Olimpiya Kongresslari va xalqaro olimpiya harakatining dolzarb muammolari. Reja


Download 118.09 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi118.09 Kb.
#101044
Bog'liq
Jis tar tar 1-kurs

Olimpiya Kongresslari va xalqaro olimpiya harakatining dolzarb muammolari.

Reja:

1. XX asr ikkinchi yarmi XXI asr boshlarida o'tkazilgan Olimpiya kongresslari. 2.Olimpiya sporti va ommaviy axborot vosilalari. Olimpiya sporti hodisalarini namoyish etish va yorilishda ommaviy axborot vositalarining roli.

3.Olimpiya o'yinlari va siyosat. Olimpiya o'yinlari va boykotlar. Sportda kamsilish. irqchilik va millatchilik muammosi. Sportda siyosiy qarama-qarshiliklar.

4.Olimpiya sportida doping muammosi. Sportda doping muammosi tarqalishining tarixi

X Olimpiya kongressi

  • X Olimpiya kongressi 1973 y. Varnada (Bolgariya) o'tkazilgan. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o'zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o'yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo'yilgan. Kongressda uch tomonlama - XOQ, MOQ va XSF - komissiya tuzilgan. Kongress yakuniy hujjatlari - «Uch tomonlama komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga murojaat» - olimpiya harakatining keyingi demokratlashuviga ta’sir etgan. Kongress jahondagi barcha sportchilarga murojaat qabul etib, ularni xalqaro tinchlik va do'stlikni mustahkamlash, Olimpiya harakatining sofligi yo'lida kurashishga chaqirgan.

XI Olimpiya kongressi

  • Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981-yilda Baden-Badenda (Germaniya) o'tkazilgan XI kongress mu`him ahamiyat kasb etdi. Bunda uchta masala muhokamaga qo'yildi: keyingi olimpiya o'yinlari; sportda xalqaro do'stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo'llari. Muhokama jarayonida keyingi olimpiya o'yinlarini o'tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo'ldi, turli munosabatlar izhor etildi. Shuningdek, hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham har xil fikrlar bildirildi.
  • Kongressda XOQning 82 a'zosi, XSFning 37 vakili va Milliy Olimpiya qo'mitalarining (MOQ) 149 vakili ishtirok etdi. Kongressda ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari ham qatnashdi.

Kongress tomonidan yakunlovchi deklaratsiya :

  • Olimpiya o'yinlarida «ochiq o'yinlar» uchun joy yo'q;
  • Olimpiya o'yinlariga sportchilarni qo'yish tamoyillari («26-qoida» Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi;
  • Olimpiya (marosimlari) har doimgidek davom etadi;
  • Olimpiya o'yinlarini turli mamlakatlarda o'tkazish amaliyoti davom ettiriladi;
  • Olimpiya o'yinlarini tashkil qiluvchi qo'mita va XOQ, XSF, MOQlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;
  • doping iste'mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab chiqiladi;
  • sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;
  • «Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi;
  • matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko'proq yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e'tibor berish;
  • mamlakatlarning hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko'mak so'rash;
  • xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo'l ochish.

Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolari.

  • Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolariga quyidagilar kiradi: professional sport va tijorat sporti muammosi; sport inshootlari muammosi; olimpiya o’yinlari dasturi muammosi; doping va sportda haqqoniy hakamlik qilish muammosi; XOQ, MOQ, XSF faoliyatida hamkorlik muammosi; irqchilik va millatchilik muammosi; sportda terrorizm muammosi; olimpiya ta’limi muammosi va h.k.

1950-yillarda doping muammosi paydo bolib, bugungi kunda sport harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Doping (ingl. dope – og’u, giyohvand) preparatlari katta sportga ko’rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida qo’llanilgan.

  • 1950-yillarda doping muammosi paydo bolib, bugungi kunda sport harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Doping (ingl. dope – og’u, giyohvand) preparatlari katta sportga ko’rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida qo’llanilgan.
  • 1968 yildan boshlab Olimpiya o’yinlarida doping nazorati kiritilgan. XOQ va Jahon Doping nazorati Assotsiatsiyasi tomonidan doping iste’mol qiluvchi sportchilarni yanada qattiqroq nazorat qilish choralari ishlab chiqilgan.

Professional sport muammosi Olimpiya xartiyasi bo’yicha hal qilingan. 1980-yillargacha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritilmagan, chunki Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan tamoiyillari bo’yicha Olimpiya o’yinlari faqat havaskor sportini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda sport o’yinlari va musobaqa qoidalarida katta farqi bo’lmagan ayrim sport turlari bo’yicha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritiladi.

  • Professional sport muammosi Olimpiya xartiyasi bo’yicha hal qilingan. 1980-yillargacha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritilmagan, chunki Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan tamoiyillari bo’yicha Olimpiya o’yinlari faqat havaskor sportini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda sport o’yinlari va musobaqa qoidalarida katta farqi bo’lmagan ayrim sport turlari bo’yicha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritiladi.
  • XX asrning 90-yillarida olimpiya ta’limi muammosi paydo bolib, olimpizm g’oyalari va olimpiya tamoyillari asosida sportchilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish orqali hal qilinmoqda.

XOQ KONGRESSLARI


Kongress

O’tkazilgan yil

O’tkazilgan joyi

I

1894

Parij, Frantsiya

II

1897

Gavr, Frantsiya

III

1905

Bryussel, Belgiya

IV

1906

Parij, Frantsiya

V

1913

Lozanna, Shveytsariya

VI

1914

Parij, Frantsiya

VII

1921

Lozanna, Shveytsariya

VIII

1925

Praga, Chexoslovakiya

IX

1930

Berlin, Germaniya

X

1973

Varna, Bolgariya

XI

1981

Baden-Baden, Germaniya

XII

1994

Parij, Frantsiya

XIII

2009

Kopengagen, Daniya

Olimpiya sporti va ommaviy axborot vosilalari. Olimpiya sporti hodisalarini namoyish etish va yoritishda ommaviy axborot vositalarining roli.

  • Hozirgi davrda Olimpiya o‘yinlari televideniyasiz bunday global ta’sirga ega bo‘la olmas edi. Olimpiya o‘yinlari bugungi kunda televideniyaning mahsuli bo‘lib, global miqyosda tomosha ko‘rinishlarini namoyish qilib kelmoqda. Darhaqiqat, o‘yinlar nafaqat sport, balki ko‘proq televizion hodisa sifatida qabul qilinmoqda.
  • Olimpiya sport turlaridan engil atletika, tennis, futbol, basketbol va boks Olimpiya o‘yinlari dasturidan tashqarida ko‘proq tomoshabinlarga ega, shuning uchun Olimpiya o‘yinlari tennis, futbol, basketbol va boks musobaqalari kalendarning deyarlik kam qismini egallaydi va unchalik katta xodisa hisoblanmaydi.

Olimpiya o‘yinlarini moliyalashtirish

  • Olimpiya o‘yinlari televideniya tufayli ulkan hodisaga aylangan bo‘lsa, ularning tijorat manbalaridan kelgan katta daromadlari hamda ulkan harajatlari orqali global hodisa hisoblanadi. O‘yinlar daromadlarning to‘rtta asosiy manbalarini yaratadi: chiptalarni sotish, televizion huquqlarni sotish, homiylik va mahsulotlarni o‘tqazishni lisenziyalashtirish. XOQ televizion huquqlarni sotish, homiylik orqali mablag‘lar to‘playdi va bu mablag‘larni Tashkiliy qo‘mita, Milliy olimpiya qo‘mitalari va Xalqaro sport federasiyalariga qayta taqsimlaydi. XOQ a’zolari uchun yo‘l va turar joy harajatlaridan iborat o‘zining kundalik harajatlarini qoplashga tijorat daromadlarining 10% ga yaqin qismini olib qoladi. Mahalliy homiylik mablag‘lari va mahsulotlarni o‘tkazish orqali olingan daromadlar Tashkiliy qo‘mitaga beriladi.

Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad. (2005-2008 yillar)

  • Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad 2005 yildan 2008 yillargacha to‘rt yillik davrda 5 milliarddan ortiq AQSH dollarini tashkil etdi, ulardan 47% televizion huquqlarini sotishdan, 45% homiylikdan va faqat 5% chiptalar sotishdan bo‘ldi. Raqamli ma’lumotlar oxirgi o‘n yilda XOQning daromadlarini barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda.

Olimpiya o‘yinlaridan olingan umumiy daromad. (2010-2012 yillar)

  • Televideniyadan daromad 2010-2012 yillarda 3 milliard AQSH dollari atrofida bo‘lib, uning uchdan ikki qismi NBC dan huquqlar olishga to‘g‘ri kelgan, televizion daromadlarning 88% Evropa va Amerikadan kelgan. Internetdan foydalanish va kirishning o‘sishiga qaramasdan “yangi OAV” huquqlarini olish uchun mablag‘lar 1% daromadlarning yarmini tashkil etadi. Televizion daromadlarning katta qismidan tashkiliy qo‘mitalar harajatlarini qoplash uchun foydalaniladi.

Homiy kompaniyalar tavsifi

  • “Coca-cola”. Bu kompaniya birinchi marta 1928 yilda IX Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilish va o’tkazishni qo’llab-quvvatlashda ishtirok etgan. Hozirgi davrgacha “Coca-cola” kompaniyasi olimpiya harakatining doimiy homiysi bo’lib kelmoqda.

IBM Kompaniya

  • IBM Kompaniya 1960 yildan buyon olimpiya harakatini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Kompaniya tomonidan XVII Olimpiya o‘yinlari ma’lumotlarni elektron qayta ishlash tizimlari bilan ta’minlangan. Kompaniyaning asosiy vazifasi har bir Olimpiya o‘yinlari davomida musobaqalar to’g’risida axborot to’plash va ularni tomoshabinlar, mutaxassislar va OAVga berishdan iborat. Kompaniya Olimpiya o‘yinlarining rasmiy Web-saytlarini yaratadi.

“John Hancock”.

  • “John Hancock”. Kompaniya 1993 yildan boshlab olimpiya harakati bilan hamkorlik bo’lib kelmoqda. Kompaniya o’zining xizmatlarini jahon moliya bozorida tavsiya qiladi. Kompaniya asosiy e’tiborni sportchilarning moliyaviy ta’minotiga qaratadi. “John Hancock” kompaniyasi reklama faoliyati bilan ham keng shug’ullanadi. Kompaniyaning maqsadlaridan biri – xalqlar o’rtasida do’stlik, birdamlik, tinchlik, haqqoniy o’yin tamoyillarini tarqatishga qaratilgan.

“Kodak”.

  • Bu kompaniya I Olimpiya o‘yinlaridan boshlab olimpiya harakatini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Parijda (1924 y.) bo’lib o’tgan VIII Olimpiya o’yinlarida kompaniya birinchi marta professional fotograflarni fotoplyonkalar bilan ta’minlagan edi. Kompaniya o’zining yangi texnologiyalari, xizmatlari va mahsulotlarini taqdimot qilish maqsadida Olimpiya o’yinlaridan foydalanadi. Barselonada (1992 y.) bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida kompaniya ilk bor “Kodak Photo CD” tizimini namoyish qilgan. Lillexammerda (1994 y.) XVII qishki Olimpiya o’yinlari va Atlantada (1996 y.) XXVI yozgi Olimpiya o’yinlarida kompaniyaning raqamli kameralari keng ommaning e’tiborini tortgan.

Boshqa homiy tashkilotlar

  • Olimpiya harakati homiylik dasturlarini qo’llab-quvvatlagan bu kompaniyalardan tashqari butun jahonda mashhur kompaniya va firmalar – “Xerox” – 1964 yildan, “McDonald’s” – 1976 yildan, “Sports Illustrated/Time” – 1980 yildan, “Panasonic” – 1988 yildan, UPS – 1994 yildan, “Visa” – 1986 yildan boshlab XOQ bilan hamkorlik faoliyatlarini yuritib kelmoqda.
  •  

Oimpiya o’yinlari va siyosat.

  • “Sport – siyosatdan holi” degan fikr mutlaqo tanqidni ko’tara olmaydi. Olimpiya harakatining bir asr vaqt davomidagi tarixi bunga guvohlik beradi. 1936 yil Germaniyaninng Garmish-Partenkirxen shahrida bo’lib o’tgan IV qishki va Berlindagi XI yozgi Olimpiya o’yinlarni bunga yaqqol misol qilib ko’rsatish mumkin. O’sha O’yinlarda fashist Germaniyasining hukumati sport va Olimpiya o’yinlaridan siyosiy va milliy maqsadlarda foydalangan.

Sosialistik davlatlar sportchilarining olimpiya arenalariga chiqib kelishi bilan Olimpiya o’yinlari siyosiy tuzumlar o’rtasidagi musobaqalarga, “sovuq urushning” muhim quroliga aylandi. Olimpiya o’yinlaridagi g’alaba u yoki bu tuzumlarning nisbatan “sog’lomroq” ekanligini namoyish qiluvchi ko’rsatkich sifatida qaraldi.

  • Sosialistik davlatlar sportchilarining olimpiya arenalariga chiqib kelishi bilan Olimpiya o’yinlari siyosiy tuzumlar o’rtasidagi musobaqalarga, “sovuq urushning” muhim quroliga aylandi. Olimpiya o’yinlaridagi g’alaba u yoki bu tuzumlarning nisbatan “sog’lomroq” ekanligini namoyish qiluvchi ko’rsatkich sifatida qaraldi.

Olimpiya sporti bilan siyosatning bog’liqli yo’nalishlari.

  • Birinchi yo’nalish. Zamonaviy davrda sportni ommaviyligi, keng jamoatchilikni sport yulduzlariga bo’lgan qiziqishi ortib borgan sari turli mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari, hokimiyat tepasidagi partiya boshliqlari o’zining taniqliligini oshirish maqsadida sportga, mashhur sportchi va murabiylarga ko’proq e’tibor qaratayotganligi.
  • Ikkinchi yo’nalish. Turli mamlakatlar hukumatlarining o’z mamlakatining iqtisodiyotda erishgan yutuqlarini targ’ib qilish, siyosiy tan olinishga erishish maqsadida nufuzli xalqaro musobaqalar – birinchi navbatda Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo’lga kiritish uchun intilishi. Olimpiya o’yinlari atrofidagi siyosiy vaziyatning tahlili tashkilotchi davlatlarning hukumatlari siyosiy maqsadlarga erishish uchun Olimpiya o’yinlaridan maksimal tarzda foydalanganliklaridan dalolat bermoqda.

Uchinchi yo’nalish. Turli mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi nufuzini ko’tarish uchun sport va Olimpiya o’yinlaridan keng miqyosda foydalanish. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, XX asrning 50-80 yillarida yuqori natijalar sportidagi, shu jumladan Olimpiya o’yinlaridagi g’alabalarni u yoki bu davlatni siyosiy va iqtisodiy tizimining samaradorligi, unung fan, madaniyat, ta’limda erishgan yutuqlari darajasi bilan bog’lashga intilish kuchli edi. Bunday bog’liqlik har doim ham ochiq namoyon bo’lmagan, mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy darajasini aks ettiruvchi omil sifatida sportdan foydalanishga bo’lgan intilish aniq ko’rinib turar edi.

  • Uchinchi yo’nalish. Turli mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi nufuzini ko’tarish uchun sport va Olimpiya o’yinlaridan keng miqyosda foydalanish. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, XX asrning 50-80 yillarida yuqori natijalar sportidagi, shu jumladan Olimpiya o’yinlaridagi g’alabalarni u yoki bu davlatni siyosiy va iqtisodiy tizimining samaradorligi, unung fan, madaniyat, ta’limda erishgan yutuqlari darajasi bilan bog’lashga intilish kuchli edi. Bunday bog’liqlik har doim ham ochiq namoyon bo’lmagan, mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy darajasini aks ettiruvchi omil sifatida sportdan foydalanishga bo’lgan intilish aniq ko’rinib turar edi.

To’rtinchi yo’nalish. Davlatlarni ichki va tashqi siyosat masalalarida o’zining mustaqilligini yoki boshqa mamlakatlar siyosatiga o’zining ta’sirini namoyish etish uchun sportdan foydalanish.

  • To’rtinchi yo’nalish. Davlatlarni ichki va tashqi siyosat masalalarida o’zining mustaqilligini yoki boshqa mamlakatlar siyosatiga o’zining ta’sirini namoyish etish uchun sportdan foydalanish.
  • Beshinchi yo’nalish. Siyosiy bosim o’tkazish, davlatlarning siyosatini diskreditasiyalash, zamonaviy davr muammolariga jahon hamjamiyatining e’tiborini jalb qilish maqsadida yirik xalqaro sport musobaqalarinii, jumladan Olimpiya o’yinlarini ham boykot qilinishi.
  • Oltinchi yo’nalish. Siyosiy tashkilotlar va alohida shaxslar tomonidan dunyoda sodir bo’layotgan alohida voqealar, jarayonlar va hodisalarga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratish uchun sport va Olimpiya o’yinlaridan foydalanishi.

Olimpiya o’yinlarida boykotlar va siyosiy muammolar, 1948–2014 yy.


Olimpiya o’yinlari

Boykot

Sabablari /boshqa masalalar

London

1948

Ikkinchi jahon urushidagi nasistlar blokining ikki yirik vakili Germaniya va Yaponiya; Sobiq Ittifoq taklif qilingan biroq uning sportchilari ishtirok etmagan.

Xelsinki

1952

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)

XXR XOQ tan olgan Xitoy Respublikasiga (Tayvan) qarshi chiqqan – XXR Olimpiada musobaqalarida 1980 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga qadar ishtirok etmagan. Sobiq Ittifoq birinchi marta qatnashgan, biroq Sharqiy Germaniya ishtirok etish to‘g‘risidagi talabnomasiga rad javobini olgan va Germaniya jamoasi to‘lig‘icha G‘arbiy Germaniya sportchilaridan iborat bo‘lgan.

Melburn

1956

Misr, Iroq va Livan (Suaysh inqirozi); Niderlandiya, Ispaniya va Shveysariya (Sobiq Ittifoqning Vengriyaga bostirib kirishi); Xitoy Xalq Respublikasi

Xitoy Respublikasining (Tayvan) Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga (“Formoza” nomi ostida) qarshi norozilik bildiradi.



Misr hukumati tomonidan Suaysh kanali milliylashtirilgach, Isroil, Birlashgan Qirollik va Fransiya qo‘shinlari Misr hududiga bostirib kiradi; Sobiq Ittifoqning va Vengriya orasidagi siyosiy qarama-qarshiliklar suv polosi bo‘yicha yarim final o‘yinida nazoratdan chiqib ketadi – “suvdagi qon” matchi.

Tokio

1964

Indoneziya va Shimoliy Koreya (XOQ 1963 yilgi GANEFO o‘yinlarida ishtirok etgan jamoalarga ta’qiq e’lon qilgandan so‘ng).

Janubiy Afrika Respublikasi aparteid tufayli 1992 yilga qadar XOQ dan chiqarilgan.

Mexiko

1968

Medal topshirish marosimida 200 metrga yugurish bo‘yicha birinchi va uchinchi o‘rinni egallagan afroamerikalik atletlar Tommi Smit va Jon Karlos tomonidan “Qoralar hokimiyatini” sharaflash namoyishi o‘tkazildi. Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan o‘n kun oldin Tlatelolkoda namoyishcilarning ko‘pchiligi hukumat qo‘shinlari tomonidan otib tashlangan edi.

Myunxen

1972

Isroil olimpiya terma jamoasining a’zolari falastinning “Qora sentabr” deb nomlangan terrorchilik tashkiloti tomonidan garovga olingan.

Monreal

1976

Tanzaniya afrikadagi 22 ta mamlakatning boykotiga boshchiliq qilgan.

Regbi bo‘yicha Yangi Zellandiya terma jamoasining Janubiy Afrika Respublikasi bo‘ylab safar o‘tkazganiga qaramay XOQ Yangi Zellandiyaga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni taqiqlashdan bosh tortdi.

Moskva

1980

AQSH prezidenti Jimmi Karter Sobiq Ittifoqning Afg‘onistonga bostirib kirishiga qarshi norozilik tariqasida Olimpiya o‘yinlarini boykot qilish haqida qaror qabul qiladi hamda qatnashish huquqiga ega 62 ta mamlakat vakillari Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmagan.

Liberty Bell Classic (shuningdek “boykot qilingan Olimpiya o‘yinlari” nomi bilan mashhur bo‘lgan) tadbir Filadelfiyadagi Pensilvaniya universitetida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Moskvadagi Olimpiya o‘yinlarini boykot qilgan 29 mamlakat sportchilari ishtirok etgan.

Leyk-Plesid 1980

Xitoy Respublikasi (Tayvan) “Xitoy Taybeyi” nomi ostida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Shu vaqtga qadar qishki Olimpiya o‘yinlari boykot qilingan yagona holat.

Los-Anjeles 1984

Sobiq Ittifoq hamda uning 14 ittifoqchilari, shuningdek Eron va Liviya Olimpiya o‘yinlarini boykot qilishdi.

Sharqiy blok “Do‘stlik- 84” deb nomlangan o‘zining shaxsiy multisport tadbirini o‘tkazishni tashkillashtirdi.

Seul

1988

Shimoliy Koreya, Albaniya, Kuba, Efiopiya, Madagaskar, Nikoragua va Seyshal orollari.

Texnik nuqtai nazarda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan urush holatida edi (bu holat hozirgacha saqlanib qolgan).

Sochi

2014

2008 yil avgustida Gruziya hukumati 2014 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini boykot qilishga chaqirdi.

Rossiyaning 2008 yilda Janubiy Osetiyadagi urushda ishtirokiga javoban. Sochi Gruziya da’vo qilayotgan hudud Abxaziyadan 20 mil () masofada joylashgan.

Download 118.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling