Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 110 badaxshonlik amir Bayramxon unga otaliq – vakil etib tayinlangan. Devonbegi – bosh vazir hisoblanib, moliya ishlarida ham unga to‗ridan-to‗g‗ri bo‗ysungan. Mir Baxish – saltanat xazinasidan sarf qilingan barcha xarajatlarni hisob-kitob qilib borgan. Xoni– Zamon – mamlakatdagi bosh ish boshqaruvchi hisoblangan. Sadr us-sudur – saltanatdagi diniy masalalar bo‗yicha bosh sardor hisoblangan. Bundan tashqari quyidagi mansablar mavjud bo‗lgan: Mir Baxri – soliq ishlarini rasmiylashtiruvchi kotib; Axtabegi – otxonalar va otlarning saqlanishi uchun mas‘ul shaxs; Mushrif – kemachilik bo‗yicha bosh admiral, port boshlig‗i; Mustavfi – taftish hay‘ati boshlig‗i va boshqalar. Mamlakat viloyatlarga bo‗lib boshqarilgan. Humoyun davrida viloyatlar soni 12 ta bo‗lib, Akbar hukmronligi davrida 15 ta, Shoh Jahon davrida 22 tagacha yetdi. Boburiylar saltanatining boshqaruv tuzulish shakliga ko‗ra, cheklanmagan monarxiya shaklida bo‗lgan. Boburiylar saltanatida madaniy hayot yuksak rivojlangan. Davlatda ta‘lim musulmon bolalari uchun maktab va madrasalarda – qizlar alohida, o‗g‗il bolalar alohida olib borilgan. Bolalar besh yoshida maktabga qabul qilingan. Hind bolalari ―patshala‖ (maktab)da aralash tarzda o‗qitilgan. Bobur hukmronligi davrida Dehlida madrasa qurilgan va unga diniy va dunyoviy fanlar o‗qitilgan. Akbar davrida musulmon va mahalliy hind bolalari bir xil maktablarda o‗qib, barcha fanlardan bir xil darslik va qo‗llanmalardan foydalanish tartibi joriy etildi. Ilm dargohi bitiruvchilarga o‗zlashtirgan fanlarni majmuasiga qarab 3 xil ilmiy daraja berilgan. Mantiq va falsafani o‗rganganlarga ―Fozil‖, diniy bilim sohiblariga ―Olim‖ va adabiyot sohasida ilm olganlarga ―Qobil‖ unvoni berilgan. Boburiy podshohlar o‗zlari ham ilm-ma‘rifatli bo‗lgan va asarlar yozgan. Boburning ―Boburnoma‖, Jahongirning ―Tuzuki Jahongiri‖, Avrangzebning ―Fatvom Olamgiri‖ asarlari bunga misol bo‗la oladi. Me‘morchilikda Humoyun maqbarasi, Shoh Jahon davrida qurilgan Agradagi Toj Mahal maqbarasi diqqatga sazovordir. Toj Mahal Shoh Jahonning 1630-yilda vafot etgan malikasi Mumtoz Mahal sharafiga qurilgan. Uning qurilishi 1647-yil tugallangan va eron-hind me‘morchiligi uslubida qurilgan. Madaniy aloqalarning kengayishi natijasida ilm-fan, adabiyot, san‘at, me‘morchilik taraqqiy etgan, astronomiya yuksalgan. Dehli, Jaypur va boshqa shaharlarda rasadxonalar qurilgan. Adabiyotda xalq diniy-sektantlik harakati g‗oyalarini targ‗ib qiluvchi ―Bhatki‖ poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyondalaridan biri Tulsidas (1532- 1624) mashhur ―Ramayana‖ dostonini yaratdi. Boburiylar davlatida musiqa san‘ati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy hind musiqasi Movaraunnahr va Eron musiqa san‘ati an‘analari ta‘sirida yanada boyigan. Tarixchi Haydar Mirzo (1499-1551)ning ―Tarixi Rashidiy‖ asarida aytilishicha, bu yerda Movaraunnahr musiqiy asboblaridan torli-kamonli sozlar ko‗proq tarqalgan. Davlat hududida yashab faoliyat ko‗rsatgan tarixiy shaxslar, bular – Rana Sanga – 1527-yil Bobur bilan kurashda Sikri jangida yengilgan, Mohim Begim – Boburning bosh xotini, shahzodalar tarbiyachisi bo‗lgan. Gulbadanbegim – Boburning ma‘rifatli qizi, Sherxon Sur – Humoyunga qarshi kurashda afg‗on qabilasi yetakchisi, Bayramxon – Akbarshohning otalig‗i va bosh vaziri, Mumtoz Mahal – Shoh Jahonning suyukli xotini, Zebuniso Begim – Avrangzeb Olamgirning shoira va olima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling