O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish
Download 34.9 Kb.
|
Hujjat
- Bu sahifa navigatsiya:
- . O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish
Mavzu: O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarning to‘liqligi va to‘g‘riligini aniqlash Reja
O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish . O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni to‘liqligini tekshirish O‘lchash vositasining imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish uchun ularning xususiyatlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni ifodalash zarur bo‘ladi. Bu talablarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘lchash vositalari va uslublari yordamida olinadigan o‘lchash ma’lumotlarining sifatini belgilaydi. O‘lchash vositalarining eng muhim xususiyatlari o‘lchash natijalarining aniqligini belgilaydigan xususiyatlar bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqishda avvalambor o‘lchash vositasi aniqligining o‘lchashlar aniqligi ko‘rsatkichlarining talab qilinadigan qiymatlariga mosligi tahlil qilinadi. Agar o‘lchashlar diapazoni ko‘rsatilgan va o‘lchash vositasining o‘lchashlar xatoligiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha metrologik tavsiflariga qo‘yiladigan talablar aniqlangan bo‘lsa, o‘lchash vositasiga qo‘yiladigan talablar etarli bo‘ladi. Texnik hujjatlarni (texnologik hujjatlar va bir qator konstruktorlik hujjatlarini, shuningdek metrologik o‘lchashlarni reglamentlaydigan hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining hisobotlari va hokazolarni) metrologik ekspertizadan o‘tkazishda ekspert avvalambor o‘lchash vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligini aniqlaydi. Hujjatlarda ko‘pincha quyidagilar ko‘rsatiladi: tavsiya qilinadigan o‘lchash vositasining nomi va tipi, ushbu o‘lchash vositasiga me’yoriy-texnik hujjatlar, o‘lchash vositasining asosiy metrologik tavsiflari. Bu tavsiflar o‘lchash vositasining konkret tipini (agar u ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki berilgan tipdagi o‘lchash vositasini o‘lchashlar aniqligi ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmasdan boshqasiga almashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan hajmda ko‘rsatilishi lozim. Seriyali tarzda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari uchun ГОСТ va zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumotlar (tipi, shartli belgilanishi, o‘lchashlarning yuqorigi chegarasi, shkalaning bo‘linish qiymati va hokazolar) ko‘rsatiladi, ular hujjatlar bilan birgalikda o‘lchash vositasiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Masalan, valning diametrini nazorat qilishda texnologik jarayonning operatsion kartasida ГОСТ 166 bo‘yicha ШЦ 11-160-0,05 shtangensirkul ko‘rsatilgan. Hujjatda ko‘rsatilgan me’yoriy o‘lchash vositasi uchun asosiy konstruktorlik hujjatining belgilanishi yoki chizmasi keltiriladi. Agar o‘lchashlar aniqligining ko‘rsatkichlari o‘lchash vositasining konkret nusxasidan foydalanish bilan topilgan bo‘lsa, u holda bu o‘lchash vositasi nusxasining raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Masalan, metrologik o‘lchash hujjatida ФЭК 5M №7303213 fotoelektrokolorimetr ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Tekshiriladigan hujjatlarda ko‘pincha o‘lchash vositasining to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri belgilanishi keltiriladi yoki bekor qilingan standartlarga yo‘llanmalar beriladi. Masalan, elektr jihozini turini tasdiqlash sinovlardan o‘tkazish texnologik jarayonida 500 V kuchlanishda izolyasiyaning qarshiligini o‘lchash uchun ishlab chiquvchi tomonidan M 4001/1-5 megaommetri belgilangan. Bunday belgilash 1 dan 5 gacha bo‘lgan modifikatsiyalarga tarqaladi, bunda 1 modifikatsiya qarshilikni 100 V da, 2 modifikatsiya – 250 V da, 3 modifikatsiya – 500 V da o‘lchashga hisoblangan va hokazo. Shundan kelib chiqqan holda, megaommetrning keltirilgan belgilanishi aniq emas va M 4001/3'' megaommetri deb yozish zarur bo‘ladi. Tadqiq qilinadigan namunaning massasini aniqlashda fizikaviy-kimyoviy o‘lchashlarni bajarish uslubiyati hujjatlarida o‘lchash vositasiga “... 3-sinf texnik tarozisi” degan talab qo‘yilgan. Mazkur holatda “ГОСТ 24104 bo‘yicha 3-sinf aniqlikdagi laboratoriya tarozisi. Yuqorigi o‘lchash chegarasi 1 kg. Bo‘linish qiymati 10 mg. Elkalarning teng emasligidan xatolik 10 mg dan oshiq emas” deb yozish lozim bo‘lardi. Hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari imkon qadar standartlashtirilgan, unifikatsiyalangan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi, o‘lchashlarning zaruriy unumdorligini ta’minlashi zarur. Seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari O`zDSt 8.009:2004 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”ga muvofiq turini tasdiqlash sinovlaridan o‘tkazilishi, Davlat Reestriga kiritilishi va sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilishi lozim. Shu sababli ekspert hujjatlarda tavsiya qilinayotgan barcha o‘lchash vositalari sanoat korxonalarida ishlab chiqarilganligini tekshirishi lozim bo‘ladi. Bunda o‘lchash vositalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat Reestriga kiritilgan bo‘lishi kerak. Hujjatlarda ko‘rsatilgan standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini tahlil qilishda avvalambor ularni ishlab chiqish zarurati va ularni seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari bilan almashtirish imkoniyati aniqlanadi. Standartlashtirilmagan o‘lchash vositalariga talablarni O`zDSt 8.011:2004 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining metrologik attestatlash. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi” belgilab beradi. Ekspert shuningdek o‘lchash vositalarining qo‘llanilish shart-sharoitlarining o‘lchash shart-sharoitlariga mosligini tekshiradi. Tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklarning qiymatlari o‘lchash vositasiga berilgan hujjatlardagi qiymatlarning ishchi sohasining chegaralaridan tashqariga chiqmasligi lozim. Hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari korxonada bo‘lishi lozim (yoki ularni sotib olish ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim). Ishlab chiqarishdan olib tashlangan yoki uni ishlab chiqarish masalasi hali hal bo‘lmagan o‘lchash vositasini qo‘llash uchun tavsiya qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Barcha qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari O`zDSt 8.003:2005 “O‘zbekiston respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Tashkil qilish va o‘tkazish tartibi”ga muvofiq qiyoslashidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. O‘lchash vositasini tanlashda etarli asoslar bo‘lmagan taqdirda o‘ta murakkab va o‘ta qimmat o‘lchash vositalarini tanlamaslik lozim. Masalan, hujjatlarda (2 0,5) V kuchlanishni nazorat qilishda V7-16A voltmetridan (raqamli indeksatsiyalash bilan) foydalanish ko‘rsatilgan. Tahlil qilish natijasida arzonroq va ekspluatatsiya qilishda oddiy bo‘lgan, talab qilinadigan o‘lchashlar aniqligini to‘liq ta’minlay oladigan VS-15 lampali voltmetrdan foydalanish mumkinligi aniqlangan. Kuchlanishni ikkita nuqtada nazorat qilishda V7-16 voltmetri qo‘llanilgan, u bu nuqtalarga navbatma-navbat ulangan. Aniqlik bo‘yicha qo‘yilgan vazifaning talablariga javob bera oladigan, biroq ikkita kirishga ega bo‘lgan V7-21 voltmetri o‘lchashlar unumdorligini anchagina oshirishi mumkin. O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan metrologik talablarni tahlil qilishda Davlatlararo standartlar ГОСТ 8.009-84 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining me’yorlanadigan metrologik tavsiflari”, ГОСТ 8.401 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarining aniqlik klasslari. Umumiy qoidalar” kabi asos bo‘lib hisoblanadigan hujjatlarga tayanish lozim bo‘ladi. O‘lchash vositalariga metrologik talablarni o‘rnatadigan standartlar guruhiga shuningdek ГОСТ 8.251 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Statistik tavsiflarning analizatorlari. Me’yorlanadigan metrologik tavsiflar”, ГОСТ 8.256 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimi. Analog o‘lchash vositalarini me’yorlash va ularning dinamik tavsiflarini aniqlash. Asosiy qoidalar” ham kiradi. O‘lchash vositalariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqishda faqatgina metrologik ko‘rsatkichlarni emas, balki boshqa ko‘rsatkichlar – samaradorlik, avtomatlashtirilganlik darajasi, boshqa o‘lchash va avtomatlashtirish vositalari bilan birlashtirish mumkinligi, ishonchlilik kabi ko‘rsatkichlarni ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu talablar asbobsozlik standartlari tizimlarida, o‘lchash vositalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarning standartlarida o‘rnatiladi. Metrologik ekspertizining amaldagi mavjud o‘lchash vositalari bilan parametrlarni o‘lchash (nazorat qilish) imkoniyatini va hujjatlarda ularning tanlanishining to‘g‘riligini aniqlash kabi asosiy vazifalaridan biri o‘lchash vositalarining xatoliklari to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar asosida hal qilinadi, ular o‘lchash vositalariga beriladigan me’yoriy-texnik hujjatlarda qiymatlarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralari ko‘rinishida reglamentlanadi. O‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish qoidalari, talablari va me’yorlariga amal qilish ularning metrologik soz holatini kafolatlaydi, shunda o‘lchash vositasining xatoligi yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarning o‘rnatilgan chegaralaridan tashqariga chiqmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, agar metrologiya xizmati organi tomonidan o‘lchash vositasini qo‘llashga ruxsat berilgan bo‘lsa, ya’ni o‘lchash vositasi belgilangan muddatda davlat sinovlari, attestatsiya va qiyoslashdan o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda uning real xatoligi yo‘l qo‘yiladigan eng chekka qiymatlardan oshmaydi. O‘lchash vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralariga bog‘liq ravishda ularning aniqligi bo‘yicha o‘lchash vositalarini ajratishning eng keng tarqalgan shakli ularga ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki qiyoslash (davlat sinovlaridan o‘tkazish) natijasida aniqlik klassini berish bo‘lib hisoblanadi. O‘lchash vositalarini sinflarga bo‘lishning umumiy qoidalari Davlatlararo standart O`zDSt 8.401-84 tomonidan reglamentlanadi. Aniqlik sinfi – o‘lchash vositalarining umumlashtirilgan tavsifidir, u yo‘l qo‘yiladigan asosiy va qo‘shimcha xatoliklarning chegaralari, shuningdek o‘lchash vositalarining ularning aniqligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa xususiyatlari bilan belgilanadi. O‘lchash vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralari xatoliklarning o‘lchashlar diapazoni oraliqlarida o‘zgarish xarakteriga, shuningdek konkret o‘lchash vositasining mo‘ljallanishi va qo‘llanilish shart-sharoitlariga bog‘liq ravishda mutlaq (absolyut), nisbiy va keltirilgan xatolik shaklida ifodalanishi mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan absolyut xatolikning chegaralari – agar absolyut xatolikning chegaralari amalda o‘zgarmaydi deb taxmin qilinsa - formula bo‘yicha, agar absolyut xatolikning chegaralari amalda chiziqli tarzda o‘zgarsa - formula bo‘yicha aniqlanadi. Yo‘l qo‘yiladigan keltirilgan asosiy xatolikning chegaralari (foyizlarda) formula bo‘yicha aniqlanadi. Xatolikni ifodalashning bunday shaklidan absolyut hatoligi o‘lchashlar diapazonida amalda o‘zgarmaydi deb taxmin qilish mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalari uchun foydalaniladi. Bir tekis, yoki amalda bir tekis, yoki darajali shkalaga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari, shuningdek o‘lchaydigan-qayta shakllantiradigan vositalar uchun ning me’yorlaydigan qiymatini agar kirish (chiqish) signalining nolli qiymati o‘lchashlar diapazonining chekkasida yoki tashqarisida bo‘lsa – o‘lchashlar chegaralarining eng kattasiga teng qilib, agar nolli qiymat o‘lchashlar diapazonining ichida bo‘lsa – o‘lchashlar chegaralarining eng katta moduliga teng qilib o‘rnatish lozim bo‘ladi. Bir tekis, yoki amalda bir tekis, yoki darajali shkalaga ega bo‘lgan va nolli qiymati o‘lchashlar diapazonining ichida bo‘lgan elektr-o‘lchash priborlari uchun ning me’yorlaydigan qiymatini o‘lchashlar chegaralari modullarining yig‘indisiga teng qilib o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Fizikaviy kattaliklarni o‘lchaydigan, ular uchun shartli nolli shkala qabul qilingan o‘lchash vositalari uchun ning me’yorlaydigan qiymati o‘lchashlar chegaralari farqining moduliga teng qilib o‘rnatiladi. Anchagina notekis shkalali o‘lchash asboblari uchun me’yorlaydigan qiymat shkalaning butun uzunligiga yoki o‘lchashlar diapazoniga mos keladigan qismiga teng qilib o‘rnatiladi. Bunday holda absolyut xatolikning chegaralari xuddi shkalaning uzunligi kabi uzunlik birliklarida ifodalanadi. Yo‘l qo‘yiladigan nisbiy asosiy xatolikning chegaralari (foyizlarda) agar nisbiy xatolikning chegaralari o‘lchashlar diapazoni oraliqlarida amalda o‘zgarmaydi deb taxmin qilinsa - formula bo‘yicha, agar absolyut xatoliklarning chegaralari chiziqli tarzda o‘zgarsa - formula bo‘yicha aniqlanadi. Bunda q, ,p, c, va d ning qiymatlari 1 ; 1 ; (1,6 ; 2 ; 2 ; (3 ; 4 ; 5 ; 6 sonlar qatoridan tanlanadi, bu erda n – 1; 0; -1; -2 va hokazo. Masalan ГОСТ 19876 “O‘lchaydigan raqamli doimiy tok ko‘priklari. Umumiy texnik shartlar” ga muvofiq yo‘l qo‘yiladigan asosiy nisbiy xatolikning chegarasi formula bilan ifodalanadi, bunda - o‘lchanadigan qarshilikning qiymati, - o‘lchash chegarasining eng katta qiymati, s va d - k qatordan tanlanadigan sonlar (k = 1, 2, 5; n = -1, -2, -3, -4). c va d ning o‘zaro nisbati c/d 2. Yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatoliklarning chegaralari quymdagi ko‘rinishlarda ko‘rsatiladi: butun ishchi soha uchun ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikning doimiy qiymati yoki ishchi sohaning intervallari (oraliqlari) bo‘yicha ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikning doimiy qiymatlari; ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikning reglamentlangan intervalga mos keladigan yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolik chegarasining o‘sha intervalga nisbati; yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolik chegarasining ta’sir ko‘rsatuvchi kattalikka bog‘lanishi (eng chekka ta’sir ko‘rsatish funksiyasi); yo‘l qo‘yiladigan chetlashishlarning chegaralarining nominal ta’sir ko‘rsatish funksiyasiga bog‘lanishi. Yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatolikning chegaralari va yo‘l qo‘yiladigan beqarorlik chegaralari, masalan, normal elementlar uchun, yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik chegarasining ulushli (karrali) qiymati ko‘rinishida o‘rnatiladi. Chiqish signalining yo‘l qo‘yiladigan variatsiyalanish (o‘zgarish) chegarasi yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolik chegarasining ulushli (karrali) qiymati yoki shkalaning bo‘linish qiymati ko‘rinishida ko‘rsatiladi. Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning sonli qiymatlari ikkitadan oshiq bo‘lmagan son bilan ifodalangan bo‘lishi lozim, bunda chegaralarni hisoblashda yaxlitlash xatoligi 5% dan oshmasligi lozim. Xuddi o‘sha bitta ko‘rsatkichning o‘zi uchun konkret turdagi o‘lchash vositasi uchun yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolikning beshtadan oshiq bo‘lmagan turlicha chegaralari o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ularning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralarini absolyut xatoliklar ko‘rinishida ifodalash qabul qilingan o‘lchash vositalari uchun aniqlik klasslari tartib raqamlari yoki lotin alfavitining harflari bilan belgilanishi lozim. Ularning yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoligining chegaralari keltirilgan xatolik ( ) yoki nisbiy xatolik ( ) ko‘rinishida ifodalangan o‘lchash vositalari uchun aniqlik klassi foyizlarda ifodalangan ushbu chegaralarga teng bo‘lgan sonlar bilan belgilanishi lozim. Ularning yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoligining chegaralarini nisbiy xatolik ( ) ko‘rinishida ifodalash qabul qilingan o‘lchash vositalari uchun aniqlik sinflarini ularni qiyshiq chiziq bilan ajratish bilan s va d sonlar bilan ifodalash lozim.
O‘lchash vositalarining yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining chegaralarini o‘rnatish usullari va ular bo‘yicha aniqlik sinflarini reglamentlashni ko‘rib chiqishda shuni hisobga olish zarurki, nisbiy xatolik bo‘yicha o‘rnatilgan aniqlik sinfi o‘lchashlar diapazonining oxirida o‘lchash vositasining me’yorlanadigan nisbiy xatoligining minimal qiymatini va o‘lchashlar diapazonining boshida uning maksimal qiymatini kafolatlaydi, ya’ni me’yorlangan nisbiy xatolik o‘lchanadigan kattalikning qiymatiga teskari proporsional ravishda o‘zgaradi, nolli qiymatlarning yaqinida esa u cheksizlikka qarab intiladi. nisbiy xatolik bo‘yicha o‘rnatilgan aniqlik sinfini reglamentlashda o‘lchash vositasining absolyut xatoligi o‘lchanadigan kattalikning o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgaradi. Keltirilgan xatolik bo‘yicha o‘lchash vositasining aniqlik klassini reglamentlashda va bo‘lgan holatlar uchun nisbiy xatolik faqatgina x=x da keltirilgan xatolikka teng bo‘ladi va o‘lchanadigan kattalik kamayishi bilan o‘lchanadigan kattalikning nolli qiymatlari sohasida cheksizlikka yaqinlashish bilan ortadi. Download 34.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling