O‘lchаsh xаtоliklаri


Download 45.62 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi45.62 Kb.
#1063209
1   2   3   4
Bog'liq
o\'lchash xatoligi

Tаyanch so‘zlаr: аbsоlyut xаtоlik, nisbiy xаtоlik, аdditiv, mul’tiplikаtiv xаtоlik, qo‘pоl xаtоlik, instrumеntаl xаtоlik.

O’lchash xatoligi va uni keltirib chiqaruvchi sabalari

O’lchash xatoligi deb, o’lchash natijasini o’lchanadiga kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatidan chetlashuviga (og’ishuviga) aytiladi.
O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash, o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar;
- o’lchash ob’yektini o’lchash joyiga (pozitsiyasiga) o’rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;
- o’lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va x.k) dan kelib chiquvchi sabablar;
- o’lchash o’byektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; operatorning malakasi va shu kabilar.
O’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarni aniqlash lozim bo’ladi.


O’lchash xatoliklarining turlari

O’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:


Absolyut xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 µm va h.k. Mutlaq quyidagicha aniqlanadi:
Δ = Ax-Ach=Ax-Ao ,
bu yerda, Ax -o’lchash natijasi; Ach -kattalikning chinakam qiymati; Ao -kattalikning haqiqiy qiymati;
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma deb ataladi. Δ =−
Nisbiy xatolikdeganda absolyut xatolikni o’lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbatini foizlarda olinganiga aytiladi va quyidagicha aniqlanadi:

Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini foizlarda olingani-keltirilgan xatolik deb ataladi.



Statik xatolik vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan xatolikdir. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi.

Download 45.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling