Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги “Ўзбекистон темир йўллари” акциядорлик жамияти тошкент темир йўл муҳандислари институти “Ташишни ташкил этиш ва транспорт логистикаси” факультети “Темир йўл транспортида автоматика ва телемеханика”
Download 1.12 Mb.
|
4. i.ch. sanitariyasi va gigiyena
Ҳаво ҳарорати
Нисбий намлик Ҳаво ҳаракати тезлиги Иссиқлик нурланиши Қуёш радиацияси Микроиқлим кўрсаткичлари Ҳаво босими Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining ob-havo sharoitini havoning quyidagi ko‘rsatkichlari belgilaydi: 1. Havoning harorati, °C bilan o’lchanadi. 2. Havoning nisbiy namligi, % bilan aniqlanadi. 3. Havo bosimi, P mm sim.ust. yoki Pa bilan o’lchanadi. 4. Ish joylaridagi havo harakati, m/s bilan o’lchanadi. Bulardan tashqari, ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud, bular har xil mashina-mexanizmlar va ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari ham havo haroratini oshirishga olib keladi. Bu omillar ta’siridan hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish zonasidagi havo muhitini sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo'l bilan o'tishi mumkin: l.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi). 2.Tanani o'rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya). 3.Terining terlab, bug'lanishi va nafas olish yo'llari orqali suyuqliklarning bug'lanishi natijasida. Normal sharoitda, kuchsiz havo harakati bo'lgan holatda harakatsiz odam organizmi radiatsiya yo'li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%, konveksiya natijasida 30% va terlash orqali 25% yo'qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80% dan ortig'i, nafas olish a’zolari orqali 13% va taxminan 5% issiqlik, ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi. Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog’ligiga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini susayishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarаyoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish yo’llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi. Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo’lsa havo dim bo’ladi, 0,25 m/s dan ortiq bo’lsa еlvizak bo’ladi. Ma’lumki, ikkala holatda ham inson sog’ligi va ish qobiliyati yomonlashadi. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holati ko’rsatkichlarini aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi. Masalan, havoning harorati - termometrlar, termograflar, havoning harakatlanish tezligi - katatermometrlar va anemometrlar, havoning nisbiy namligi – psixrometr Аvgustа yoki Аssmаna, issiqlik nurlanishlari – aktinometrlar va havoning bosimi – barometr orqali o’lchanadi. Organizmdan chiqadigan terining miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda, tashqi muhit harorati 15 °C ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. Yuqori - haroratlarda esa (30 °C va undan yuqori), ayniqsa, og‘ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan, issiq sexlarda, og'ir ishlarni bajarish natijasida terlashni miqdori soatiga 1—1,5 litrga yetadi va bu miqdor terni bug'lanishi uchun 2500—3800 kJ (600—900 kkal) issiqlik sarflanadi. Shuni aytib o'tish kerakki, terlash yo'li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug‘langandagina amalga oshadi. Terni bug'lanishi esa havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining materialiga bog‘liq. Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo'l qo'yilishi Mumkin bo'lgan miqdorlar ko'rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga Moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va Issiqlik holatini saqlashini ta ’minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisidir. Bunda sog'liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nom o'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. Оrgаnizmning issiqlik аlmаshinuv jаrаyonigа hаvо nаmligi judа kаttа tа’sir qilаdi. Hаvо nаmligi uning suv bug’lаri bilаn to’yingаnlik dаrаjаsi bilаn hаrаktеrlаnаdi. Mа’lum bir hаvо tеmpеrаturаsi hаvоning nаmlik dаrаjаsigа bоg’liq hоldа оrgаnizm tоmоnidаn turlichа sеzilish mumkin. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling