Олий ўқув юртларида ўқув жараёнини кредит-модуль тизимида ташкил қилиш


Pestitsidlardan optimal meʼyorlarda va kerakli muddatda foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirish elementlaridan biridir


Download 1.17 Mb.
bet22/95
Sana30.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1411667
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog'liq
amaliy tuproq

Pestitsidlardan optimal meʼyorlarda va kerakli muddatda foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirish elementlaridan biridir.

  • Pestitsidlardan optimal meʼyorlarda va kerakli muddatda foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirish elementlaridan biridir.
  • Oʻsimlikshunoslikda oʻsimliklarning oʻsishi va hosilga kirishini boshqaruvchi moddalar — gibberellinlar, auksinlar, mutagenlar va boshqa, hamda defoliantlar, desikantlar qoʻllaniladi. Poliploidlar olish uchun mutagenlardan foydalaniladi.
  • Chorvachilikda turli mineral ozuqalar — fosforitlar, karbamid, premikslar, vitaminlar qoʻshilgan yemlardan foydalaniladi. Bunday qoʻshilmalar qishloq xoʻjaligi hayvonlarining toʻliq oʻsishi, oziqlanishi va mahsuldorligini taʼminlaydi. Ulardan toʻliq ratsionli aralash yem ishlab chiqarishda foydalaniladi.


Qishloq xoʻjaligiga azotli, fosforli va kaliyli mineral oʻgʻitlar, murakkab oʻgʻitlar yetkazib beriladi. Suyuq oʻgʻitlar, ayniqsa, azotli oʻgʻitlar hamda mikrooʻgʻitlar koʻplab ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda.
Bakterial oʻgʻitlar (azotobakterin, nitragin, entobakterin va boshqalar) dukkakli oʻsimliklar ildizida azot toʻplovchi tuganaklar hosil boʻlishiga va tuproqda azot toʻplovchi mikroorganizmlar koʻpayishiga yordam beradi.
Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy yoʻl bilan muhofaza qilish keng yoʻlga qoʻyilgan, bu maqsadda xlororganik birikmalar, fosfororganik birikmalar, oltingugurtning organik birikmalaridan foydalaniladi. Begona oʻtlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (gerbitsidlar), shuningdek, defoliantlar va desikantlar ishlab chiqarishda ham anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi.

GERBITSIDLAR (lot. herba – oʻt, oʻsimlik va caedo — oʻldiraman) — begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Q. x. da dala, bogʻ va tokzorlar, oʻtloqlardagi, yoʻl yoqalaridagi begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Gerbitsidlarning bir necha xil preparat koʻrinishlari mavjud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv bilan aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (paxton, kotoran, kotofor, prometrin, gezagard, atrazin, agelon va b.), suv bilan aralashib emulsiya hosil qiluvchi emulsiyalanuvchi konsentratlar (treflan, dual, banol va b.), toʻldirgich hamda taʼsir qiluvchi moddalardan tashkil topgan granula (donador preparat)lar (granulali dalapon va b.).

  • GERBITSIDLAR (lot. herba – oʻt, oʻsimlik va caedo — oʻldiraman) — begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Q. x. da dala, bogʻ va tokzorlar, oʻtloqlardagi, yoʻl yoqalaridagi begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Gerbitsidlarning bir necha xil preparat koʻrinishlari mavjud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv bilan aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (paxton, kotoran, kotofor, prometrin, gezagard, atrazin, agelon va b.), suv bilan aralashib emulsiya hosil qiluvchi emulsiyalanuvchi konsentratlar (treflan, dual, banol va b.), toʻldirgich hamda taʼsir qiluvchi moddalardan tashkil topgan granula (donador preparat)lar (granulali dalapon va b.).
  • Defoliantlar (de... va folium -barg) — hosilni yigʻib-terib olishni osonlashtirish maqsadlarida oʻsimliklar bargini toʻkish uchun qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar. Peapitsidlar guruhiga kiradi. D. oʻsimlik barglarini muddatidan oldin qarishi va toʻkilishini, sunʼiy xazonrezgilikni keltirib chiqaradi. Asosan gʻoʻza, urugʻlik lyupin barglarini toʻkishda ishlatiladi. Oʻzbekistonda D. sifatida kalsiy xlorat-xlorid (42% li suvli eritmasi), magniy xlorat (60% li suvda eriydigan kukun), "Sihat" preparati (natriy xlorat asosida), dropp va b.qoʻllaniladi. D. atrof muhitga sal-biy taʼsir koʻrsatmasligi uchun ulardan foydalanishda qatʼiy cheklashlar va maʼlum qoidalarga amal qilishni talab etadi 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling