O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari
Download 22.04 Kb.
|
O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash asboblarining umumlashgan strukturaviy sxemasi.
A guruhiga kiruvchi EO‘A havoning nisbiy namligi 80% gacha yetadigan, harorati +i0 0C dan +35 0C gacha bo‘lgan quruq va isitiladigan yopiq xonalarda ishlatishga mo‘ljallangan.
Б guruhiga kiruvchi EO‘A havoning nisbiy namligi 80% gacha bo‘lgan, harorati esa -20 0C dan +50 0C gacha o‘zgarib turadigan, isitilmaydigan, yopiq xonalarda foydalanishga mo‘ljallangan. B guruhiga kiruvchi asboblar havosining nisbiy namligi 98% gacha bo‘lgan, harorati esa -40 0C dan +60 0C gacha bo‘lgan dala yoki dengiz sharoitida ishlatishga mo‘ljallangan. T guruhiga kiruvchi asboblar quruq va nam eng issiq mintaqa (tropik) iqlim sharoitida foydalanishga mo‘ljallab tayyorlangan. Bu guruhga kiruvchi asboblarning shartli belgisi T bo‘lib, u asbob yoki yordamchi qismning zavod belgisi bilan birga qo‘yiladi. Masalan, 989-T. Bundan tashqari EO‘A aniqlik sinfi, tokning turiga qarab, tashqi o‘lchamlari bo‘yicha va boshqa parametrlarga asoslangan holda ko‘plab turlarga ajraladi. O‘lchash vositalarining umumlashgan struktura sxemasi. O‘lchash asboblarining umumlashgan strukturaviy sxemasi 5.13-rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchash asboblarining umumlashgan strukturaviy sxemasi.O‘zgartirish qurilmasi - bu bir yoki bir necha o‘lchash o‘zgartkichlaridan tashkil topgan bo‘lib, o‘lchanadigan X kattalikni kuzatish qurilmasining xarakteristikalariga mos bo‘lgan Y signalga o‘zgartiradi. Bunday qurilmalarga masshtabli, funksional o‘lchash o‘zgartkichlari kiradi. Kuzatish qurilmasi - o‘zgartish qurilmasi uzatgan Y signalni kuzatuvchi kuzatishi (o‘qiy olishi) uchun qulay shakldagi a signalga o‘zgartiradi. Namunavuy vosita - o‘lchash asbobini foydalanish sharoitida kalibrlash uchun xizmat qiladi. Masalan, avtomatik potensiometrlarda normal element, ossillograflarda belgilash generatorlari bunga misol bo‘ladi. Yordamchi qurilma - o‘zgartirish va kuzatish qurilmasining normal ishlashini ta'minlaydi. Masalan, ta'minlash bloki, yoriyuvchi yoki boshqa qismlar. O‘lchash asboblarida o‘zgartirish va kuzatish qurilmalari eng asosiy qismlar hisoblanadi, namunaviy vosita yoki yordamchi qurilmalar esa - ikkinchi darajali hisoblanadi [1]. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling