O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish
O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish
Download 34.9 Kb.
|
Hujjat
O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish
Texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda o‘lchash vositasini qo‘llashning to‘g‘riligini tekshirish muhim bo‘ladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat sinovlari yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan va o‘z vaqtida qiyoslangan o‘lchash vositalari qonuniy o‘lchash vositalari deb hisoblanadi. O‘lchash vositalarini sinovlaridan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar quyidagilar bilan reglamentlangan: O`zDSt 8.009:2004 “O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”; O`zDSt 8.007:2002 “O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini qonuniy talablarga muvofiqligini tasdiqlash”; MI 1314-86. Uslubiy ko‘rsatmalar. O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini ishlab chiqishga texnik topshiriqlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish tartibi. O‘lchash vositalarini sinovlaridan o‘tkazish butun mamlakatda o‘lchashlarning birxilliligini ta’minlash, o‘lchash vositalarining ratsional nomenklaturasi va ulardan samarali foydalanishni aniqlash, o‘zining texnik darajasi va sifati bo‘yicha mamlakatdagi va xorijdagi eng yaxshi namunalarga mos keladigan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda quyidagi vazifalar hal qilinadi: o‘lchash vositasining zamonaviy texnik darajaga mosligi aniqlanadi; mamlakatda o‘lchash vositasini ishlab chiqarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularni xorijdan partiyalar bilan olib kelish zarurati aniqlanadi; o‘lchash vositalarining qiyoslash uslubiyatlari, vositalari va ta’mirlash bilan ta’minlanganligi, shuningdek qiyoslash uslubiyatini tanlashning to‘g‘riligi tekshiriladi; ishlab chiqariladigan va xorijdan keltiriladigan ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga mosligi tekshiriladi. O‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish masalasi ayniqsa standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda muhim bo‘ladi. Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablar O`zDSt 8.011:2004 “O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”. Bu standart tarmoq uchun spetsifik bo‘lgan, ilmiy tadqiqot ishlari, tajriba-konstruktorlik ishlari va texnologik ishlarni bajarishda, texnologik jarayonlarning parametrlarini nazorat qilishda, mahsulotning sifatini baholashda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarni o‘rnatadi. Bunday o‘lchash vositalari yagona nusxada yoki unchalik katta bo‘lmagan bir martalik partiyalar bilan ishlab chiqariladi. Ekspert metrolog avvalambor hujjatlarda ko‘rsatilgan standartlashti-rilmagan o‘lchash vositasini ishlab chiqish (yoki qo‘llash) zaruratini va uni seriyali tarzda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositasi bilan almashtirish mumkinligini tahlil qiladi. Ba’zi bir hollarda konstruksiyani ozgina o‘zgartirish yoki yo‘l qo‘yilishlar diapazonini ozgina kengaytirish standart o‘lchash vositasini qo‘llash imkonini beradi. Agar bunday almashtirishning iloji bo‘lmasa yoki bunday almashtirish maqsadga muvofiq kelmasa, u holda ekspert mahsulot ishlab chiqariladigan paytga borib standartlashtirilmagan o‘lchash vositasi ishonchli o‘lchov ma’lumotlarini berishiga, ya’ni qo‘llash uchun yaroqli bo‘lishiga ishonch hosil qilishi lozim. Bu vazifani hal qilishga quyidagilar bilan erishiladi: standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriqni metrologiya xizmati bilan kelishish; ishlab chiqiladigan o‘lchash vositalarining konstruktorlik va texnologik hujjatlarini metrologik ekspertizadan o‘tkazish; standartlashtirilmagan o‘lchash vositasiga me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va uni metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, qiyoslash, ta’mirlash va metrologik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan vositalarni tayyorlash; standartlashtirilmagan o‘lchash vositasini metrologik attestatsiyadan va qiyoslashdan o‘tkazish; standartlashtirilmagan o‘lchash vositasining qo‘llanilishi va holati ustidan davlat nazorati va idoraviy nazoratni amalga oshirish. Download 34.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling