Oliy nerv faoliyatining tiplari mavzu: oliy nerv faoliyatining tiplari
-16 yoshgacha bo’lgan bolalar O.N.F
Download 61.93 Kb.
|
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аdabiyotlar.
12-16 yoshgacha bo’lgan bolalar O.N.F.
Qizlarda o’smirlik davri o’g’il bolalardagiga nisbatan 1-2 yil ilgari boshlanadi. Qizlarda bu davr 12-yoshdan boshlanib, 15 yoshda tugallanadigan bo’lsa, o’g’il bolalarda esa 13 yoshdan boshlanib, 16 yoshda tugallanadi. Bu yoshda qo’zg’lish jaroyonlari ro’yi rost ustun turadi. Nutq o’zgaradi- usekin bo’lib qoladi, javoblar nisbatan qisqa, lo’nda holga kiradi. Shu munosabat bilan to’la javob olish uchun bir qancha qo’shimcha savollar berish kerak bo’ladi. Mana shu hususiyatlar jinsiy jihatidan etilish davrining boshida po’stloq faoliyati 2-chi signal sistemasining funksional darajasi bir muncha susayib qoladi, bevosita signallarga javoban shartli reflekslar tezroq hosil bo;lsa, so’z signallariga javoban ancha sekin hosil bo’ladi. Ko’pincha vegetativ funksiyalar ham, bir qadar o’zgarib qoladi, hansirash, yurak sohasida og’riq paydo bo’ladi, yurak urishlari tezlashadi va boshqalar. Emotsionallik keskin kuchayadi. Bir qancha olimlarning fikriga qaraganda mana shularnung hammasi bosh miya po’stlog’ining tormozlovchi ta’siri pasayib qolgani va po’stloq osti strukturalarining qo’zg’lish holatiga o’tganidan darak beradi. Bu hodisalar o’g’il bolalardan ko’ra qizlarda ko’proq ifodalangan bo’ladi va shu birga qizlardagi tormozlanib qoladigan harakatlardan farq qiladi. Qizlar sal narsaga ham ko’z yoshi qiladigan bo’lib qoladi. Keyinchalik psixikaning beqarorligiga xos hodisalar paydo bo’ladi., ya’ni ma’yuslik tezda shodlik bilan almashadihan bo’lib qoladi. Taxminan 15 yoshdan boshlab 2-chi signal sistemasining roli yana ortib boradi. Miya po’stlog’I va po’stloq ostida qo’g’lish jarayoni so’na boshlaydi. Ichki tormozlanish kuchayib boradi va o’smirlarda ikkila-signal sistemasining miya po’stlog’I va po’stloq ostining munosabatlari qiyosan uyg’un bo’ladigan yoshlik davriga o’tadi. Аdabiyotlar. 1. R.S. Karimov, S.X. Aripova Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi. (Ma’ruzalar matni) T-2001 yil 2. M.N. Ismoilov. Bolalar va o’smirlar gigienasi. T-1994 yil. 3. K.S. Sodiqov. O’kuvchilar fiziologiyasi va gigienasi. 4. G.I. Kositskiy va V.A. Polyantsevlar taxririyati ostida 5. Fiziologiyadan amaliy mashg’ulotlar uchun qullanma. Toshkent-1995 yil. 6. E.Maxmudov. B.Aminov. Sh.Qurbonov. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi. Toshkent –1984 yil 7. M.V. Antropova. Bolalar va o’smirlar gigienasi. Toshkent 1981 yil 8. A.A. Markosyan. Yosh fiziologiyasi masalalari. Toshkent. 1977 yil. 9. M.T. Matyushonaeva. Kichik maktab yoshidagi bolalar anatomiyasi va gigienasi. 10. www.ziyonet.uz Download 61.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling