Oliy nerv faoliyatining tiplari mavzu: oliy nerv faoliyatining tiplari
Download 61.93 Kb.
|
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI
Chirchiq Pedagogika Unversiteti 20/12 guruh talabasi Ulugova Nilufarning tayyorlagan MUSTAQIL ISHI REJA: OLIY NERV FAOLIYATI OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI MAVZU: OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI I.1. OLIY NERV FAOLIYATI Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyati maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi; 3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induk-siyasi. Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po’tloği markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bŏlib hisoblanadi.Odamning xulqi idroki, fikrlashi ongi, va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bŏlib, u bosh miya yarim sharlari va ular pŏstloğida joylashgan nerv markazldarining reflekslari orqali nomayon bŏladi. Bu reflekslar odamning tashqi muxit bilan boğlanish, uning xar xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi. Birinchi va ikkinchi signal ssitemasi. Odamda birinchi signal sistemasi bŏladi. Odamning oliy nerv faoliyati ŏziga xos anglash, abstrakt fiklash, sŏzlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchisignalsistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi sŏzlardan iborat bo‘lib, predmetlarningayrim belgilarini vujudga keltirish xususiyatiga ega. Ko‘rish eshitish, hid sezin, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bŏlib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyali ŏxshash. Bu sezgi organlar orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak xayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda oğzaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi. Odamda atrofdagi muxit bilan aloqa boğlanishning yangi shakllari paydo bŏladi. «rivojlanib borayotgan hayvonotdunyosida, - deb yozgan edi. I.P. Pavlov,- odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nixoyatda katta qŏshimcha qŏshildi». Bu qushimcha odamda nutq paydo bŏlishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bŏladi. Organik dunyo taraqqiyotining bosqichida muhit bilan aloqa boğlanishning yangi faqat odamgagina xos bŏlgan ikkinchi signal sistema qaror topdi. “Home sapens” oilasi paydo bŏlguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P. Pavlov - atrofdagi duyoning havonlaridagi xilma xil retseptor mexanizmlar ta’sir etadigan va markaziy nerv sistemasining tegishli xujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orkaligina ŏsha dunyo bilan aloqilar edi. Bu tasurotlar tashqi ob’ektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali – talaffuz etiladigan, eshitiladigan, kŏriladigan sŏzlar kŏrinishda paydo bŏlib,rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda sŏz aloxida ahamiyat kasb etdi. Sŏz deb yozadi I.P .Pavlov, birinchisignallarning signali bŏlib voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasining tashqil bŏlib, voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashqil etdi. Nutqning rivojlanishshi odamlarning bir- biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini kŏpaytirishga, ong rivojlanishiga sabab buldi. Pavlov: «Nutq bizni odam qildi»-degan edi. Odamda shartli refleks shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib boorish asosidagina emas, nutq yordamida ham xosil bo’lishi mumkin. Masalan, boshlang’ich maktab o’quvchilarida qo’ng’iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo’lgandan co’ng, shu ovoz o’rniga og’zaki yoki yozma shakldagi qo’ng’iroq co’zi ishlatilsa, bola qo’ngiroq ovoziga qanday reaksiya ko’rsatgan bo’lsa qo’ng’iroq so’zining o’ziga ham birinchi martada`q xuddi o’shanday reaksiya ko’rsatadi. Nutq faoliyat asosida shartli refleks hosil bolishi odam oliy s faoliyatining sifat jihatidan o’ziga xos bo’lgan xususiyatidit. Shartsiz refleks asosida hosil bo’ladigan aloqalar postloq proceslari harakatining qanday qonunlariga bo’ysunsa odam bosh miyasi postlogida nutq asosida yuzaga kelgan bog’lanishlar ham xuddi O’sha qonunlarida bo’sinadi. I.P.Povlov ko’rsatio’tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo’lgan husisiyati ,yani birinchi signal sistemasiga bog’liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro ta’sir qilib turishi natijasidir. Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir- biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zining signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan , bir-biri bilan qo’shilib kelgan muayyan tovishlarga bog’liq bo’ladi. Tovishlarning qo’shilib kelishi jihatidan bir-biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil reaktsiya bilan javob beraveradi.Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so’ngi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’la boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turshiga, ya’ni ta’lim olishi,o’rganishiga asoslangan. Bolada yarim tovish va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo bo’lsada, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o’ynamaydi va faqat odamga xos bo’lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go’yo tayyorgarlik davri bo’lib hisoblanadi. Shartli ta’sirot bo’lmish so’z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganda ta’sir ko’rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo’lib qoladi. Bolaning ayrim so’zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasada, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham ana shu davrda ribojlanib boradi. Hayotining ikkinchi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3 yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadigan eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo’la oladi. Og’zaki va yozma nutq bosh miya po’stlog’idagi nerb markaz larida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida biz tashqi muhitning rang-barangligini anglayniz, boshqalar bilan muloqatda bo’lamiz, atrofdagi voqealarni qabul qilib, ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq yordamida bilim olamiz, xunar o’ganamiz, kasb egallaymiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog’liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash bujudga keladi, o’z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz. Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo’lib rivojlanadi.Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so’zni ayta oladi, 2 yoshda uning so’z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga etadi. Bolaning so’z boyligi uning sog’ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga , ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog’liq. Maktab yoshigacha va boshlang’ich sinflarda hosil bo’lgan shartli reflekslar, o’rgangan so’zlar miya xujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv sistemasining tuzilishi funksiyasi normal rivojlangan bo’lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po’stlog’ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog’lon bo’lishi kerak. Chunki boshqalarning so’zini eshitish uchun uning eshtish qobiliyati normal bo’lishi lozim. Shu bilan birga miya yarim sharlari postlog’idagi gapirish markazi normal rivojlangan , sog’lom bolishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlanmagan bo’lmasa , bolada nutq paydo bo’maydi. Odamning nutqi tarbiya , o’qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o’qish, she’r aytish, qo’shiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol o’ynaydi. Nutqning rivojlanishi o’z navbatida odamning o’qishi, bilim olishi, xunar o’rgaishiga fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imqon beradi. Shartli reflekslar- 1863 yilda rus fiziologiyasining asoschisi I. M. Sechenov bilan I.P. Povlovga qadar tadqiqotchilar “ruhiy faoliyatni o’rganish yo’llarini bilishmasdi. Organizmda ikkita reflekslar farqlanadi. Bular shartli va shartsiz reflekslardir. M.S.S-si faoliyatining reflector faoliyati tog’risidagi I.P.Povlov ta’limoti asosida 3 ta asosiy prinsip yotadi: 1-chidan -determinizm prinsipi-bu dialektik materializmning asosiy qoidalaridan biridir. Tabiatda, demak organizmda ham hech bir narsa sababsiz ro’y bermaydi. Har qanday reflector aktning ham sababi bo’ladi. 2-chidan:Analiz va sintez prinsipi- bu prinsipga muvofiq, M.N.S-si jumladan uning etakchi bo’limi retseptorlarimizga tushadigan murakkab ta’sirotlarni o’z faoliyati davomida ancha oddiy tarkibiy elementlarga ajratadi(analiz) va bularni o’sha zahoti yana sistemalarga birlashtiradi(sintez). Struktura prinsipi- bu prinsipga muvofiq har qanday reflector akt muayyan morfologiya strukturaga bog’liqdir. Miyada bo’lib o’tadigan hamma prosesslar ham, huddi butun organizmda bo’lib turadigan barcha jaroyonlar singari, moddiydir- ularning asosida nerv sistemasining ma’lum ro’y beradigan moddiy prosessdir. Shartli reflekslar tug’ma bo’maydi va tug’ilish vaqtida tayyor holda bo’lmaydi. Shartli reflekslar umr bo’yi paydo bo’lib , mustahkamlanib boradi, so’nadi va yo’q bo’lib ketadi hamda juda individual bo’ladi. Shartsiz reflekslar – tug’ma bo’ladi. Butun xayoti davomida rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Ularning yuzaga chiqishida M.N.Sning asosan po’stloq osti bo’limlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslarning reflector yoyi M.N.Sning har qanday bo’limlari orqali o’tilishi mumkin. Bu reflekslar katta yarim sharlar postlog’ining ishtirokisiz yuzaga chiqa oladi. Shartli refleks bosh miya po’stlog’ining funksiyasidir. Shartli refleks yoyi bosh miya po’stlog’ida tutashadi. Biroq shartli refleksni bosh miyasining po’stlog’I bolmaydigan yoki juda sust rivojlangan hayvonlarda ham hosil qilsa bo’ladi. Shartli refleksning hosil bo’lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak. 1-Shatsiz indifferent qitiqlagich bilan shartli qitiqlagichning bir necha bor baravar takrorlanishi. 2-Shartsiz qitiqlagich shartli qitiqlagichdan bir necha daqiqa oldin berilishi kerak. 3-Yangidan shartli refleks hosil qilinadigan organism sog’lam va tetik bo’lishi kerak. 4- Shartli refleks hosil qilinishida organizmda boshqa aktiv faoliyat bo’masligi kerak. 5- Shartsiz va shartli qitqlagichlarning kuchi etarlicha bo’lishi kerak. Download 61.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling