Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo’ladigan tuproqlarning struktura agregatlari nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi uchun o’ziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi. - Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo’ladigan tuproqlarning struktura agregatlari nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi uchun o’ziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi.
- Agronomik nuqtai nazardan P.V.Vershinin bo’yicha, tuproq strukturasi o’lchami (katta-kichikligi) ga ko’ra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura;
- 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura;
- 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al mikrostruktura;
- 4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga bo’linadi.
- Odatda tuproq strukturasi: 0,25-10 mm gacha bo’lgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi.
Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bo’lishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. - Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bo’lishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega.
- Yirik makrostrukturalar tuproqdagi eng qulay suv-havo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturalar O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat o’lchami bilan balki suvga chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. Shunday xususiyatga ega bo’lgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular yomg’ir va sug’orish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov berilganda barqaror, chidamli bo’lib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning haydalma qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas. Strukturaning eng muhimko’rsatkichlaridan biri, uning g’ovakligidir. Eng yaxshi strukturali qora tuproqlarda agregatlar oralig’idagi g’ovaklik, uning hajmiga nisbatan 50 foizga yaqin bo’lib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini yaratadi. Strukturadagi g’ovaklik qanchalik oz bo’lsa, tuproqda o’simliklar uchun foydali nam, havo shuncha kam va o’simliklarning o’sib, rivojlanishi uchun sharoit ham yomon bo’ladi. - Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat o’lchami bilan balki suvga chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. Shunday xususiyatga ega bo’lgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular yomg’ir va sug’orish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov berilganda barqaror, chidamli bo’lib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning haydalma qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas. Strukturaning eng muhimko’rsatkichlaridan biri, uning g’ovakligidir. Eng yaxshi strukturali qora tuproqlarda agregatlar oralig’idagi g’ovaklik, uning hajmiga nisbatan 50 foizga yaqin bo’lib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini yaratadi. Strukturadagi g’ovaklik qanchalik oz bo’lsa, tuproqda o’simliklar uchun foydali nam, havo shuncha kam va o’simliklarning o’sib, rivojlanishi uchun sharoit ham yomon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |