Olishda asosiy ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining tavsifi


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana14.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1703785
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-Ma'ruza (3)

A
o
– ag‘darmani о‘tish kengligi 


Temir yо‘l transporti qо‘llanganda ekskavator yordamida ag‘darma hosil qilish. 
Ekskavatorli ag‘darma hosil qilishda jinslar sostavdan bо‘shatilgandan sо‘ng 
ag‘darmaga joylashtirish mexanizmlari sifatida mexanik kovushlar, draglaynlar va 
kо‘p chо‘michli ag‘darma ekskavator-abzetserlardan foydalaniladi. 
Mexanik kovshlarni kо‘llash bilan ag‘darma hosil qilish texnologiyasi 
quyidagi xususiyatlarga ega. Balandligi 10-15 m dan 20-40 m gacha bо‘lgan 
ag‘darma pog‘onasi 2 ta kichik pog‘onachalarga bо‘lingan. 10.3 chizma. 
Ekskavator temir yо‘l joylashgan yuqori pog‘onacha ustidan 4-7 m pastda quyi 
pog‘onacha ustida joylashtiriladi. Jinslar dumpkarlardan uzunligi 20-25 m, 
chuqurligi ekskavator joylashgan gorizontdan 0,8-1 m past va sig‘imi 200-300 m
3
bо‘lgan yamaga bо‘shatiladi. Ekskavator bu jinslarni 3 yо‘nalish bо‘yicha tо‘kadi: 
ekskavator yо‘nalishi bо‘yicha oldinga, ag‘darma qiyaligi ostiga va temir yо‘ldan 
0,5-1 m balandlikda bо‘lgan ag‘darmali о‘tish hosil qilib orqaga. 
 
 
 
 
 
 
 
14.4-rasm. Mexanik kurak yordamida ag‘darma hosil qilish. 
R
ch
va R

- ekskavatorning chо‘michlash va yuklash radiuslari 
Ag‘darmalarda EKG-4 ekskavatori qо‘llanilganda ekskavator о‘tish kengligi 
yoki yо‘lni siljitish qadami amalda 24-25 m gacha, yuqori pog‘onacha balandligi 
esa, 6 m ga teng. EKG-8 ekskavatorini qо‘llaganda esa, yо‘lni siljitish qadami 30 
m ga teng, yuqori pog‘onacha balandligi esa 7 m ga yetadi. Temir yо‘llarni siljitish 
qadami ag‘darma balandligi va tupik uzunligiga bog‘liq bо‘lib, ular odatda 1 yilda 
3-4 marotaba bо‘ladi. 
Jinslarni ekskavator bilan joylashtirishda birdaniga yuqori va quyi pog‘onachalar 
tо‘kilmasi bilan amalga oshiriladi. Turg‘un bо‘lmagan ag‘darmalarda birinchi 
navbatda 100 m va undan yuqori bо‘lgan uzunlikda quyi pog‘onacha tо‘kilmasini 
hosil qilish bilan amalga oshiriladi va jarayon shu tariqa amalga oshiriladi. 
Ag‘darmada bir kovshli ekskavator ishlaganda qabul qiluvchi yama borti 
qiyaligining turg‘unligini nazorat qilib borish muhim hisoblanadi. Qabul qiluvchi 
yamaning uzunligi 1-2 dumpkar uzunligiga teng bо‘lishi kerak. 
Ag‘darmada mexanik kovshlarni qо‘llashning yutuqlari: odatda zvenolarga 
bо‘lib kranlar yordamida jinslar bushatiladigan yо‘llarni siljitishning kam mehnat 
talab etishi; ag‘darmali tupikning ish unumdorligining yuqoriligi; ag‘darmalarni 


turli sharoitlarda, shu jumladan botqoqliklarda joylashtirish. Asosiy kamchiligi - 
qimmat turuvchi ekskavatorlar bilan ekskavatsiyalanganda qarzning oshishi. 
Draglaynlar yordamida ag‘darma hosil qilish mexanik kurak bilan ag‘darma 
hosil qilish jarayoniga о‘xshaydi. Dumpkarlar sostavi navbati bilan (2-3 vagondan) 
qabul qiluvchi bunkerga bо‘shatiladi. Yamaning chuqurligi 4-8 m, uzunligi esa 3-4 
dumpkarlar uzunligiga teng.
Ag‘darma hosil qilish quyidagicha farqlanadi: 
bir ekskavatorga xizmat kо‘rsatuvchi temir yо‘l tupiklari soni; 
draglaynning joylashish joyi; 
bir-biriga va ag‘darma asosi maydoniga nisbatan yо‘llar. 
ag‘darma yaruslarini tо‘kish usullari (quyi, yuqori va kombinatsiyalashgan) 
va ularni tо‘ldirish navbati. 
Amalda kon ishlarida bir tupikli pastdan va kombinatsiyalashgan tо‘kish 
sxemasi keng qо‘llanadi. Jins qabul qiluvchi bunkerdan draglayn yordamida 
ekskavator yо‘nalishi bо‘yicha oldinga, yonga ag‘darma qiyaligi ostiga tо‘kiladi. 
Ag‘darmali о‘tishning maksimal kengligi (m): 
buerda: 
- draglaynning chо‘michlash va tо‘kish radiuslari, m; 
- qabul qiluvchi bunkerning uzunligi, m. 
О‘tish kengligi qancha katta bо‘lsa, yо‘lni yotqizish qadami va draglayn 
bilan burilish burchagi shuncha kata bо‘ladi va texnik ish unumdorligi kichik 
bо‘ladi. 
Ikkinchi sxemada kombinatsiyalashgan holda tо‘kishda draglayn ag‘darma oldida 
joylashadi. 
Karyerlarda kо‘p kovshli ekskavatorlarni temiryо‘l transporti bilan 
qо‘llaganda ish jarayonida ag‘darmalarda abzetserli ag‘darma hosil qilish 
qо‘llaniladi. Hozirgi zamon abzetserlari kо‘p kovshli ekskavatorlardan farq qilgan 
holda maxsus konstruksiyaga ega bо‘lgan qisqa kovshli rama bilan jihozlangan. 
Ushbu kovsh jinsni eni 1,5-2,5 m bо‘lgan transheyadan chо‘michlash qobiliyatiga 
ega. Abzetserning bо‘shatish, tо‘kish mexanizmi lentali konveyerdan iborat 
konsolli fermaga ega. Temir yо‘llarni siljitishdan oldin ag‘darma yuzasini 
tenglashtirish (viravnivaniya) uchun abzetserlar maxsus uzunligi 10-15 m bо‘lgan 
kovshli rama bilan jihozlanadi. Jinslarni joylashtirish bо‘yicha kо‘p kovshli 
ekskavatorlar ishini tashkil etish va texnologiyasi quyidagilarni о‘z ichiga oladi.
Ekskavator ish fronti bо‘ylab harakatlanib, qabul qiluvchi transheyaga 
dumpkarlardan bо‘shatilgan jinslarni kovshi yordamida chо‘michlaydi va uni 
ag‘darma lentali konveyeriga tо‘kadi. 
2
/
2
2
0

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling