lchamlarini aniqlash geometriyada olingan bilimlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ayrim mavzularni o‘rganishda fanlararo kompetentsiyalarni shakllantirish imkoniyatlari mavjudligi ko‘rsatib o‘tamiz. Jumladan, tuproqdagi namlikni o‘lchash uchun nam tuproqning massasi o‘lchab olinib, so‘ngra quritilgan tuproq massasi o‘lchanib undagi suv miqdori topiladi. Bunda tarozida modda massasini o‘lchashdan foydalaniladi. Ko‘pgina qishloq xo‘jalik ekinlarining sifatini ularning zichliklarini o‘lchash orqali aniqlash mumkinligi aytiladi. Xalqimizda ko‘rinishi bir xil, lekin qo‘l bilan chamalaganda og’irroq bo‘lgan qovun shirin chiqishi haqida gaplar bor. Demak, shirin qovunning zichligi, boshqasiga qaraganda kattaroq bo‘lishini tajribalar yordamida bajarib ko‘rish mumkin. Xuddi shunday zichligi katta bo‘lgan kartoshkadagi kraxmal miqdori boshqalariga qaraganda ko‘proq bo‘lishi tajribada aniqlanishi mumkin. Bu bilan olingan bilimlardan kundalik turmushda uchraydigan muaamolarni hal etish, ya’ni kompetent insonni shakllantirish vazifasi bajariladi. Bukilgan qo‘l yordamida, yozilgan qo‘lga nisbatan ko‘p yuk ko‘tarish mumkinligi va uning sababi qo‘lning richakga o‘xshab ishlashi bilan tushuntiriladi. Yerga ishlov berishda plug, borona, traktor g’ildiragining yerga beradigan bosimi, o‘roqlar va yer kovlovchi moslamalar ham bosim orqali o‘rgatiladi. Temperatura mavzusini o‘rganilganda uy hayvonlarining temperaturalari keltiriladi. Ekinlar ekish uchun yerdagi harorat, o‘simlik, hayvonot dunyosi uchun Quyosh nurlarining ahamiyati, shunga ko‘ra ozuqalarning energiya berishi fizika va biologiya fanlarini chambarchas aloqada olib borilishini taqozo qiladi. Inson organizmida doimiy ravishda oziq moddalarning oksidlanishi ro‘y berib turadi. Bunda “Yoqilg’i” sifatida uglevodlar va yog’lar, hamda biroz oqsillar ishlatiladi. Organizmda 1g oqsil va uglevod oksidlanishi natijasida 17 J energiya ajraladi. 1g yog’ oksidlanganda esa -38 J energiya ajraladi. Mazkur ma’lumotlardan foydalanib o‘quvchi uchun, jismoniy yoki aqliy mehnat bilan shug’ullanadigan insonlar uchun bir sutkada iste’mol qilishi uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqatlarni hisoblashni masala qilib berish mumkin. Bu bilan shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyalarining elementlari shakllantiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling