- muammolarni aniqlash (diagnostika);
- qaror va loyihalar ishlab chiqish;
-qaror va loyihalarni amalga oshirish;
Sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda konsultatsiya xizmatlari ko'p yillardan buyon bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi sifatida qabul qilingan. Statistika tomonidan konsalting aloqida tarmoq sifatida tan olingan. AQShda bu tarmoqqa 700 mingga yaqin aholi xizmat qiladi, yillik ish hajmi esa deyarli 50 mlrd. dollari tashkil qiladi. Konsalting xizmati turli-tumandir. Konsultantlarning Yevropa ma'lumotnoma-koʻrsatkichida hozirgi paytda, 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan boʻlib, ular sakkiz guruhni tashkil qiladi: umumiy boshqaruy, ma'muriyatlashtirish,moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqarmasi, marketing, Ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, ixtisoslashgan xizmatlar.
Eng oddiy va keng qo'llaniladigani reklamadir. Firma turli reklama ma'lumotlarini tarqatadi, reklama e'lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish sohasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. Vositachilar firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo'lishi mumkin. G'arb mamlakatlarida bunday vositachilami topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag'lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o'rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir.
Adabiyotlar
1.С.Н.Усмонов, Ю.Т.Додобоев, А.Худайбердиев. “Тадбиркорлик асослари”.
2.С.Ғуломов.“Тадбиркорлик ва кичик бизнес".
3.Э.Эгамбердиев, Ж.Хўжақулов."Кичик бизнес ва тадбиркорлик".
Do'stlaringiz bilan baham: |