Oli\' va o•rta maxsus ta'lim vazirligi o•rta maxsus
Download 0.77 Mb.
|
Anorganik kimyo Tashev [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2- §. Oddiy va murakkab moddalar. Allotropiya
- 1.3- §. Kimyoviy belgi va kimyoviy formulalar
1.1- §. Kimyoviy elementlar
,,Element" so'zi tarkibiy qism degan ma'noni bildiradi. Kimyoviy element - ma'lum xossaga ega bo'lgan atomlar to'plami, ya'ni kimyoviy xossalari bir xii bo'lgan atomlar turidir. MasaJan, azot atomlaming bitta turini, bitta kimyoviy element - azot elementi ni, xlor atomlarning boshqa turini, kimyoviy element xlomi bildiradi. Butun koinot, cng uzoq yulduzlar ham kimyoviy ele mentlardan tarkib topgan. Hozir bizga I 09 ta atomlar turi - I 09 ta kimyoviy element ma'lum. Kimyoviy element bilan oddiy mod dani bir-biridan farq qila bilish lozim. Oddiy modda element deb atalsa - bu xato, ammo elementni oddiy modda deb atalsa - bu ham xatodir. Bina kimyoviy e]ement bir necha xii oddiy moddalar hosil qilishi mumkin. < Uglerod degan kimyoviy element bir necha oddiy modda - ko'mir, olmos va grafit hosil qiladi. Simob oddiy modda holatida muayyan xos.o;;alarga cga, u metal! yaltiroqlikka ega bo'lgan su yuqlik; bu xossalami kislorod bilan birikkan holatdagi simobdan topib bo'lmaydi. Simob (II) oksiddagi simob oddiy modda holi dagi simob emao;;, balki simob elementidir. Bir xii kimyoviy elementdan tarkib topgan moddalar oddiy modda, ikki va undan ko'p kimyoviy elementlardan tarkib topgan moddalar mu rakkab moddalar deyiladi. 1.2- §. Oddiy va murakkab moddalar. AllotropiyaTabiatda moddalaming turlari juda ko'p. Ularni alohida-alo hida o'rganish qiyin, shuning uchun ular guruh-guruhlarga bo'lib o'rganiladi. Moddalami tarkibiga qarab ikki guruhga bo'lish mumkin: oddiy moddalar; murakkab moddalar. Molekulalari bir elementning atomlaridan tashkil topgan mod dalar oddiy moddalar deb ataladi. Masalan, temir, azot. kislorod va h.k. Masalan, azot moddasi azot elementining ikki atomidan, xlor moddasi xlor elementining ikki atomidan iborat va h.k. Molekulalari turli elementlaming atomlaridan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deb ataladi. Masalan. shakar C12H22O11- uning molekulasi uglerod, vodorod va kislorod elementlari atomlaridan tashkil topgan. Suv molekulasi vodorod va kislorod elementlarining atomlaridan tuzilgan. Turli oksidlar, tuzlar, kislotalar va asoslar murakkab moddalarga misol bo'ladi. Bitta kimyoviy elementning o'zi ikki yoki bir necha oddiy mod dalar hosil qilishi a II o t ro pi ya deb, bu moddalaming har biri esa allotropik shakl o'zgarishlar deb ataladi. Masalan, kislorod ele menti ikkita allotropik modifikatsiya - kislorod va ozon, uglerod elementi ham ikkita - olmos va grafit hosil qiladi; fosfor, oltingu gurt elementlari ham bir necha xil modifikatsiya hosil qiladi. Allotropik shakl o'zgarishlarning mavjudligi molekuladagi bir xii atomlaming soni yoki joylashuvi biror tarzda o'zgarishidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda 112 ta kimyoviy element ma'lum bo'lgani holda, oddiy moddalar soni l000 dan ortiq. Tabiiy oltin gugurt rombik kristallar ko'rinishida uchraydi. 96 °C dan yuqorida u asta-sekin monoklinik oltingugurtga aylanadi. Agar 350-400 °C gacha qizdirib suyuqlantirilgan oltingugurtni sovuq suvga quysak, kristall bo'lmagan plastik oltingugurt olinadi. Yuqorida aytib o'tilgan hamma oddiy moddalar bir kimyoviy elementdan - oltin gugurtdan tashkil topgan. Bu moddalar yondirilganda bitta mah sulot - sulfit angidrid hosil bo'ladi. 1.3- §. Kimyoviy belgi va kimyoviy formulalarKimyoda moddalaming tarkibini va ular orasidagi kimyoviy reak siyalarni ko'rsatish uchun har bir kimyoviy element o'zining maxsus belgisi bilan ifodalanadi. Berselius 1813- yilda element laming simvollari sifatida lotincha nomlarining bosh hartlarini olish ni taklif qildi. Masalan, kislorod (oxygenium) 0 harfi bilan, oltin gugurt (sucfur) S harfi bilan, vodorod (hydrogenium) H bilan belgilanadi. Agar bir necha elementning bosh harfi bir xii bo'lsa, ulaming belgisi bosh harfdan va undan keyingi bir harfdan tuzi ladi. Masalan, kalsiy (calcium)ning belgisi Ca, mis (cuprum)ning belgisi Cu va h.k. Kimyoviy belgilar: l) elementning nomini; 2) uning bir atomi ni; 3) atom og'irligini ko'rsatadi. Kimyoviy birikmaning formufa si uni tashkil etgan elementlarning simvollaridan tuzilgan. I 09 ta elementning kimyoviy belgisi D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida keltirilgan. Moddaning tarkibini shu moddani tashkil etgan elementlarning kimyoviy belgilari bilan ifodalash natijasida moddaning kimyoviy formulasi olinadi. Kimyoviy for mula berilgan modda molekulasi tarkibiga qanday atomlar qancha miqdorda kirishini ko'rsatadi. Murakkab moddaning formulasini yozish uchun modda qanday kimyoviy elementlardan tuzilgan ligini va uning molekulasida har qaysi elementning nechtadan atomi borligini bilish lozim. Kimyoviy formulalar: l) moddaning nomini; 2) shu formu laga qarab, ayni modda oddiy yoki murakkab modda ekanligini; u qanday elementlardan hosil bo'lganligini; 4) uning mole kulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirgan ligini; 5) uning bitta molekulasini; 6) modda tarkibiga kiruvchi elementlar qanday og'irlik nisbatda ekanligini; 7) moddaning moJekular massasiru ko'rsatadi. Moddaning kimyoviy formulasi 2 xii bo'ladi: l) eng oddiy formula; 2) haqiqiy yoki molekular formula. Eng oddiy formula molekuladagi atomlarning mutlaq sonini cmas, balki har xil elementlarning atomlari soni orasidagi nis batni ko'rsatadi. Haqiqiy formula molekuladagi atomlarning haqi qiy sonini ko'rsatadi. Murakkab moddalarning eng oddiy formu lasini chiqarish uchun uning og'irlik tarkibini va shu modda tarkibi dagi elementlarning atom massalarini bilish kerak. misol. Tarkibida 43,4% Na, 11,3% C va 45,3% 0 bo'lgan moddaning eng oddiy formulasini yozing. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling