O`lchоv-infоrmаtsiоn tizimi (O`IT)ni tenzometrik datchiklarni ulash usullarini o’lchash tizimi sezgirligiga ta’sirini o‘rganish
Download 238 Kb.
|
1-2-Лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar va asboblar
- O`lchov asbobi
- Asbobning
Labоrotoriya ishi № 1,2 Mavzu: Trаktоr vа аvtоmоbillаrni sinаshdа ishlаtilаdigаn o`lchаsh o`zgаrtirgich (dаtchik)lаrni sеzgirligini аniqlаsh. O`lchоv-infоrmаtsiоn tizimi (O`IT)ni tenzometrik datchiklarni ulash usullarini o’lchash tizimi sezgirligiga ta’sirini o‘rganish. 1-Qism. Ishdan maqsad: O`lchov-o`zgartirgichlar (O`O`) ning tuzilishi ishlashi bo`yicha bilimlarni mustahkamlash. Tenzosezgirlik, reostat O`O` va taxogeneratorning sezgirligini aniqlash usullari bilan tanishish. Jihozlar va asboblar: tenzometr, reostat, Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Traktor (q.h.m) larini sinash vaqtida ta’sir kuchlari, burovchi, eguvchi momentlar, kuchlanishlar, burchak tezliklar kabi kattaliklarni o`lchashga to`g’ri keladi. Har qanday o`lchov asbobining asosida bitta fizik kattalikni u bilan funksional bog’liq bo`lgan boshqa fizik kattalik orqali ifodallash yotadi. O`O` bu bitta hususiy o`lchash o`zgartirishni amalga oshiradigan texnik qurilmadir. Misol sifatida temperatura o`zgarishini simob ustunining mexaniq siljishi sifatida tasvirlovchi termometrni ko`rsatish mumkin. O`O` ga qo`yiladigan asosiy talab o`lchovida ma’lumotni minimal xatoga yo`l qo`yilgan holda uzatishdir. O`lchov asboblari bir necha O`O` lardan tuzulgan bo`lib, odatda ular konstruktiv jihatdan uchta mustaqil uzeldan tashkil topgadi: datchik, o`lchagich qurilmasi, ko`rsatgich yoki qayd qilgich. O`lchov asbobi datchigi deb o`lchov ob’yekti joylashtirilgan bitta yoki konstruktiv jihatdan bir – biriga bog’langan bir necha O`O` majmuasiga aytiladi. Ko`rsatgich – o`lchash natijalarini ko`rsatuvchi qurilma. Qayd qilgich – ko`rsatgichdan farqli o`laroq natijani qog’ozda, magnit lentasida, raqam tashuvchi va boshqalarda qayd qilish imkonini beradi. Asbobning o`lchagich qurilmasi deb ataluvchi qolgan qismi (o`lchov zanjiri, kuchaytirgich, ta’minlash manbasi) datchikdan chekkaroqda o`rnatiladigan alohida uzel shaklida o`rnatilishi mumkin. Traktor va avtomobillarni sinashda qo`llaniladigan o`lchov asoblar ko`pchiligi noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklar yordamida ifodalashga asoslangan. Bunda o`lchanayotgan muayyan fizik tabiatga ega bo`lgan kattaliklar elektrik signallarga aylantirib beriladi. Elektrik O`O` lar parametrik (nofaol) va generator (faol) turlarga bo`linadi. Parametrik o`zgartirgichlarda o`lchanayotgan kattaliklar o`zgarishi natijasida ularnig qarshilik, sig’im, induktivlik kabi elektrik parametrlari o`zgaradi. Generator tabiatli o`zgartigichda valning aylanishida, temperatura va bosimga o`хshash kattaliklar ozgarganda EYUK (elektr yurituvchi kuch) hosil bo`ladi. Traktor va QХM larni sinashda qo`llaniladigan ayrim O`O`larning ishlashini ko`rib chiqamiz. Download 238 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling