Oliy nerv faoliyatining tiplari mavzu: oliy nerv faoliyatining tiplari


-yashardan-7-yashgacha bolalar O.N.F


Download 61.93 Kb.
bet4/5
Sana19.02.2023
Hajmi61.93 Kb.
#1214445
1   2   3   4   5
Bog'liq
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI

5-yashardan-7-yashgacha bolalar O.N.F.
5-6 yashar bolalarda nerv jarayonlarining kuchi va harakatshanligi ortib boradi. Mana shu davrda hususan bola 6yoshga to’gan paytida ichki tormozlanish ancha barqaror bo’lib qoladi. Po’stloqning ish qobiliyati esa kuchayadi. 6yoshli bolalar endi ma’lum bir ob’ektga 15-20 daqiqa davomida o’z diqqatini jalb etib tura oladi. Shu munosabat bilan muntazam mashg’ulotlar olib borish imqoniyati tug’iladi, lekin bu mashg’lotlar 15-20 daqiqa uzoqqa cho’zilmaydigan bo’lishi kerak. Ichki tormozlanish kuchayib boradi. Ichki tormozlanishning bolani o’qitib o’rgatishda juda muhim bo’ladigan differehsirovka (qiyosiy) va so’nish singari turlari 4-5 yashar bolalardagiga qaraganda ikki baravar tezroq hosil bo’ladi. Paydo bo’lgan tormozlanish birmuncha yzoq saqlanib turadiki, bu hulq-avtor aktlarining ancha aniq shakllanib borishiga yordam beradi, biroq shartli reflekslarning differensirovkasi bilan so’nishi ancha qiyinlik bilan ro’y beradi. Bunda vegetativ jarayonlar juda zo’rayadi, yurak urishi tezlashadi, nafas olish o’garadi va hakozalar. 5-6 yoshli bolalarda 2-chi signal sistemasining ahamiyati keskin ortadi, so’lar yordami bilan fikrlash tobora ko’proq ro’l o’ynaydigan bo’lib qoladi, ichki nutq paydo bo’ladi.

Bolalar 6 yoshidan boshlab harakatdan ajratib olingan abstraksiyalangan tushunchalardan foydalana boshlaydi. Ular endi umumiy yoki gruppa belgilarini farq qiladigan bo’lib qoladi. Mana shu davrda bolalarni yozish va o’qitishga o’rgatishga kiriladi.


7yoshga borganda bola bosh miyasining peshona bo’limi mofologik jihatidan etilib qoladi va xuddi shu davrda bir qancha harakatdan tashqil topadigan ish programmasini miyaga jo qila olish va o’sha ish natijasini ko’ra o;ish qobiliyati paydo bo’ladi.

7-yoshdan- 12 yoshgacha bolalar O.N.F.
7-9 yasgar bolalarda musbat shartli reflektor aloqalar tezroq tutashadi. Ba’zi bolalarda bular paydo bo’lgan paytdanoq mustahkamlanib boradi. Shartli refleks birdan mustahkamlangan bo’lsa, buni mustahkamlash uchun shartli ta’sirotlarni shartsiz ta’sirot bilan birgalikda bir necha marta qo’ shmcha tatbiq qilish kerak bo’ladi.
7-12 yashar bolalarda musbat va manfiy shartli reflekslarning tez mustahkamlanib borishi, tashqi ta’sirotlarga chidamli bo’lishi va nerv jaroyonlarining ancha tez qonsentrasiyalanishi bilan ta’riflanadi.
10-12 yashar bolalarda oddiy ta’sirotlarga javoban ham musbat shartli reflekslar tez paydo bo’ladi va odatda darrov o’rnashib qoladi. Shartli reflekslarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi oson bo’ladi. Yangi shartli reflektor aloqalar mustahkamligi bilan ajralib turadi.
Shunday qilib 10-12 yashar bolalar uchun musbat shartli reflekslarni ham, tormozlovchi shartli reflekslarni ham tez va mustahkam hosil qilish xarakterlidir.

Download 61.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling