Oligosaxaridlar
Download 32.37 Kb.
|
OLIGOSAXARIDLAR
OLIGOSAXARIDLAR Oligosaxaridlar – (oligos – “kichik”) quyi molekulyar shakarga o’xshash, molekulasida ikkitadan to o’ntagacha bir xil yoki har xil monosaxaridlar qoldig’I bo’ladigan glikoza bog’lar bilan bog’langan uglevodlardir. Gidrolizlanganda hosil bo’ladigan monosaxaridlar soniga qarab oligosaxaridlar disaxaridlarga, trisaxaridlarga, tetrosaxaridlarga, pentasaxaridlarga va xakozalarga bo’linadilar. Oligosaxaridlar ichida eng ahamiyatga ega bo’lganlaridan disaxaridlar, masalan : saxaroza va maltoza, boshqacha aytganda biozalardir.
Disaxaridlar (oddiy oligosaxaridlar) ikki molekula monosaxaridlarni kondensatsiyalanib suv chiqarishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan : C6H12O6 + C6H12O6 → C12H22O11 + H2O Ikki molekula monosaxaridlarni bog’lanishida doimo bitta monosaxarid birinchi holatdagi uglerod atomidagi gidroksil (-OH) gruppa orqali, glikozodli –OH gruppa deb nomlanadigan va karbonil gruppa bilan, yoki boshqa molekuladagi spirtli gruppasining bittasi bilan bog’lanishlari orqali sodir bo’ladi. Birinchi holda qamish shakari, qaytarilmaydigan disaxarid, ikkinchi holda esa felingovo suyuqligiga nisbatan qaytariladigan suyuqlik hosil bo’ladi. Felingavo suyuqligi tarkibida fenilgidrazin bo’lgan suyuqlik, uning glukozaga ta’siridan azazon hosil bo’ladi. Shunday qilib hamma disaxaridlar kislotali glikozid bog’ga ega bo’lib, shuning uchun ular glikozidlarga mansub, ularning xosl bo’lishida monosaxarid molekulalari ishtirok etadi. Ikki glikozid gidroksilidan bir molekula suv chiqib ketishi natijasida hosil bo’ladigan disaxaridlar (saxaroza) qaytarilmaydigan disaxaridlar deyiladi. Disaxaridlarning eng muhim vakillariga saxaroza, laktoza va maltoza kiradi. Saxaroza (qamish shakari, lavlagi shakari, oddiy shakar) α – D glukoza va β – D – fruktoza qoldiqlaridan tuzilgan saxaroza qaytarilmaydigan disaxaridlar bo’lganligi uchun azazon hosil qilmaydi, chunki undagi glukozid bog’lanishni hosil bo’lishida fruktozadagi karbonil gruppa ishtirok etadi. Saxarozaning tuzilishini quydagicha ifodalash mumkin : saxaroza
Saxaroza ham glukozaga o’xshab yopiq zanjir hosil qiladi, u quydagicha ifodalanadi : Kislotali muhit va fermentlar (inversiya jarayoni) ta’sirida glikozid bog’ining gidrolitik (gidroliz) parchalanishida saxaroza qaytaruvchi xossasiga ega bo’lgan monosaxaridlar α –D –glukozaga ba β – D –fruktozaga gidrolizlanadi. saxarozaα –D –glukoza + β – D - fruktoza Olingan aralshma invert shakari deyladi. U tabiiy va sun’iy asal tarkibida bo’ladi. 190 – 200oCda saxaroza suvini yo’qotib quruq massa (karamel) ga aylanadi. Saxaroza eramizgacha ma’lum bo’lgan shakarlardan biridir. U zarur oziqa modda hisoblanadi. Saxaroza shaftoli, nok ananas, shakar qamish, qand lavlagi kabi mevalar tarkibida bo’ladi. Qand lavlagi tarkibida 29%, shakar qamish tarkibida 14 – 16% saxaroza bo’ladi. Sanoatda saxaroza asossan qand lavlagidan va shakar qamishdan olinadi. (Aim.uz) Saxaroza gidrolizini polarimetr yordamida osongina kuzatish mumkin, chunki saxaroza eritmasi to'g'ri aylanishiga ega va natijada hosil bo'lgan aralashma D-glyukoza va D-fruktoza chap burilish xususiyatiga ega, chunki D-fruktoza chap burilish qiymatiga ega. Shuning uchun, saxaroza gidrolizi bilan o'ng qo'lning aylanish burchagi asta-sekin pasayadi, nol qiymatdan o'tadi va gidroliz oxirida teng miqdordagi glyukoza va fruktoza bo'lgan eritma barqaror chap tomonga aylanadi. Shu munosabat bilan gidrolizlangan saxaroza (glyukoza va fruktoza aralashmasi) invert shakar, gidroliz jarayonining o'zi esa inversiya deb ataladi (lotincha inversiyadan - inversiya, qayta tashkil etish). Bu suvda oson eriydigan shirin ta'mga ega rangsiz kristallar. 2. Saxarozaning erish nuqtasi 160 ° S ga teng. 3. Eritilgan saxaroza qattiqlashganda, amorf shaffof massa hosil bo'ladi - karamel. 4. U ko'plab o'simliklarda uchraydi: qayin, zarang sharbatida, sabzi, qovun, shuningdek qand lavlagi va shakar qamishida. Download 32.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling