Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 105 Mamlakatda chorvachilik va yilqichilik rivojlanganligi bois mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, har xil matolar, egar-jabduqlar, charm va charm mahsulotlari, chodirlar, chakmonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilgan. G‗aznaviy hukmdorlari qo‗shni davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‗lga qo‗yganlar. Xususan, Sobuqtegin 996-yil Movarounnahrga bostirib kirgan qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o‗rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‗liga o‗tadi. Sobuqtegin esa Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmdor bo‗lib oladi. Uning o‗g‗li Mahmud G‗aznaviy G‗arbiy Qoraxoniylar davlati (poytaxti Samarqand) va Sharqiy Qoraxoniylar (poytaxti Bolasog‗un) hukmdorlari o‗rtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan foydalangan. 1025-yil Mahmud Sharqiy Qoraxoniylar tamg‗achxoni Qodir bilan Samarqand yaqinida uchrashgan. Ana shu uchrashuvda Mahmud G‗aznaviy Qodirxonning siyosiy diplomatiyada savodsizligi, qo‗polligini ko‗rgach, uni o‗zining muomalasi, mehmondo‗stligi, boyligi va zeb-ziynatlari bilan lol qoldirmoqchi bo‗lgan. U bezatilgan chodir tayyorlatib, uni hayratomuz yasattirgan, qimmatbaho sovg‗alar bilan bezagan. Ziyofatni haddan ortiq darajada quyuq qilgan. O‗z qarorgohiga qaytgan Qodirxon Mahmud oldida uyalmaslik uchun g‗aznaviy sultonga katta miqdorda pul, oltin bilan bezatilgan egar-jabduq, yuganli dul-dul otlar, oltin belbog‗li turk g‗ulomlari, turli mo‗ynalar va boshqa turdagi boyliklarni yuborgan. Bu Mahmudning diplomatik g‗alabasi edi. Mahmudning tashabbusi bilan ikki qoraxoniy davlat o‗rtasida ziddiyat kelib chiqqan va undan sulton unumli foydalangan. Mahmud Xorazm hukmdori Ali ibn Ma‘mun va uning ukasi Ma‘mun ibn Ma‘munlarga o‗z singillarini bergan va nikoh orqali diplomatik aloqalar mustahkamlangan. Keyinchalik (1017), Alitegin ismli lashkarboshining ma‘muniylarga bosh ko‗tarib, ularni taxtdan ag‗darishi Mahmudning Xorazmga yurish boshlashiga bahona bo‗lgan. U arab xalifasi Qodir bilan ham tinchlik va do‗stlik aloqalarini o‗rnatgan. Ayrim hind rojalariga sovg‗a-salomlar berib, ularni o‗ziga bo‗ysundirgan. Uning o‗g‗li Mas‘ud davrida qo‗shni davlatlar bilan, xususan, saljuqiylar bilan urush kelib chiqadi va Dandanakon degan joyda (1040) g‗aznaviy sultoni saljuqiylardan mag‗lubiyatga uchraydi. Shunday bo‗lsa-da, barcha g‗aznaviy hukmdorlari Arab xalifaligi bilan elchilik aloqalarini yo‗lga qo‗ygan. G‗aznaviylar davlatining boshqaruv shakli cheklanmagan monarxiya bo‗lib, u diktaturaga asoslangan edi. Davlat tuzilishi azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo‗lsa-da, biroq u o‗ziga xos mustamlakachilik xususiyatiga ega edi. Davlat boshlig‗i sulton deb yuritilgan. Bosh vazir tizimida harbiy, elchilik, rasmiy tadbirlar, moliya, qozilik ishlari va xabar-pochta devonlari faoliyat ko‗rsatgan. Viloyat hokimlari voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shahrlarda qutvol tomonidan amalga oshirilgan. Davlatning harbiy holati esa ancha shakllangan edi. Davlat qudratli qo‗shinga ega bo‗lgan. Qo‗shinning bosh qo‗mondoni – sipohsolor, lashkarboshilar – solor, harbiy qismlar esa sarxang deb atalgan. Manbalarda yozilishicha, Mahmud G‗aznaviyning 300 mingga yaqin otliq va piyoda lashkari bo‗lgan. Bundan tashqari, qo‗shin tarkibida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti), 500 ta harbiy fillar bo‗lgan. Harbiy qo‗shin kamon, nayza, qilich, gurzi va boshqa qurollar bilan qurollangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling