Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. Shartli reflekslarning tormozlanishi


Download 83.5 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi83.5 Kb.
#213823
1   2   3
Bog'liq
Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. Shartli reflekslarni (1)

24 – mavzu. Odamning oliy nerv faoliyati xususiyatlari. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari

Mashg‘ulot rejasi:

1.Signal sistemasi haqida tushuncha.

2. Signal sistemaning rivojlanish etapi.

3. Ikkita signal sistemaning bogliqligi.

4. Ikkinchi signal sistemaning buzilishi.

Tayanch iboralar: refleks, shartsiz, shartli, miya po’stlog’i, ta'sirlovchi, signal, ovqat, tormozlanish, xolerik, sangvinik flegmatik melanxolik xotira, tush, gipnoz.

Oliy nerv faoliyati to’g’risidagi talimot ikkinchi signal tizimining faoliyat ko’rsatish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini berdi. Asosan bu qonuniyatlarning ikkala signallar tizimi uchun bir ekanligi ko’rsatildi. Bolalarda tovush yoki yorug’lik shartli signaliga, masalan, qo’ng iroq tovushiga yoki qizil lampa yoqilishiga shartli refleks hosil qilinganidan so’ng, qo’ngiroq yoki qizil lampa so’zlarining ;o’zi (avval shartsiz tasirotlar bilan biron marta ham mustaxkamlanmagan bo’lsada) shartli refleksni paydo qiladi. Tajriba aksincha o’tkazilganida, masalan» avval so’zga shartli refleks hosil qilib, shartsiz tasirot bilan xech mustaxkamlanmagan qo’ng’iroq chalinganda yoki qizil chiroq yoqilganda shartli refleks yuzaga kelgan. Gap shundaki, tajribalardan ancha oldin, bolaning tili chiqayotgan vaqtida miya po’stlog’idagi nutq markazi va turli jismlardan keladigan signallarni qabul qiluvchi markazlar o’rtasida mustaxkam bug’lanishlar hosil bo’lgan . Shular tufayli, nutq markazlari vaqtinchalik aloqalarning yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Yuqorida keltirilgan tajribalarda elektiv yoyilish hodisasini ko’ramiz. Bu hodisa qo’zg’alishning birinchi signal tizimi markazlaridan ikkinchi signal tizimi markazlariga va aksincha, ikkinchi signal tizimi markazlaridan birinchi signal tizimi markazlariga yoyilishidan iborat.

Odam so’zni bitta tovush yoki tovushlar majmuasi (tovush signali) sifatida emas, balki ma’lum mazmun sifatida qabul qiladi, so’zning manosini idrok etadi. Masalan, «alanga» s o’ziga shartli refleks vujudga keltirilgan. Agar shartli refleksni paydo qilish vaqtida «alanga» o’rniga uning sinonimi «olov» s o’zi ishlatilsa, bu so’z ham ijobiy natija beradi. Taqsil olish jarayonida o’quv va yo’z uv markazlari va miya po’stlog’ining boshqa markazlari o’rtasida ham aloqa o’rnatiladi. Shu tufayli, qo’ng’iroq tovushiga shartli refleks vujudga keltirilgandan keyin, odamga «qo’ng’iroq» s o’zi yozilgan qo’go’z ko’rsatilsa, shartli reflector reaksiya paydo bo’ladi.

Birinchi va ikkinchi signal tizimlarini bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Odamning barcha tuygulari, idroki, tasavvuri so’z bilan ifodalanadi. Binobarin, birinchi signal tizimida tashqi dunyodagi jism va hodisalar paydo qilgan qo’zg’alish ikkinchi signal tizimiga o’tkaziladi. Birinchi signal tizimini ikkinchi signal tizimi bilan bog’lanmagan xolda faollik ko’rsatishini faqat tili chiqmagan bolalardagina kuzatish mumkin. Xar qanday o’qish-o’qitish, xar qanday ijodiy faoliyat ikkinchi signal tizimini taraqqiy ettiradi, takomillashtiradi.

Fikrlovchi miyaning voqelikni aks ettirishning turli shakli bor. Muayyan — hissiy aks ettirish ular ichida nisbatan soddarogi, u tuyg’u, tasavvur, idrok etish sifatida namoyon bo’ladi. Atrof dunyoni mavxum — umumlashtirilgan xolda aks ettirish ancha murakkab, u mantiqiy fikr yuritishdan iborat bo’lib, miyaning mavqimiy faoliyat natijasi bolmish xulosa va muloxazalar shaklida namoyon bo’ladi.

Tashqi muxitning va organizmning o’z ichki xolatini muayyan xissiy aks ettirish birinchi signal tizimi orqa qiladi. Dastlab organizm retseptorlari tasirlovchi sm va hodisalarning ayrim xususiyatlarini sezadi. Bu bevosita sezgi asosida xaqiqatni aks etishning boshqa shakllari, xususan idrok qilish rivojlanadi.

Idrok qilish jismning ayrim xususiyatlarini emas, balki uning ko’p xususiyatlarini mujassamlash orqali, bir butun qilib aks ettirishni taminlaydi. Ko’p xususiyatlarga ega bo’lgan jismni yaxlit idrok etish miyaning analitiksin tetik faoliyatiga bog’liq . Jism va hodisalarning turli xususiyatlari idrok qilinganda miya po’stlog’ida bir vaqtning o’zida turli soxalar qo’zg’aladi, ular o’rtasida vaqtincha aloqalar ornatiladi.

Vaqtincha aloqa — juda muxim fiziologik va psixologik hodisadir. Psixologlar vaqtincha aloqalarni assotsiatsiyalar, deb atashadi. Bir jism (yoki hodisa) xususiyatlari tog’risida olingan turli signallar asosida paydo bo’lgan vaqtincha aloqalar keyin shu jismning (yoki hodisaning) ayrim xususiyatlari sezilganda ham uni bir butundek idrok etilishini taminlaydi.

Tasavvur — muayyan xissiy aks ettirishning mukammal shaklidir. Tasavvur etilganda avval organizmni tasirlagay narsa va hodisalarning muayyan tasvirlari paydo bo’ladi. Tasavvur avvalgi tasirotlarning miyada qoldirgan izlarini oliy taxlili va sintezi natijasidir. U assotsiatsiyalar zanjiriga yoki murakkab vaqtincha aloqalarga asoslangan.

Voqelikni mavxum — umumlashtirilgan xolda aks ettirish faqat odamga xos. Dildagi, gapiriladigan, yoziladigan so’zlar (ikkinchi signal tizimi) orqa miya, mavxum tushunchalarga asoslanib fikr yuritish qobiliyatining rivojlanishi atrof dunyoni mavxum — umumlashtirilgan xolda aks ettirishini yuzaga chiqardi. Natijada insoniyat tabiat hodisalarini bilish va ulardan foydalanishida katta ustunlikni qo’lga kiritdi.




Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling