Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma'ruza (3)
б
ч p l R R А ч p R R , б l Temir yо‘l transporti qо‘llanganda plug va buldozer yordamida ag‘darma hosil qilish. Plugli ag‘darmalarda karyerlardan dumpkarlarda keltirilgan jinslar bevosita ag‘darma pog‘onasining qiyaligiga bо‘shatiladi, bunda jinslarning bir qismi (portlatilgan tog‘ jinslarida 40% ga yaqin, yumshoq tog‘ jinslarida 70% gacha) qiyalikda sochilma tarzida qoladi, qolgani esa pastga yumalab tushadi. Jinslarni ag‘darma ostiga tushirib yuborish uchun ag‘darma pluglari qо‘llaniladi. Bо‘shatish bir vaqtning о‘zida sostavning 2-3 dumpkarida amalga oshiriladi. Qoyali tog‘ jinslarni sostavdan bо‘shatish vaqti yozda 5-7 min, qishda 15-20 min, yumshoq nam jinslarda 1,5-2 baravar ortiq. Vagonlar bо‘shatilganidan sо‘ng ag‘darma tupikining uzunligi bо‘yicha ag‘darma plugi yordamida tekislanadi. Bunda jinslarning bir qismi ag‘darma ostiga yumalab tushadi, ag‘darma brovkasida esa maydon hosil qilinadi va bu maydonga yana jinslar tо‘kiladi. Plugli ag‘darmaning asosiy yutug‘i nisbatan kam kapital xarajatga egaligi. Bitta ag‘darma plugi va bitta yо‘l siljituvchi bir necha ag‘darma tо‘piklariga xizmat qilishi mumkin. Ushbu usulning yana bir katta yutug‘i ishlashning kam energiya talabligi, ya’ni jinslarning kо‘pchilik qismi ag‘darmaga о‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida joylashadi. Ag‘darma tupikining qabul qilish imkoniyati 300-400 ming m 3 /yil, ag‘darma ishchisining mehnat unumdorligi esa 80-270 m 3 /smena. Plugli ag‘darma hosil qilishning kamchiliklari: ag‘darma pog‘onasi balandligining kamligi (yumshoq tog‘ jinslarida 10-15 m, qoyali tog‘ jinslarida esa 15-20 m) temir yо‘llarni harakatlantirish va ularni xavfsiz masofada ushlash uchun samarali mexanizatsiyaning yо‘qligi. Buldozerli ag‘darma hosil qilishda jinslarni ag‘darmaga joylashtirish quvvati katta buldozerlar yordamida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich tо‘kilma hosil qilingandan keyin temir yо‘llar ag‘darma brovkasidan 4-5 m masofada yotqiziladi. Yо‘l satxidan 1,5-2 m pastda ishchi maydon yaratiladi. Bu maydonda jinslar dumpkarlardan tо‘kiladi keyinchalik esa, buldozerlar yordamida ag‘darma qiyaligiga joylashtiriladi. Bu maydonning minimal kengligi buldozerning qaytib olishi uchun yetarli bо‘lishi kerak. U buldozer ishi sxemasiga bog‘liq bо‘lib 7-8 m ni tashkil etadi. Qabul qiluvchi maydonning uzunligi taxminan ikkita sostav uzunligiga teng bо‘lishi kerak. Maydon ag‘darma qiyaligi tomonida uncha katta bо‘lmagan qiyalikda joylashtiriladi. Sostav bir joyda turgan holda yoki distansion boshqarish orqali 3-4 km/soat tezlikda harakatlanayotgan paytida bо‘shatiladi. 1m frontga 4-4,5 m 3 jins tо‘kiladi. Lokomotivosostavni bо‘shatish uchun 300-400 m maydon yetarli bо‘ladi. Bо‘shatilgandan sо‘ng buldozer jinsni ag‘darmaga joylashtiradi. Maydonda jinslarni g‘aramlash bir yoki ikkita buldozerlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Quvvati 240-360 kVt bо‘lgan buldozerlardan foydalanilganda ag‘darmaning ratsional о‘lchamlari: kirish kengligi 50-60 m, tо‘pik uzunligi 1000-1400 m, ag‘darma yarusining balandligi 30-40 m. Buldozerning ratsional yillik ish hajmi 10 mln. m 3 ni tashkil etadi. Temir yо‘l transporti qо‘llanilganda ag‘darmalar hosil qilishda buldozerlardan foydalanishning asosiy yutug‘i: mexanik kovushlarga nisbatan kam kapital xarajat talab qilishi va temir yо‘l siljitish qadamining 2-3 marta oshishi va shu bilan birga karyerdagi kon ishlari mexnat sarfini sezilarli darajada kamayishi. Asosiy kamchiligi: dumpkarlarni yopishgan va muzlagan jinslardan tozalashning qiyinligi, dizel yoqilg‘isiga ketadigan xarajatlarning kо‘pligi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling