Oliy nerv faoliyatining tiplari mavzu: oliy nerv faoliyatining tiplari


Odamning oliy nerv faoliyati yoshXususiyatlari


Download 61.93 Kb.
bet3/5
Sana19.02.2023
Hajmi61.93 Kb.
#1214445
1   2   3   4   5
Bog'liq
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI

Odamning oliy nerv faoliyati yoshXususiyatlari.
3-yoshgacha bo’lgan bolalar: Bola nasldan o’tgan bir ozgina reflekslar bilan tug’iladi. Tug’lish vaqtiga kelganda bola miyasi, garchi ko’p jihatdan halikamolga etmagan bo’lsada, lekin vaqtincha aloqalar paydo qilishga tayyor bo’ladi.
Ko’pdan –ko’p tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, ovqatlanishga taaluqli bo’lgan shartsiz reflekslar asosida bola hayotining 5 va 6 kunlarida, ba’zima’lumotlarga qaraganda esa 10 kunida birinchi marta shartli reflekslarni hosil qilishi mumkin.
Bola 15 kunlik bo’lganidan keyin kompleks teri, proprioreseptiv va labirint ta’sirlari bilan ish ko’rib tana vaziyatiga javoban shartli refleks hosil qilishi mumkin bo’lib qoladi.
Odamda 1-chi va 2-chi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, bir-biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi.
Bolada 2-chi signal sistamasining shakillanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining 1-chi yilidagi so’ngi oylarida va butun 2-chi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutqning qaror topish jaroyoni shartli reflekslar hosil bo’lish qonunlariga muvofiq o’tadi. Nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil bo’lib boradi. Bureflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doiniy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olish, o’rganishiga asoslangan. Hayotining 2-chi yili davomida lug’at zapasi ancha tez ortib boradi. 3- yoshgacha bo’lgan davr nutq qaror topib, shakillanib boradigan davr hisoblanadi.
3-yoshdan –5yoshgacha bo’lgan bolalarning oliy nerv faoliyati: Maktabgacha tarbiya yoshidagi, ya’ni 3-5 yashar bolalar uchun jonli orientirovka reaksiyasi xarakterlidir. Bu yoshdagi bolarda musbat shartli reflekslarni mustahkamlash ancha qiyin bo’ladi.
Shartli reflekslarni mustahkamlashning qiyinchiligi shunga bog’liqki, bu yoshdagi bolalarda uxlab qolishigashigacha borib etadigan soqlovchi tormozlanish juda barvaq rivojlanadi. Tormozlanishning rivojlanishi shartli reflekslar intensivligining kamayib qolishi yoki ularning tamomila yo’qolib ketishi, ba’zan esa bolalarda harakat va nutq aktivligining kuchayishi bilan ham ifodalanadi. Bu yoshda reflekslar tashqi ta’sirotlarga chidamsiz bo’ladi.
Shartli reflekslarning sekinlik bilan mustahkamlashib borishi ularning tashqi ta’sirlariga chidamsizligi, ta’sirlovchi va tormozlovchi jaroyoning keng tarqalib ketishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 3-5 yashar bolalar bosh miyasi po’stlog’dagi shu nerv jarayonlarining zaif bo’lishini ko’rsatadi.
2-chi signal sistemasi tobora ko’proq ustun ahamiyat kasb etib boradi. 4-5 yashar bolalarda shartli reflekslar aloqalar nutq va himoya reaksiyalari bilan mustahkamlamib turadigan bo’lsa, ovqat bilan mustahkamlangandan ko’ra osonroq bujudga keladi.

Download 61.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling