Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 111 qizi, Abulfayz Allomiy – Akbarshoh davrida ijod qilgan tarixchi olim, Nur Jahon Begim – Jahongirning xotini, davlat ishlarida faol ishtirok etgan. Boburiylar davlati dastlab g‗arbda Eron Safaviylari davlati bilan diplomatik aloqalarini o‗rnatgan. Har ikki davlatning asoschisi bo‗lgan Bobur va Ismoil Safaviy o‗rtasidagi munosabatlar 1508-yilda o‗rnatilgan edi. Keyinchalik Bobur 1511-yil Samarqand taxtini egallaganida ham Ismoilning harbiy siyosiy ko‗magi nihoyatda katta bo‗lgan. Boburning o‗g‗li Humoyun ham Eron bilan aloqalarni yaxshilagan. 1540-yil Sherxon Surdan mag‗lub bo‗lgach, u Eronga shoh Taxmasp huzuriga panoh topgan va 1555-yil Eron davlati ko‗magida Hindiston davlatini qayta egallaydi. Akbarshoh davrida Movaraunnahr, ya‘ni Shayboniylar davlati bilan diplomatik munosabatlar o‗rnatilgan. Shayboniy Abdullaxon II boburiylar hukmdori Akbarshoh huzuriga 4 marta (1572, 1577, 1585, 1588-yillar) elchi yuborgan. Birinchi elchilikda savdo aloqalari yo‗lga qo‗yilgan. Ikkinchi elchilikda Abdullaxon II Akbarshohga Eronni o‗zaro taqsimlab olish takliflarini aytgan. Uchinchi elchilikda Abdullaxon Badaxshonni shayboniylar tomonidan bosib olinish maqsadlarini tushuntirish bo‗lsa, to‗rtinchisi o‗g‗li Abdulmo‗minning Akbarshohga nisbatan hurmatsizlik qilganligi uchun uzr so‗ragan. Abdullaxon II Akbarshoh saroyiga bir qancha miniaturachi rassomlar, xususan Muhammad Murod Samarqandiyni,1585-yil o‗z elchilari bilan birga shoir Mushviqiyni ham yuborgan. Akbarshohning o‗g‗li Jahongirshoh va Buxoro xoni Imomqulixon davrida ikki davlat o‗rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin Jahongirshohning o‗g‗li Shoh Jahon davrida Hindiston-Buxoro munosabatlari yomonlashadi. Avrangzeb bilan Abulfayzxon hamda Subhonqulxon o‗rtasidagi elchilik aloqalari davom etgan. 1747-yil Afg‗oniston davlati tashkil topgach, boburiylardan Ahmadshoh va Olamgir II lar Afg‗oniston bilan diplomatik munosabatlarni yo‗lga qo‗ygan. Olamgir II janubdan kirib kelgan ingliz va Portugal kompaniyalari bilan ham savdo aloqalarini o‗rnatgan. Manbalarda yozilishicha, boburiylar davlati harbiy holatida qurolli kuchlar asosan besh toifaga bo‗lingan. Ular suvoriylar, jangchi fillar kavaleriyasi, piyoda askarlar to‗pchi va o‗qchilar guruhidir. Shuningdek, ularda uncha ko‗p bo‗lmasada harbiy dengiz va daryo floti qo‗shini bo‗lgan. Suvoriylar qo‗shini quyidagi guruhlarga bo‗lingan: ―Ahadu‖ navkarlari - eng oliy toifadagi askarlar bo‗lib, faqat poshoh farmonlariga bo‗ysungan. Oddiy askarga 12-15 rupiy haq to‗lansa, ahadu navkarlariga 500 rupiy haq to‗langan. ―Barvardu‖ navkarlari – mamlakatning ichki politsiyasi vazifasini bajargan. ―Ko‗maki‖ navkarlari – zaxira qo‗shini bo‗lgan. ―Dohili‖ navkarlari – asosiy harakatdagi qo‗shin bo‗lgan. Jahongir va Shoh Jahon hukmronligi davrida qo‗shin soni 300 mingni tashkil qilgan. Akbar hukmronligi davrida jangovor fillarning soni 50 mingga yetgan. Bengaliya viloyatida maxsus jangchi fillar kavaleriyasi saqlangan. Boburiylar davlatida harbiy unvonlarning eng yuqorisi ―xoni- xonon‖ deb yuritilgan. Bundan tashqari ―mansabdor‖, ―amir‖, ―amiri a‘zam‖, ―xoni jahon‖ harbiy unvonlari bo‗lgan. Davlat hukmdorlari tarixda yorqin iz qoldirganlarining islohotlari va amalga oshirgan ishlari haqida manbalarda ko‗plab ma‘lumotlar uchraydi. Bobur Hindistonda musulmonlardan olinadigan ―tamg‗a‖ solig‗ini bekor qildi. Ayodhiya viloyatida va boshqa joylarda masjidlar qurdiradi. U mamlakatni markazlashtirib, o‗ziga ―podshoh‖ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling