Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 109 Buni otasi tirikligi paytida unga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tarilganligidan ko‗rish mumkin. Sulolaning 6-chi humdori Avrangzeb (taxt bezagi) arab, fors, turkiy va hind tillarini yaxshi bilgan, arab alifbosining ―shikasta‖ va ―nasta‘liq‖ usullaridan yozishda mohir qattot bo‗lgan. U qurol ishlatishni va jang olib borish san‘atini yaxshi egallagan. Avrangzeb Olamgir nihoyatda takabbur bo‗lgan va biroz mutaasiblikka ham yo‗l qo‗ygan. Iste‘mol qiladigan taomlari ham, kiyadigan liboslari ham juda sodda, ortiqcha hasham va zeb-ziynatlardan xoli bo‗lgan. Manbalarda yozilishicha, u umrida biror marta ham sarhush qiladigan ichimlik ichmagan. Uning xotinlari bir vaqtning o‗zida to‗rttadan oshmagan. Boburiylar davlati iqtisodiy hayoti Movaraunnahrdagi kabi edi. Boburiylar xazinasining boyish manbalari savdo solig‗i, saltanatda zarb qilingan pullar, musodara qilingan egasiz mollar, tuz solig‗i, davlat ixtiyoriga keladigan yillik o‗lpon to‗lovlari, urushlardan olingan o‗ljalarning beshdan bir qismi, sovg‗alar hamda yer soliqlaridan iborat edi. Mahalliy soliqlar ―ahbob‖ deb atalgan. Bobur davrida barcha yerlar jogir sifatida bo‗lib berilgan. Akbar yer soliq tizimini ancha takomillashtirdi. 1580-yildan boshlab yer o‗lchovi qilib ―Gazi Iskandari‖, keyinchalik ―Gazi Ilohiy‖ qabul qilingan. Bobur va Humoyun o‗zlarining nomi bilan suratli tanga zarb qildirgan. Akbar davrida esa pul muomalasi ancha takomillashdi. U tilla, kumush va misdan tanga pullar zarb ettirdi. Jami 26 xil tanga pullar zarb qilingan. Kumush tangalar ―rupiy‖ deb, mis tangalar ―dom‖ (paysa) deb atalar va u rupiyning 1/40 qismiga teng edi. Eng kichik mis tanga esa ―jital‖ deb atalib, paysaning 1/25 qismiga teng edi. Boburiylar iqtisodiy hayotida pul muomalasi ancha rivojlangan edi. Boburiylar davlatining ijtimoiy hayoti Movarounnahrniki bilan o‗xshash bo‗lsa- da, jamiyatning poydevori hind jamoalari asosida qurilgan edi. Davlatda eng ko‗p aholini hindlar tashkil qilsa-da, afg‗onlar, turklar, forslar, o‗zbeklar ham mamlakatdagi nufuzli xalq vakillaridan sanalgan. Hind qabilalari diniy jamoalarga bo‗lingan va ularni diniy rahnamolar boshqargan. Boburiylar davlatida asosiy din islom edi. Islom hindlarga boburiylardan ham oldin kirib kelgan. Naqshbandiya tariqati Bobur davrida keng yoyildi. Humoyun ham naqshbandiya tariqatini qo‗llab-quvvatlagan. Akbar davrida bu harakat vakillari o‗z mavqelarini tiklagan. U e‘tiqod erkinligi joriy qilgan, 1564-yilda ―jizya‖ solig‗ini bekor qilgan. Mamlakatda islom bilan bir vaqtda nasroniylik, hinduizm va buddaviylik dinlari vakillari ko‗pchilikni tashkil qilgan. Avrangzeb davrida jaholatparastlik avj oldi, islom dinida bo‗lmaganlar ta‘qib ostiga olindi, ―Navro‗z‖ bayrami taqiqlandi, raqqosa va sozandlar saroydan badarg‗a qilindi. XVIII asr o‗rtalarida janubiy-g‗arbiy Hindistonga yevropaliklar kirib kelishi bilan xristianlik mazhablari ham paydo bo‗ldi. Davlatning boshqaruvi haqida to‗xtaladigan bo‗lsak, Boburiylar davlatining ma‘muriy idora tuzilishi o‗z tabiatiga ko‗ra Amir Temur davlatida mavjud bo‗lganidek, harbiy hokimiyat bo‗lib, mamlakat markazlashgan yakka hukmdorlik tamoyili asosida podshoh tomonidan boshqarilgan. Podshoh hokimiyati mutloq bo‗lib, qonun chiqarish ham ham, bosh harbiy sarkardalik ham shoh shaxsiyatiga mujassam bo‗lgan. Davlatda bir qancha yuqori mansablar bo‗lib, ular quyidagilarni tashkil etardi: Vakil - podshoh nomidan ish ko‗rish vakolatiga ega bo‗lgan bosh vazirdir. Bu lavozim faqatgina Akbar taxtga chiqqan paytda mavjud bo‗lib, u 14 yoshda taxtga chiqqanida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling