Олий ўқув юртларида ўқув жараёнини кредит-модуль тизимида ташкил қилиш
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar o’zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar to’plamidan makroagregatlar yuzaga keladi
Download 1.17 Mb.
|
amaliy tuproq
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar o’zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar to’plamidan makroagregatlar yuzaga keladi.
O’simliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bo’shliqlari (g’ovakliklari) bo’ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo’laklarga ajratadi; mexanik elementlar va mikroagregatlarni mustahkamlaydi. O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan gumus tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham qurishi tufayli struktura agregatlari paydo bo’ladi. Tuproqning nam sig’imi 60-90 foiz bo’lgan sharoitda yer muzlaganda eng ko’p struktura hosil bo’lib, ammo ular suvga chidamsizdir. Strukturaning hosil bo’lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Og’ir mexanik tarkibli, gumusga boy, va ikki, uch valentli kationlar bilan to’yingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bo’ladi.
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling