olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz
102
Madrasa (arab.) – musulmon diniga mansub oliy maktab.
Masjid (arab.) – musulmoncha diniy inshoot.
Mehrob – masjid ichida uning qibla tomonidagi taxmonga o‗xshash joy, namoz shu
tomonga qarab o‗qilgan.
Muazzin – azon aytib, namozga chaqiruvchi.
Palata – ko‗p xonalardan iborat bo‗lgan toshli turar-joy binosi.
Pandus (fr.) – yengil qiyalashtirilgan zinani almashtiruvchi sirt.
Panno (fr.) – devor, eshik yoki shift sirtining ramkaga olingan va odatda, badiiy tus
berilgan bir bo‗lagi.
Parus – to‗rtburchakli asosdan gumbazli yopmaga o‗tishni ta‘minlaydigan
konstruksiya; ular konstruksiyasi bilan farq qiladi: to‗sin-kansolli (balkali, zina-
teshikli, kansolli, stalaktitli-dekorativ); arka-gumbazli (voronkasimon, voronkasimon
zinapoyali, konxovli, gumbazli, arkali, zinapoyali-arkali, arkali-gumbazli, to‗rli).
Peshtoq – masjid, madrasa yoki karvonsaroyga kirish eshigi – darvozaxona
joylashgan, baland arkasimon portal.
Pillapoya – tagkursi, zinapoya.
Portal (lot.) – jamoat binosi, saroy, masjid va shunga o‗xshash binolarning
me‘moriy bezatilgan darvozaxonasi.
Poygumbaz – gumbazning ostki, ichkari qismi.
Prizma – ikki teng parallel asosda, yon tomonlari parallelogrammdan iborat
bo‗lgan ko‗p yoqlik.
Rabot – shahar tevaragi, shaharning hunarmandchilik qismi.
Ravoq – binoning old tomonidagi peshtoq va ustunlar bilan bezatilgan ko‗rkam
qismi.
Tim – savdo inshooti.
Fasad (fr.) – bino yoki uning qismini tashqi ko‗rinishi.
Xonaqoh – darveshlar uchun qo‗nalg‗a bo‗lib xizmat qiladigan katta xonasi mavjud
masjid binosi.
Xavzak – tekis shiftda mehrobdor naqsh bilan to‗ldirilgan bezakli chuqurlik.
Sahn – binoning yuzi, maydoni.
Shatyor – to‗rt yoki sakkiz qirrali piramida shaklidagi baland yopma.
Sharafa – shift bilan devorni tutashtirib turuvchi mehrob.
Do'stlaringiz bilan baham: |