Октябрь 2020 17-қисм
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
8Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент MATEMATIKANING HAYOTIMIZDA TUTGAN O‘RNI. Xamrayeva Dilnoza Abdullabiyevna Toshkent viloyati Angren shahar XTB ga qarashli 11- umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada matematika faninig ahamiyati va hayotimizda tutgan o‘rni haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: matematika, proporsiya, misol, masalalar, proporsiya Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, o‘quv fanini akademik bilim berishdan ko‘ra ko‘proq hayot bilan bog‘lash, amaliy misol va masalalarni yechish, o‘quvchilarni mustaqil izlanish, o‘qib-o‘rganishga jalb etishning ahamiyati beqiyos. Dars jarayonida o‘quvchi o‘zini majburan partaga mixlab qo‘yilgandek his etmasligi, aksincha, mashg‘ulotlarda katta ishtiyoq, kuchli xohish bilan qatnashishiga erilishi lozim. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldi-berdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o‘rgatishi zarur. Misol uchun: Adham akaning plastik kartochkasiga 450 ming so‘m oylik maoshi tushdi. U oyligining 35 foizini plastik kartochkasiga oladi. Uning jami oyligi necha so‘m? Uning naqd pulda oladigan maoshi qancha? Buni tug‘ri proporsiya usulida osongina yechish mumkin: 450 000 – 35% X – 100% (450 000 x 100 / 35 = 1 285 714,29) Demak, 1 285 714 so‘m – uning jami maoshi. Shundan 450 ming so‘m plastik kartochkaga tushsa, 835 714 so‘m naqd pul oladi. Bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Eng muhimi, o‘quvchi kitob-daftarida raqam, har xil amallarni emas, balki oddiy hayotni, kelajagini ko‘ra olishi kerak. Bu kabi misollarni keltirish bilan bir qatorda, pedagog o‘z o‘quvchilarini mustaqil izlanish, tadqiqot olib borish, o‘zi ham ana shunday qonuniyatlarni ongli ravishda topishga jalb qilishi katta foyda beradi. Deylik, maktabda 6-sinflar o‘rtasida matematika bo‘yicha kichik ilmiy konferensiya tashkil etish mumkin. O‘quvchilarga o‘z oilasi, mahallasi, qishlog‘i, shahri doirasida matematikaning ahamiyatini ilmiy jihatdan ochib berish vazifasi topshiriladi. Ma’lum muddat belgilanib, ilmiy tadqiqot olib borgan o‘quvchilar ro‘yxati shakllantiriladi, o‘ziga xos, hayotiy va samarali izlanishlar mualliflari rag‘batlantiriladi. Ilmiy ishlari esa maktab saytiga joylashtirilib, o‘quvchi haqida ma’lumotlar beriladi. Ilmiy konferensiyaga boshqa sinflar, boshqa maktablar o‘quvchilari ham taklif etilib, kelgusida bir necha maktab yoki tuman (shahar) miqyosida yirikroq ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilishi mumkin. Bunda ilmiy ishlar mavzusi oldindan taqdim etilishi, ilmiy tadqiqotni yuritish bo‘yicha nazariy tushunchalar berilishi bilan birgalikda, o‘quvchilarga namunalar ham taqdim etilishi mumkin. Masalan, “Nurafshon” qishlog‘ida matematikaning amaliy ahamiyati”. “Uy sharoitida mitti tovuq fermasini tashkil etishning matematik asoslari” “Oila byudjeti: daromadlar va xarajatlar muvozanati” “Bozor-o‘char qilishda matematik amallarning ahamiyati” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling