Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 107 imperiyaning markaziy shaharlarida masjidlar, madrasalar bino qilindi. Jahon ilm- faniga katta hissa qo‗shgan, Sharq va G‗arb mamlakatlari o‗quv yurtlarida foydalanilayotgan va tadqiqot ishlari olib borilayotgan shoh asarlar – ―Hindiston‖, ―Menerologiya‖, ―Osorul boqiya‖ (Beruniy), ―Shohnoma‖ asarlari G‗aznada yaratilgan edi. Mahmud G‗aznaviy Xorazmni zabt etgach, Ma‘mun akademiyasining aksariyat olimlari G‗aznaga ko‗chirildi va ma‘lum ma‘noda bu akademiyaning faoliyati shu yerda davom ettirildi. G‗aznaviylar davlati esa turkiy imperiya sifatida Markazi Osiyo davlatchiligi tarixida alohida ahamiyat kasb etadi. Qo‗llanilgan tarixiy atamalar: Qo‗llanilgan tarixiy sanalar: Hojib, hojib ul – buzruk, devon, muhtasib, vaqf, qozilik, shariat, xonaqoh Nosir ud-din ud- davla, Shams ud-din, Yamin ud-davla va amin al-milla, mulki sultoniy, sayyid, mulki xos, mulk yerlari, iqto‗, xiroj, ushr, jiz‘ya, zakot, Buyuk ipak yo‗li, tamg‗achxon, lashkarboshi, xalifa, roja, diktatura, mustamlakachilik, sulton, voliy, rais, amid, qutvol sipohsolor, solor, sarxang, flot, gurzi, nazm, masnaviy, sivilizatsiya, imperiya, akademiya. X asr, 962-963-yillar, 962-1186- yillar, 962-963, 977-997, 997-998, 998-1030, 1030, 1030-1041, 1041, 1041-1048, 1049-1051, 1051- 1099, 1099-1115, 1117-1153, 1153-1160, 1160-1186-yillar, 996- yil, 1025-yil, 1017-yil, 1040-yil, 1025-yil. Boburiylar davlati Boburiylar davlati 1526-1858 yillarda, ya‘ni 332 yil yashagan. Boburiylar davlatining hududi Bobur davrida Afg‗onistonning sharqiy viloyatlari, hozirgi Pokiston va shimoli-g‗arbiy Hindistondan iborat bo‗lgan. Uning vorislari zamonida davlat hududi Hindiston yarim orolining to‗liq bo‗ysundirilishi evaziga Hind okeanigacha bo‗lgan yerlar hisobiga kengaydi. Boburiylar saltanati shimolda Himolay tog‗lari bilan, g‗arbda Shayboniylar va Eron safaviylari davlati bilan, janub va janubiy-g‗arbda Arabiston dengizi bilan, janubiy-sharqda esa Hind okeani bilan chegaradosh bo‗lgan. Bu davlatning poytaxti Agra shahri bo‗lgan. Ushbu davlatning asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bobur Mirzo barcha temuriyzodalar kabi bobosi Amir Temur davlatini tiklash orzusida bo‗lgan. Lekin Movaraunnahrdagi siyosiy vaziyat bunga yo‗l qo‗ymadi. Sababi bu davrda Shayboniylar va Safaviylar, shuningdek, Bobur o‗rtasidagi vaziyat ancha murakkab bo‗lib, Bobur Mirzo Movaraunnahrdan chiqib ketishga majbur bo‗lgan va Afg‗onistonda o‗z davlatiga asos solgan. Bobur Mirzo Qobul hukmdori bo‗lib, Dehkat qishlog‗ida turgan paytda bir kampirdan Amir Temurning Hindistonga yurishi haqidagi hikoyasini tinglab, bobosi kabi Hind yurtini bosib olishga kirishadi. Bu vaqtga kelib Hindistonda ham siyosiy vaziyat ancha murakkab edi. Bu vaqtda Hindiston mayda-mayda knyazliklarga bo‗linib ketgan edi. Ibrohim Lo‗diy Dehli va Agra sultoni edi, lekin u Shimoliy Hindistonda to‗la hukmronlik qila olmasdi. Bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling