Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet91/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

Oltingugurtning olinishi. Oltingugurt sanoatda •tug'ma» oltin­
gugurtdan va uning turli birikmalaridan olinadi. Tug'ma oltin­ gugurtning tarkibiga ma'lum miqdorda bekorchi moddalar ara­ lashgan bo'ladi. Bu bekorchi moddalardan oltingugurtni ajratib olish uchun oltingugurtning suyuqlanish temperaturasi pastli­ gidan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda oltingugurt avtoklavlarda o'ta qizdirilgan suv bug'i bilan suyuqlantirib olinadi. Buning uchun maydalangan oltingugurt rudasi suvga qorilib, avtoklavga joylanadi va 6 atm bosim ostidagi o'ta qizdirilgan suv bug'i ta'sir ettiriladi. Natijada oltingugurt suyuqlanadi. Suyuqlangan oltingugurt qoliplarga quyi­ ladi, bekorchi jinslar esa vaqt-vaqti bilan avtoklavdan chiqarib turiladi. Tug'ma oltingugurtdan oltingugurt olishda amerikalik olim Frash usuli nihoyatda diqqatga sazovordir. Bu usul bo'yicha oltin­ gugurt olishda tug'ma oltingugurt koni topilgan yerga biri ichiga ikkinchisi joylangan 150-250 metr uzunlikdagi uchta nay qoqi­ ladi. lchki nayni N.! I desak, o'rtadagi nay N.!2, tashqi nay N.!3
bo'lsin. lkkinchi va uchinchi naylar oralig'idan 160-170 ·c dagi
issiq suv yuboriladi; birinchi naydan 18-20 atm bosimga qadar siqilgan havo beriJadi. Bosim berilishi natijasida siqilgan suyuq oltingugurt birinchi va ikkinchi naylar oralig'idan fontan bo'lib otilib chiqadi. Bu ikkala usul bilan olingan oltingugurt tarkibida ham qo'shimcha mahsulotlar bo'ladi. Toza holdagi oltingugurt olish uchun oltingugurt maxsus issiqxonalarda haydaladi.
Haydash yo'li bilan olingan oltingugurt bug'ining kondensatla­ nishi natijasida hosil bo'lgan kukun oltingugurt guli deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda oltingugurt, ko'pincha, metall sulfidlaridan metall ajratib olishda hosil bo'ladigan chiqindi (SO 2)dan va toshko'mimi
qayta ishlashda hosil bo'ladigan gazlardan va temir kolchedanidan
olinadi. Temir kolchedani maxsus issiqxonalarda 600 °C gacha qizdirilsa, oltingugurt ajralib chiqadi:
FeS2 FeS + S
Oltingugurtning allotropiyasi va fizik xossalari. Oltingugurt uch xii allotropik shakl o'zgarish hosil qiladi. Tabiatda uchraydigan oltingugurt rombik oltingugurt deyiladi. Rombik oltingugurtning kristallari oktaedr shaklida bo'ladi. Rombik oltingugurt sariq tusli kristallardan iborat qattiq modda bo'lib, suvda erimaydi. Lekin ug­ lerod (IV) sulfidda, anilinda, benzolda, spirtda, efirda yaxshi eriydi. Elektr quvvatini va issiqlikni yomon o'tkazadi. Lining so­
lishtirma og'irligi 20 ·c da 2,07 ga teng, suyuqlanish temperatura-
si r;uyUQ. = I 12,8 °C, qaynash temperaturasi t ayin. = 444,5 ·c.
Rombik oltingugurtning molekulalari 8 atomdan tuzilgan bo'lib, uning formulasi S8 dir. Suyuqlantirilgan oltingugurt sekin sovitilsa va (u qisman qotgandan keyin) qotgan ustki qismi olib tashlanib, hali qotishga ulgurmagan qismi boshqa idishga quyib olinsa. bi­ rinchi idish devorlarida ignasimon to'q sariq kristallar qoladi. Bu
kristallar monoklinik (prizmatik) shaklda bo'lib, monoklinik oltin­ gugurt deb ataladi. Monoklinik oltingugurtning 20 ·c dagi so- lishtirma og'irligi I, 96 ga teng. Suyuqlanish temperaturasi r:uyuq. =
=119,25 ·c. Monoklinik oltingugurt molekulalari ham 8 atomdan
iborat. Monoklinik oltingugurt o'z xossalari jihatidan rombik ol­ tingugurtdan farq qiladi, chunki ularning formulasi bir xii bo'lgani bilan kristall tuzilishi turlichadir. Monoklinik oltingugurt faqat
96 ·c dan yuqorida barqarordir. Odatdagi sharoitda u o'z-o'zidan
rombik oltingugurtga aylanadi.
Agar qaynab turgan oltingugurt sovuq suvga jildiratib quyilsa, u yumshoq, jigarrang massaga aylanadi. Bu massa rezinaga o'xshab cho'ziladi. Oltingugurtning bu shakl o'zgarishi p/astik oltingugurt deyiladi. Plastik oltingugurt ham oddiy sharoitda bir necha soatdan
keyin rombik oltingugurtga aylanadi. Rombik oltingugurt molekula­ lari halqasimon tuzilishga ega. Temperatura 160 ·c bo'lganda
halqalar uzilib, ochiq zanjirli S8 molekulasi hosil bo'ladi, bu vaqtda oltingugurt qo'ng'ir tusni oladi, chunki molekula chekka-
laridagi atomlar yorug'lik nurini yaxshi yutib, qo'ng'ir tus yara­ tadi. Temperatura yana ko'tarilsa ( 190 °C larda), oltingugurt mole-
kulalari S8 dan S6 ga o'tadi.
Oltingugurt 445 ·c da qaynaydi. Qaynoq holdagi oltingugurtga
sovuq suv qo'shib sovitilganda S6 molekulalari S8 ga o'tishga ulgura olmaydi. Natijada plastik oltingugurt hosil bo'ladi. Uglerod
(IV) sulfidda erimaydigan ochiq zanjirli molekulalardan tuzilgan
oltingugurtning bo'lishi oltingugunda allotropiya hodisasi borli­ gini ko'rsatadi. Oltingugurt rombik va monoklinik shakllarda bo'lishiga sabab shuki, molekulalari bir xii, ammo kristallarida molekulalarning joylanishi turlicha bo'ladi. Oltingugurtning bir necha kristall shaklida bo'lishi polimorfivn hodisasi deb yuritiladi. Oltingugurtda allotropiya hodisasining bo'lishiga sabab tempera­ turadir. Temperatura ko'tarilishi bilan oltingugurt molekulalari
S8 S6 S2 S ga dissotsilanadi. Temperatura 900 °C dan osh­

8
ganda esa S8 dan S2 ga o'tadi. Temperatura 1500 ·c dan oshganda S
dan batamom S ga o'tadi, ya'ni temperatura oshsa, muvozanat o'ngga siljib, oltingugurt molekulalarining dissotsilanishi davom etadi. Temperatura pasaysa. muvozanat chapga siljib, oltingugurt
molekulalari assotsilanadi. Tabiiy oltingugurt to'rt izotopdan: 32S,
3'S, :14S, ' S iborat.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling