Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

 
 
 
 
 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
103 
DAVLATLAR TARIXINI YOZISH BO‘YICHA NAMUNA 
Davlat: G‘aznaviylar davlati. 
X asrning ikkinchi yarmiga kelib Somoniylar davlatida ichki nizolar, mahalliy 
hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari avj olib ketdi. Oqibatda mamlakatda 
iqtisodiy tanglik sodir bo‗ldi. Mamlakatda sodir bo‗layotgan bunday og‗ir vaziyatda 
turk hojiblari (harbiy boshliqlar) tashkil topgan saroy gvardiyasining nufuzi nihoyatda 
kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari to‗liq ularning qo‗lida edi. Turkiy 
sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy hukmdorlari aksariyat iqtidorli 
lashkarboshilarni ―hojib ul-hojib‖ (hojiblar hojibi) yoki ―hojib ul-buzruk‖ (katta, ulug‗ 
hojib) kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, ularga hatto ayrim viloyatlarni 
boshqarish huquqini berganlar. Shunday hojiblardan biri Alpteginga G‗azna 
viloyatini boshqarish vakolati beriladi. U bu viloyatni 962-963-yillarda boshqargan. 
Alptegin G‗azna va Qabul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‗aznaviylar 
davlatiga asos soladi. Mana shunday tarixiy shart-sharoit tufayli yangi bir turkiy 
davlat tashkil topdi. Bu davlat 962-1186-yillarda hukm surgan va o‗zining eng qudratli 
cho‗qqisiga ko‗tarilgan paytda uning chegarasi g‗arbda Erondagi Ray va Isfahon 
shaharlari, Kaspiy dengizi, shimoliy-g‗arbda Xorazm va Orol dengiziga cho‗zilgan. 
Sharqda esa Shimoliy Hindistonning kattagina qismini o‗z ichiga olgan va Janubiy 
Belujistongacha yetgan edi. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‗aznaviy 
ularning Xurosondagi hududini, so‗ng Xorazm davlatini ham o‗z saltanatiga qo‗shib 
olgan. Bu qudratli davlatning poytaxti G‗azna (hozirgi janubiy-sharqiy Afg‗onistonda) 
shahri bo‗lgan va davlatni shu shahar nomi bilan ataluvchi G‗aznaviylar sulolasi 
boshqargan.
G‗aznaviylar sulolasida 14 hukmdor bo‗lgan. Bular: Alptegin (962-963), 
Sobuqtegin (977-997), Ismoil (997-998), Mahmud G‗aznaviy (998-1030), Muhammad 
(1030), Mas‘ud (1030-1041), Muhammad (ikkinchi marta) (1041), Mavdid (1041-
1048), Mas‘ud II, Ali abul Hasan (1049-1051), Abdurashid (1051-1099), Mas‘ud III
(1099-1115), Sherzod, Arslon, Bahromshoh (1117-1153), Xusravshoh (1153-1160), 
Xusrav Malik (1160-1186)lardir. 
G‗aznaviylar davlati hukmdorlaridan faqat eng buyuklarininggina shaxsiy 
fazilatlari haqida tarixiy manbalarda ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, 
davlatning birinchi va ikkinchi hukmdorlari, ya‘ni Alptegin va Sobuqtegin asli turk 
g‗ulomi (qul) bo‗lgan va somoniylar oldidagi sadoqatli xizmati hamda harbiy-siyosiy 
iste‘dodi tufayli hukmdorlik darajasiga yetib borgan. Tarixiy manbalarda (Abul Fazl 
Bayhaqiy) Sobuqtegin iste‘dodli sarkarda, somoniylarga Hindistonni zabt etib bergan 
fotih, oqko‗ngil va odil inson deb ta‘riflangan. Sobuqtegindan keyin taxtga chiqqan
uning kichik o‗g‗li Ismoil mamlakatni 7 oy boshqargan. U tabiatan tartibsiz, tor 
fikrlovchi, takabbur bo‗lgan. Lekin undan keyin taxtga chiqqan ukasi Mahmud 
G‗aznaviy adolatli, fuqaroparvar, tadbirkor, sermulohazali va kelajakni oldindan ko‗ra 
biladigan, har qanday murakkab muammolarni aql bilan odilona hal etadigan hukmdor 
bo‗lgan. Uning metindek intizom, qattiqqo‗llik va talabchanlik siyosatiga asoslangan 
harbiy yurishlariga uncha-buncha kuch bas kela olmagan. Uning o‗g‗li Mas‘ud esa 
biroz xotirjam, harbiy san‘atda otasi darajasida bo‗la olmagan va uning davrida 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling