O`lchоv-infоrmаtsiоn tizimi (O`IT)ni tenzometrik datchiklarni ulash usullarini o’lchash tizimi sezgirligiga ta’sirini o‘rganish


Download 238 Kb.
bet1/6
Sana20.01.2023
Hajmi238 Kb.
#1105257
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-2-Лаборатория иши


Labоrotoriya ishi № 1,2
Mavzu: Trаktоr vа аvtоmоbillаrni sinаshdа ishlаtilаdigаn o`lchаsh o`zgаrtirgich (dаtchik)lаrni sеzgirligini аniqlаsh.
O`lchоv-infоrmаtsiоn tizimi (O`IT)ni tenzometrik datchiklarni ulash usullarini o’lchash tizimi sezgirligiga ta’sirini o‘rganish.


1-Qism.
Ishdan maqsad:

  1. O`lchov-o`zgartirgichlar (O`O`) ning tuzilishi ishlashi bo`yicha bilimlarni mustahkamlash.

  2. Tenzosezgirlik, reostat O`O` va taxogeneratorning sezgirligini aniqlash usullari bilan tanishish.



Jihozlar va asboblar: tenzometr, reostat,


Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Traktor (q.h.m) larini sinash vaqtida ta’sir kuchlari, burovchi, eguvchi momentlar, kuchlanishlar, burchak tezliklar kabi kattaliklarni o`lchashga to`g’ri keladi. Har qanday o`lchov asbobining asosida bitta fizik kattalikni u bilan funksional bog’liq bo`lgan boshqa fizik kattalik orqali ifodallash yotadi.
O`O` bu bitta hususiy o`lchash o`zgartirishni amalga oshiradigan texnik qurilmadir. Misol sifatida temperatura o`zgarishini simob ustunining mexaniq siljishi sifatida tasvirlovchi termometrni ko`rsatish mumkin. O`O` ga qo`yiladigan asosiy talab o`lchovida ma’lumotni minimal xatoga yo`l qo`yilgan holda uzatishdir.
O`lchov asboblari bir necha O`O` lardan tuzulgan bo`lib, odatda ular konstruktiv jihatdan uchta mustaqil uzeldan tashkil topgadi: datchik, o`lchagich qurilmasi, ko`rsatgich yoki qayd qilgich.
O`lchov asbobi datchigi deb o`lchov ob’yekti joylashtirilgan bitta yoki konstruktiv jihatdan bir – biriga bog’langan bir necha O`O` majmuasiga aytiladi.
Ko`rsatgich – o`lchash natijalarini ko`rsatuvchi qurilma.
Qayd qilgich – ko`rsatgichdan farqli o`laroq natijani qog’ozda, magnit lentasida, raqam tashuvchi va boshqalarda qayd qilish imkonini beradi.
Asbobning o`lchagich qurilmasi deb ataluvchi qolgan qismi (o`lchov zanjiri, kuchaytirgich, ta’minlash manbasi) datchikdan chekkaroqda o`rnatiladigan alohida uzel shaklida o`rnatilishi mumkin.
Traktor va avtomobillarni sinashda qo`llaniladigan o`lchov asoblar ko`pchiligi noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklar yordamida ifodalashga asoslangan. Bunda o`lchanayotgan muayyan fizik tabiatga ega bo`lgan kattaliklar elektrik signallarga aylantirib beriladi.
Elektrik O`O` lar parametrik (nofaol) va generator (faol) turlarga bo`linadi.
Parametrik o`zgartirgichlarda o`lchanayotgan kattaliklar o`zgarishi natijasida ularnig qarshilik, sig’im, induktivlik kabi elektrik parametrlari o`zgaradi.
Generator tabiatli o`zgartigichda valning aylanishida, temperatura va bosimga o`хshash kattaliklar ozgarganda EYUK (elektr yurituvchi kuch) hosil bo`ladi.
Traktor va QХM larni sinashda qo`llaniladigan ayrim O`O`larning ishlashini ko`rib chiqamiz.



Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling