O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “TEXNOSFERA XAVFSIZLIGI” kafedrasi KAFEDRA TELEGRAM GURUHI https://t.me/hfx456 “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” (TRANSPORTDA) FANIDAN MA’RUZALAR MA’RUZACHI: t.f.n. (PhD), dotsent mail: AOT.p82017@gmail.com tel: +998 71 299 03 11 TOSHKENT
Ma’ruza mavzusi va mazmuni:
Transportda ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi
(Meteorologik va mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash)
Reja:
- Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.
- Texnosferada havo muhitining ko'rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta'siri
- Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me'yorlari.
Foydalaniladigan adabiyot: Qudratov A., G'aniev T. va boshqalar. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanidan
ma'ruza kursi. Toshkent. Aloqachi. 2005.
Kutubxonadagi shifri: 355-N 19
ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI deganda ishlab chiqarishning zararli omillarini (faktorlarini) ishchilarga ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy-texnik, sanitar - gigiyenik tadbirlar va vositalar tizimi tushuniladi.
Ish muhitining zararli omili - ishchiga ta’siri bo’lgan kasb kasalliklarini yoki sog’lig’ini boshqa buzilishlarini keltirib chiqarishi, avlodlari sog’ligiga ziyon-zahmat etkazishi mumkin bo’lgan ish muhitining omilidir.
Zararli va xavfli omillar 4 guruhga bo’linadi:
- Fizik omillar;
- Kimyoviy omillar;
- Biologik omillar;
- Psixofiziologik omillar
Sanab o’tilgan omillarning har biriga ta’rif berib o’tamiz: Fizikaviy omillarga harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning himoyalanmagan qo'zgaluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, infratovush, ul`tratovush, ionli va elektr magnitli nurlanishlar, statik elektr zaryadlari, ul`trabinafsha va infraqizil nurlar, yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik darajasining me'yordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |