Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 114 vorisi Kserks esa harbiy san‘at ustasi bo‗lganligi bilan ahamoniy shohlaridan ajralib turadi. Mamlakatning ijtimoiy ahvoli haqida to‗xtaladigan bo‗lsak, mil.avv VI asr oxiridan bu davlatda yashagan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Urug‗ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangi paydo bo‗lgan urug‗ aslzodalari serunum yerlarni egallab oladilar, qo‗l mehnati hamda erkin jamoa a‘zolari zulm qilinish yo‗li bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatda tabaqalanish kuchaydi. Bu sulola vakillari qo‗shni qabilalarni o‗ziga qaram qilib, aholisini qul qilib sotishni avj oldiradi. Quldorlikning asosiy manbai urush bo‗lib qoladi. Mamlakatni Doro I 20 ta satrapliklarga bo‗lgan bo‗lib, imperiyada har xil xalqlar istiqomat qilgan. Bular orasida kaspiylar, forslar, baqtiriyaliklar, so‗g‗diylar va boshqa xalqlar yashab kelganlar. Har bir xalqning o‗ziga xos tomoni, o‗ziga xos yashash tarzi va urf-odati bo‗lgan. Mamlakatning iqtisodiy hayotida shu narsa ko‗zga tashlanadiki, o‗sha 20 ta satrapliklarning har qaysi talant o‗lchov birligida davlatga soliq to‗lagan. Doro I davrida soliq miqdori odatda, kumush talantda belgilangan. Bir talant 34 g oltinga teng edi. Satrapliklardan soliq olishning yagona tizimi ishlab chiqildi. O‗rta Osiyo 3 ta satraplikka bo‗lingan. Baqtriya va Marg‗iyona 12-satraplikni tashkil etib, shoh xazinasiga 360 talant miqdorida soliq to‗lagan. Parfiya, Xorazm, Sug‗d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va shoh xazinasiga 300 talant miqdorida soliq to‗lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplikni tashkil etib, shoh xazinasiga 250 talant miqdorida soliq to‗lagan. Bundan tashqari, soliq hunarmandlar hunarmandchilik buyumlari bilan, chorvadorlar chorva mahsulotlari bilan, dehqonlar hosilni natural tarzda to‗langani manbalarda qayd etilgan. Imperiyaning davlat dini zardushtiylik bo‗lgan. Markaziy va sharqiy qismida zardushtiylik, g‗arbiy qismida esa yunon xudolariga sig‗inishgan, sharqida hinduilik va buddaviylik dini ham mavjud bo‗lgan. Mamlakat cheklanmagan monarxiya shaklida bo‗lib, shoh cheklanmagan huquqlarga ega bo‗lgan. Mamlakatni ―shahanshoh‖ unvoniga ega bo‗lgan shohlar boshqargan. Mamlakat satrapliklarga, ya‘ni viloyatlarga bo‗lingan. Satraplik tepasida hokim – satrap turgan. U cheklanmagan hokimlikka ega bo‗lib, uning qo‗lida harbiy va fuqarolik hokimiyati jamlangan. Satrap o‗z viloyati doirasida sudyalik va xalqdan har xil soliqlarni undirib olish, o‗z nomidan kumush va mis tangalar zarb etish huquqiga ega edi. Odatda satraplik tepasida faqat ahamoniylar oilasiga mansub forslar turgan. Satraplar faoliyatini doimo nazorat etib turish uchun maxsus amaldor- ayg‗oqchilar – noib tayinlangan. Saroyda ilm-u fan muhiti yaratilgan, Ktesiy va Ksenofon singari tarixchilar bo‗lgan. Suza va Persopol shaharlarida naqshli Doro I va Kserksning 100 ustunli naqshli saroyidagi bezaklar davlatning moddiy madaniyat yuksalganidan dalolat beradi. Bunda afsonaviy qushlar hamda har xil hayvonlar, podsho va amaldorlarning qabul qilish marosimlari bo‗rtma rasmlarda tasvirlanishi buning isbotidir. Doro I ning Behustun bitiklarida quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma‘lumot uchraydi. Mil.avv 523-522-yillari ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata (522-yil sentabrda vafot etgan), Marg‗iyonada mil.avv 522-yil qo‗zg‗olon ko‗targan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling