Октябрь 2020 17-қисм


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana29.09.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1689922
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
8Fizika matematika 2 qism

Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент
Sonni uning ulushi bo‘yicha topishga doir masalalarda, avval, bеvosita namoyish etish mumkin 
bo‘lgan masalalarni olish kеrak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S. Alixonov. Matematika o‘qitish metodikasi.
2. L.SH.Lеvеnbеrg va boshq. Matеmatika o‘qitish mеtodikasi.
3. www.ziyouz.com 


38
Октябрь 2020 17-қисм
Тошкент
GEOMETRIYANI MANTIQIY TUZILISHI
G‘afurova Dilnoza Luqmonovna,
Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman
30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi
Tel: +99891241-82-02
Annotatsiya: Ushbu maqolada geometriya fanining qanday kelib chiqishi, tarixdan qanday 
foydalanishi, fan o‘qitish metodikasi tarixi haqida ilmiy fikr va faktlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: shakl,to‘g’ri chiziq,xossa,buyum,o‘lchamlar,aksioma,teorema,abstrak
Geometriyaning mantiqiy tuzilishi ikki darsga bo‘lib o‘tkazish tavsiya etiladi. Birinchi 
darsda geometriyaning kelib chiqishi, gometrik tushunchalarning abstrak xarakteri haqida va 
geometriyaning mantiqiy tuzilishi haqida so‘zlab berish kerak. Ikkinchi darsda planimetriyaning 
aksiomalar sistemasini ko‘rib chiqish kerak. Ikkinchi darsda qo‘shimcha mashq sifatida: 1) 
to‘g’ri chiziq nuqtalarninng cheksiz to‘plami; 2)AB kesma AB to‘g’ri chiziqning qism to‘plami 
ekanligini isbot qilish tavsiya etiladi.
1. Geometriyaning paydo bo‘lishi:
Odam o‘zining amaliy faoliyatida turli-tuman xossaga ega bo‘lgan buyumlar bilan ish ko‘radi. 
Ular turli shakl va o‘lchamda, og’ir va yengil, qattiq va yumshoq, yog’ochdan, temirdan yoki 
boshqa materiallaridan qilingan bo‘lishi mumkin va hokazo. Buyumlarning xossalarini turli 
fanlar—fizika,kimyo,biologiya va boshqa fanlar o‘rganadi. Har qanday buyumning shakli va 
o‘lchamlari bo‘ladi. Har qanday buyumni tayyorlashda odam undan foydalanishi qulay bo‘lishi 
uchun unga turli shakl va o‘lchamlar beradi. Temir yo‘l ko‘prigi, raketa tokarlik stanogi va 
boshqalarning shakli va o‘lchamlari tasodifiy tanlangan emas, balki o‘zining vazifasiga moslab 
yasalgan. Tajribada ko‘pincha buyumlar orasidagi masofani o‘lchashga, ularni ma’lum tartibda 
joylashtirishga to‘g’ri keladi. Zavod sexida yoki qurilishda ish o‘rinlarini to‘g’ri joylashtirish ish 
unumini oshirishga yordam beradi. Mexanizm detallarini maqsadga muvofiq qilib joylashtirilishi 
uni ixchamlashtiradi va foydalanishda qulaylik tug’diradi. Shuning uchun odamlarning buyumlar 
shaklini, o‘lchamlarini va o‘zaro joylashishini o‘rganishga qadimdan katta ahamiyat berib 
kelishlari bejiz emas. Ana shuning o‘zi geometriyaning yaratilishiga olib keladi.
Geometriya juda qadim zamonlarda, bizning eramizdan bir necha ming yillar ilgari vujudga 
kelgan. Uning kelib chiqishiga odamning mehnat qurollari tayyorlashga, masofalarni o‘lchashga, 
yer uchastkalarini aniqlashga va xokazolarga bo‘lgan extiyojlari sabab bo‘lgan. Hunarmandchilik, 
dengizda suzish va savdogarchilikning rivojlantirilishi buyumlarning shakli, o‘lchamlari va 
o‘zaro joylashishi bilan bog’liq bo‘lgan ko‘pgina masalalarni yechishni talab qildi. Eramizdan 
oldingi III asrda grek olimi Evklid tarqoq holdagi geometrik ma’lumotlarni bir joyga to‘pladi, 
ularni umumlashtirdi va “Asoslar” deb atalgan kitobida bayon etdi.
Geometriya—yunoncha so‘z bo‘lib, “Geo”-yer, “Metrio”-o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Bu 
fanning bunday atalishi yer o‘lchash talablari bilan bo‘g’langanini bildiradi. Kishilik jamiyatining 
yanada rivojlanishi geometriyaning vazifasi “yer o‘lchash” chegarasidan ancha tashqariga chiqib 
ketishiga olib keldi.
Geometrik tushunchalar tarixiy jihatdan butunlay boshqacha yo‘l bilan kelib chiqqan.Odamlar 
hamma vaqt o‘lchamlari va turli-tuman xossalarga ega bo‘lgan buyumlar bilan ish ko‘rganlar. 
Turli amaliy masalalarni hal qilayotganda ularga buyumlarning boshqa xossalalariga qaramasdan 
faqat ularning shakli va o‘lchamlarigagina e’tibor berishga to‘g’ri kelgan. Masalan, omborga 
idishlarni joylashtirish uchun ularning rangi va boshqa xossalarini bilish muhim bo‘lmasdan, 
balki ularning shakli va o‘lchamlarini bilishgina muhim bo‘lgan. Buyumlarning shakli va 
o‘lchamlaridan tashqari boshqa xossalariga e’tibor bermasdan, geometrik jismlar tushunchasiga 
kelingan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. V.A Gusev, G.G.Maslova 8-sinf geometriya o‘qituvchilar uchun qo‘llanma “O‘qituvchi”,1976.
2. Rajabov F.Nurmetov A. Analitik geometriya va chiziqli algebra . “O‘qituvchi”, 1990.


39

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling