O'zbekistonda azotli va fosforli o'g'itlar hamda polimerlar ishlab chiqaruvchi korxonalar
Chirchiq e/ektrkimyo kombinati. Asosiy ishlab chiqarish mah sulotlari suyuq ammiak (bir necha xii turlari), suyultirilgan va konsentrlangan nitrat kislota, ammoniy nitrat (selitra), karba mid (mochevina), E -kaprolaktam, suyuq va gaz holatidagi vo dorod, karbonat angidrid, natriy va kaliy mctallari hamda turli xii nikelli, mis-rux-aluminiy, aluminiy-xrom katalizatorlaridan iborat. Bulaming ichida sanoat va qishloq xo'jaligi uchun eng muhimlari bo'lgan ammiak, selitra, A va B markali karbamid, kuchli azot kislotalari texnologiyalari to'g'risida qisqa ma'lumotlar berish maqsadga muvofiqdir.
Havoni juda past temperaturada suyuqlantirib, azot bilan kislo rodga ajratiladi. Metan gazini yuqori bosim va temperaturada (900- 1000 °C) parchalab, asetilen va vodorod gazlari olinadi:
2CH4 -+ CH =CH+ 3H1
Hosil bo'lgan vodorodni nikel katalizatori vositasida (500 °C) da havodagi azot bilan biriktirib, ammiakka aylantiriladi:
N2 + 3H1 -+ 2N H 1
Endi ammiakdan azot(II) oksid va azot (IV) oksid olinadi hamda ulami suv bilan reaksiyaga kiritib, avvaliga suyultirilgan, so'ngra konsentrlangan nitrat kislota hosil qilinadi:
2NH 3 + 30 2 -+ N0 2 +NO+ 3Hp
N0 2 + H20 -+ HN0 1
Nitrat kislotani ammiak bilan biriktirib, ammoniy nitrat tuzi, ya'ni selitra olinadi:
NH3 + HN0 3 -+ NH N0 1
Albatta, bu jarayon biz aytganday uncha oddiy emas, chunki eritmani bug'lantirib, uning namligini ma'lum darajaga yetkazish
I!
va uni grandminoralardan sochib, granulalarga aylantirish hamda qadoqlash ancha murakkab ishlardan hisoblanadi.
Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, Na,oiy azot va Farg'ona azot birlashmalarida ham xuddi shunday reaksiya va jaray onlar asosida sclitra ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |