O‘lchash xatoliklari va ularni aniqlash


Oʻlchashda sistematik xatolikning mavjud boʻlishligi


Download 26.29 Kb.
bet2/3
Sana05.02.2023
Hajmi26.29 Kb.
#1166717
1   2   3
Bog'liq
o\'lchash xatoliklari va ularni o\'lchash

Oʻlchashda sistematik xatolikning mavjud boʻlishligi.
Bu xatolik hamma vaqt mavjud boʻladigan xatolikdir. Asbobning noto'g'ri oʻrnatilishidan (asbobni tayyorlash aniqligiga bogʻliq boʻlgan xatolik) va oʻlchash metodining noto'g'ri tanlanishidan kelib chiqadigan xatoliklar sistematik xatoliklardir. Bu xatolik ba'zi tashqi omillar ta'sirida, masalan, chizg'ich shkalasining notekis darajalanishi, termometr nolining haqiqiy nol temperaturaga mos kelmasligi, termometr kapillyari kesim yuzining kapillyar bo'yicha bir xil bo'lmasligi, ampermetrdan elektr tok o'tmagan vaqtda strelkasining shkala noliga mos kelmasligi va shunga o'xshash boshqa sabablar tufayli ham paydo boʻladi. Masalan, jism massasini oʻlchaganda jismga, tarozi toshlariga havo tomonidan ta'sir etuvchi itarib chiqarish kuchi ta'sir qilishini va kalorimetrik oʻlchashlarda asbobning tashqi muhit bilan issiqlik almashinishini hisobga olmaslik tufayli sistematik xatolikka yo'l qo'yiladi.
Ba'zi bir fizik kattaliklar (zichlik, solishtirma issiqlik sig'imi, elastiklik moduli va boshqalar) qiymatini jadvaldan olganda, ularni yaxlitlaganda, shuningdek, formulaga kiruvchi ba'zi doimiylar ( √2 va shunga o'xshash)ning taqribiy qiymatlarini olganda sistematik xatolikka yoʻl qoʻyiladi. Masalan, = 3,14159265 deb olish oʻrniga = 3; = 3,1; π = 3,14 deb, suvning sindirish ko'rsatkichi uchun n = 1,333 deb olish oʻrniga n = 1,3; n = 1,33 deb olsak ham har safar sistematik xatolikka yoʻl qoʻygan boʻlamiz. Sistematik xatoliklar aniq sabablar tufayli yuz berib, uning kattaligi takro- riy oʻlchashlarda oʻzgarmay qolishi yoki muayyan qonun boʻyicha oʻzgari- shi mumkin. O'lchash uslubini oʻzgartirib, asbobning koʻrsatishlariga tuzatishlar kiritib, sistemali ravishda ta'sir qiluvchi tashqi omillarni hisobga olish bilan bu xatolikni kamaytirish mumkin.
Oʻlchashda tasodifiy xatolikning mavjud boʻlishligi.
Bu xatolik oldindan hisobga olinishi qiyin bo'lgan va har bir o'lchashga ta'siri har xil boʻladigan tasodifiy sabablarga koʻra yuz beradigan xatoliklardir. Masalan, elektr o'lchashlarda elektr tarmog'idagi kuchlanishning oʻzgari- shi, plastinka qalinligini oʻlchaganda qalinlikning hamma joyda bir xil bo'lmasligi, oʻlchashlarda asbob shkalasining yetarlicha yoritilmasligi, asbobning tajriba stoli ustida yaxshi joylashtirilmasligi oqibatida tasodifiy xatolikka yo'l qo'yiladi. Bu xatoliklar tufayli biror fizik kattalikni bir necha marta oʻlchaganda har xil qiymatlar olinadi. Ayrim oʻlchashlardagi tasodifiy xatolikni yo'qotib boʻlmasada, tasodifiy hodisalar toʻgʻrisidagi matematik nazariyadan foydalanib, bu xatolikning oʻlchash natijasiga ta'sirini kamaytirish va xatolik kattaligini hisoblash uchun ma'qulroq boʻlgan ifoda- ni aniqlash mumkin. Tasodifiy xatolikni kamaytirish uchun aniqlanayot gan fizik kattalikni bir marta emas, bir necha marta takroriy oʻlchash kerak. Agar tasodifiy xatolik sistematik xatolikdan katta boʻlsa, tasodifiy xatolikni kamaytirish va uning asbob xatoligi bilan bir xil darajada boʻlishi uchun takroriy oʻlchashlar sonini oshirish kerak.
Sistematik va tasodifiy xatoliklardan tashqari
Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling