Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги “Ўзбекистон темир йўллари” акциядорлик жамияти тошкент темир йўл муҳандислари институти “Ташишни ташкил этиш ва транспорт логистикаси” факультети “Темир йўл транспортида автоматика ва телемеханика”


Download 1.12 Mb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1301081
1   2   3   4
Bog'liq
4. i.ch. sanitariyasi va gigiyena

Kimyoviy omillarga - ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib chiqadigan turli xil kimiyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta'sir etish xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi, ko'payish funktsiyalariga ta'sir etuvchi; inson a'zolariga kirish yo'li orqali esa: nafas olish yo'li orqali ta'sir etuvchi, ovqatlanish va hazm qilish sistemasi orqali va bevosita teri orqali ta'sir etuvchi omillar.

Biologik omillarga esa har xil jarohatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro va makroorganizmlar: bakteriyalar, viruslar, zamburuglar, har xil zaharli o'simliklar va hayvonlar kiradi.

Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zuriqishlar misol bo'la oladi. Jismoniy zo'riqishlar statik, dinamik va gipodinamik holda bo'lishi mumkin. Asabiy zo'riqish esa kuchli aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko'rinishda bo'lishidan, kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo'ladi.


Mehnat gigiyenasi - mehnat sharoiti va tavsifini, ularni insonni sog’ligiga va funktsional holatiga ta’sirini o’rganadigan profilaktika fani.
U ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini (faktorlarini) ishchilarga xavfli va zararli ta’sirlari profilaktikasiga qaratilgan ilmiy asoslarni va amaliy tadbirlarni ishlab chiqadi.

Mehnat gigiyenasining sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang, shovqin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, havo harorati, namligi, havo harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻp-kamligi va boshqalar tushuniladi.

Mehnat gigiyenasining sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang, shovqin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, havo harorati, namligi, havo harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻp-kamligi va boshqalar tushuniladi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling