Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus


Download 0.77 Mb.
bet2/110
Sana21.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1367794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]

KI RISH
1- §. Kimyo fani va uning vazifalari
Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. Atrofimizni o'rab olgan o'simliklar, hayvonlar dunyosi va jonsiz tabiat - bulaming ham­ masi moddalardan tarkib topgan. Kimyo fani ana shu modda­ laming tarkibi, xossalari, tuzilishi, shuningdek, moddaning bir turdan ikkinchi turga o'tishini o'rganadi. Demak, kimyo tabiat haqidagi fan bo'lib, u fizika, biologiya, mineralogiya kabi fanlar bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi.
Tabiatda moddalaming turlari juda ko'p. Shu sababli ular doimo bir-biriga aylanib turadi. Kimyo fanining muhim vazifalaridan biri­ moddalaming bir-biriga aylanishidagi qonuniyatlami tushuntirib berishdan iborat. Tabiatdagi o'zgarishlami umuman ikki guruhga bo'lish mumkin:

      1. Fizik o'zgarishlar.

2. Kimyoviy o'zgarishlar.
I. Agar modda o'zgarishga uchraganida mocldaning tarkibi, kim­ yoviy xossasi o'zgarmasdan, faqat uning holati yoki shakli
o'zgarsa, bunday o'zgarish fizik o'zgarish deb ataladi. Masalan: temimi egish, bukish va h.k. Suv O ·c dan past temperaturada qattiq holatga o'tadi. 0 ·c dan yuqori tempcraturada esa suyuq
holatga o'tadi, bunda suvning faqat holati o'zgaradi, lekin mole­ kulasining tarkibi o·zgarmaydi.
2. Modda ustida o'zgarish borganda moddaning tarkibi o'zgarib, yangi modda hosil bo'lsa, bunday o'zgarish kimyoviy o'zgarish deb ataladi. Masalan: shakami maxsus idishga solib qizdirsak, av­ val jigarrang suyuqlik hosil bo'lib, keyinchalik qorayib ketadi. Bunda shakar molekulasi uglerod va suvga ajraladi. Demak, kimyoviy o'zgarishlarda dastlabki moddalaming tarkibi o'zgaradi. Odamlar bundan necha ming yil ilgari tog' aralash jinslaridan metallar ajratib olish, metall qotishmalar tayyorlash, shisha pishirish va shunga o'xshash jarayonlami amalga oshirishda kimyoviy hodisa­ lardan keng foydalanib kelganlar.
Hozirgi kunda sanoat va qishloq xo'jaligining rivojlanishini kimyo fanisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Kauchuk, plastmassalar, port­ lovchi moddalar, qog'oz, sun'iy tola, mineral o'g'itlar, dori­ darmon va boshqa moddalar olish kimyoviy jarayonlarga asoslan-
4
gan. Mustaqil respublikamizda kimyo sanoati uchun zaruriy xo­ mashyo - tabiiy gaz, neft, toshko'mir va rudalaming mo'l-ko'l­ ligi ko'plab ilmiy-tadqiqot institutlari, o'nlab oliy o'quv yurt­ larining kimyo kafedralarida yirik kimyogar olimlar rahbarligida katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotganligi kimyoviy mah­ sulotlaming yangidan-yangi navlarini yaratishga imkon beradi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling