Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
104 
mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‗ldan chiqa boshlagan. Sulolani keyingi 
vakillarining shaxsiy fazilatlari haqidagi ma‘lumotlar manbalarda nihoyatda kam 
uchraydi.
G‗aznaviylar davlatining ijtimoiy ahvoli Somoniylar davlatidagi singari bo‗lgan. 
Aholining asosiy qismini turkiy va forsiy tilda so‗zlashuvchi aholi tashkil qilgan. 
Davlat bosharuvida bir necha devonlar bo‗lib, shulardan muhtasib devoni, vaqflar 
devoni, qozilik ishlari devoni ijtimoiy masalalar bilan shug‗ullangan. Masalan, 
muhtasib devoni xizmatchilari zimmasiga shahar va qishloqlarda, ko‗cha va 
bozorlarda tartibni himoya qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chegaradan 
chiqmaslik kabi ishlar yuklangan. Vaqflar devoni vaqf xo‗jaligining yuritilishi ustidan 
nazorat qilgan bo‗lsa, qozilik ishlari devoni mamlakat miqyosidagi sud – shariat 
ishlarining adolatli olib borilishi ustidan nazorat qilgan.
G‗aznaviylar davlati aholisining asosiy qismi islom diniga e‘tiqod qilgan. 
Ayniqsa, mamlakatning markaziy o‗lkalari, ya‘ni G‗azna, Balx, Nishopur, Lohur va 
boshqa shaharlarda aholi e‘tiqodi uchun ko‗plab masjidlar, xonaqohlar bunyod etilgan 
edi. Mamlakatning sharqiy hududlari (Shimoliy-g‗arbiy Hindiston)da yashovchi 
aholining ko‗pchilik qismi buddaviylik diniga e‘tiqod qilar edi. G‗aznaviy 
hukmdorlari o‗zlarini islom dini homiylari deb hisoblaganlar. Xususan, Sobuqtegin 
qoraxoniylarga qarshi kurashda somoniy amirlarga bergan ko‗magi uchun ―Nosir ud-
din ud-davla‖ (din va davlat homiysi), o‗g‗li Mahmud esa ―Sayf ud-din‖ (din 
shamshiri) degan unvonlarga ega bo‗lgan. Arab xalifasi Qodir Mahmudni islom dini 
homiysi ekanini e‘tirof etib, ―Yamin ud-davla va amin al-milla‖ (davlatning o‗ng qo‗li 
va dindorlik jamoasining ishonchli vakili) unvonini bergan.
G‗aznaviylar davlatining iqtisodiy hayoti O‗rta Osiyoning boshqa davlatlaridan 
deyarli farq qilmagan. Davlatda iqtisodiy masalalarni boshqarish Moliya ishlari devoni 
zimmasida bo‗lgan. Davlatning asosiy daromad manbai dehqonchilik, chorvachilik
hunarmandchilik va savdo-sotiq bo‗lgan. Yerning asosiy qismi davlat yeri (mulki 
sultoniy) bo‗lgan. Bundan tashqari, yirik harbiy sarkardalar va sayyidlarga tegishli 
―mulki xos‖, davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilinadigan ―mulk yerlari‖ 
(iqto‗) hamda diniy muassasalar – masjid, madrasa, xonaqoh, qabristonlar ta‘minoti 
uchun ―vaqf‖ yerlari mavjud bo‗lgan. Davlatda xiroj, ushr, jiz‘ya, zakot singari 
soliqlar bo‗lgan. Davlat soliqlari yer egasidan ham, yerda ishlovchi qo‗shchi 
dehqondan ham alohida-alohida olinar edi. G‗aznaviylar davrida Markaziy Osiyoda 
―Buyuk ipak yo‗li‖ orqali karvon savdosi katta ahamiyat kasb etgan. Karvon savdosi 
Markaziy Osiyo orqali Janubiy-sharqiy Yevropa mamlakatlarini Xitoy, Hindiston 
bilan bog‗lab turar edi. Xitoy va Hindiston bilan bog‗laydigan yo‗l eng gavjum va 
serqatnov karvon yo‗li bo‗lgan. Bu yo‗l Bag‗doddan boshlanib, Hamadon, Nishopur, 
Marv, Niso, G‗azna, Lohur orqali Hindistonga borar edi.
Davlatda ishlab chiqarish munosabatlari ancha rivojlangan edi. G‗aznaviylar 
davlati hududi asosan qishloq xo‗jaligi mamlakati bo‗lganligidan hatto hunarmandlar 
ham bu soha bilan shug‗ullanar edilar. G‗azna, Multon, Qandahor, Bust, Panjob 
vohalarida bug‗doy, arpa, sholi, tariq, g‗o‗za va boshqa ekinlar ekib dehqonchilik 
qilingan. Bundan tashqari, beda, zig‗ir, kanop ekish ham aholi dehqonchiligida 
qo‗llanilgan. Zig‗ir va kanopdan olingan yog‗lar o‗sha davrda katta shuhrat topgan.



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling