Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 108 payda Ibrohim Lo‗diyga ham o‗z qarindoshlari tomonidan taxt da‘vosi bor edi. Beharlik amakisi Olamxon Lo‗diy Dehli taxtiga da‘vogarlik qilar edi. Panjob hokimi Davlatxon Lo‗diy esa o‗zi mustaqil siyosatni yurgizar edi. Bu paytda Mirzo Boburga Olamxon va Davlatxon Lo‗diylar yordam berdilar. Rona Sanga Singx ham Ibrohim Lo‗diyga qarshi yurishda o‗z yordamini taklif qilgan. Bunday siyosiy vaziyatdan Bobur Mirzo mohirlik bilan foydalandi va Boburiylar davlatiga asos soldi. Davlatni Boburiylar sulolasidan bo‗lgan hukmdorlar boshqargan. Ularning soni 17 ta bo‗lgan. Bular: Zahiriddin Muhammad Bobur (1526-1530), Humoyun (1530- 1556), Akbarshoh (1556-1605), Jahongir (1605-1628), Shoh Jahon (1628-1658), Avrangzeb Olamgir (1658-1707), Bahodirshoh I (1707-1712), Jahondorshoh (1712- 1713), Farruh Siyar (1713-1719), Muhammadshoh (1719-1748), Ahmadshoh (1748- 1754), Olamgir II (1754-1760), Shoh Olam I (1760-1788), Bedorbaht (1788), Shoh Olamgir II (1788-1806), Akbar II (1806-1837), Bahodirshoh II (1837-1858) edilar. Hukmdorlarning shaxsiy fazilatlariga to‗xtaladigan bo‗lsak, Mirzo Muhammad Haydarning ―Tarixi Rashidiy‖ asarida yozilishicha, Bobur behisob olijanob hislatlarga ega bo‗lgan, uning mardligi va saxovatpeshaligi hamma hislatlaridan ustun bo‗lgan. U jismonan baquvvat bo‗lib, qal‘a devorlari ustida ikki kishini qo‗ltiqlab, to‗siqlardan bemalol suzib o‗tib, 80 milcha masofani dam olmay bir kunda otda bosib o‗tardi. Bobur olim shoh bo‗lgan. U turkiy tilni mukammal bilishdan tashqari, arab va fors tillarini ham yaxshi egallagan. Turkiy nasrda asar yaratish borasida uning zamondoshlaridan birortasi unga teng kela olmagan. ―Boburnoma‖ deb atalgan uning xotiralar to‗plami dunyoda yaratilgan avtobiografik asarlar ichida eng yaxshisi hisoblanadi. Uning musiqa sohasidagi qobiliyati ham yuqori bo‗lib, u ixtiro qilgan ―G‗ijjagi Boburiy‖, ―Xatti Boburiy‖lar bunga misol bo‗la oladi. U ―Devon‖ yaratgan bo‗lib, turkiy she‘riyatda Alisher Navoiydan keyin ikkinchi o‗rinda turadi. Hind tarixchisi S.R.Sharma uni ―ajoyib chavandoz, mohir mergan, chaqqon qilichboz va tolmas ovchi‖ deb ta‘riflaydi. Sulolaning 2-chi hukmdori Humoyun bolaligidanoq turk, arab va fors tillarini yaxshi o‗rgangan va bu tillarda bemalol yoza olgan. Diniy e‘tiqodiga ko‗ra musulmon bo‗lsa-da, e‘tiqodida diniy fanatizm sezilmas edi. Otasi sunniy, onasi shia mazhabidaligi uchunmi, diniy mazhablarga befarq qarar edi. Humoyun jismonan qaddi-qomati kelishgan, baquvvat va og‗ir mehnatga chidamli bo‗lgan. Xumoyun 1556-yilda saroy kutubxonasidan yiqilib, fojiali o‗lim topgan. Sulolaning 3-chi humdori Akbar tolerant (bag‗rikeng) shaxs bo‗lgan. Hindistonda e‘tiqod erkinligi yaratganligi uchun unga ―Imomi Odil‖ unvoni berilgan. Abulfazlning ―Akbarnoma‖ asarida keltirilishicha, Akbarshohning bo‗yi o‗rtabo‗ydan sal yuqoriroq, yuzi bug‗doyrang, qo‗sh-ko‗zi qora arslon kelbatli kishi bo‗lgan. Burnining chap yonida no‗xatning yarmicha keladigan xoli bo‗lgan. Sulolaning 4-chi hukmdori, asli ismi Salim bo‗lgan Jahongirshohni otasi ancha ulg‗ayganda o‗g‗illi bo‗lganligi uchun erkalatib ―Shayx Bobo‖ deb ham atar edi. U insofli va xudojo‗y inson bo‗lgan. Sulolaning 5-chi humdori asli ismi Hurram bo‗lgan Shoh Jahonning shaxsiga kelsak, tarixchilar uni madaniyatli, bilimdon, qat‘iy irodali inson va odil shoh, adabiyot san‘atining zukko bilimdoni deb ta‘riflaydilar. U san‘at ixlosmandi edi, juda yaxshi hofiz bo‗lgan, musiqa, tasviriy va me‘morchilik san‘atini sevgan. Shu bilan birga, uning hayotida johillik va shafqatsizlik namoyon qilingan ko‗rinishlar ham bo‗lgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling